|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 5/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATARC/INFO (Instrumental GAT)
ARC/INFO professional mahsuloti - ma’lumotlar bazasida saqlanadigan fazoviy axborot bilan ishlashga mo’ljallangan birinchi professional GATlardan biridir. Uni joriy qilish natijasida raqamli kartografiyada va fazoviy axborot bilan ishlash uslublarida haqiqiy to’ntaruv yuz berdi. ARC/INFO bazaviy dasturlar komplektidan va bazaviy komplektga qo’shimcha tariqasida xarid qilinishi mumkin bo’lgan qo’shimcha modullardan tashkil topgan. Dasturiy ta’minotning bazaviy komplekti turli amaliy sohalarda ishlash uchun mo’ljallangan to’lafunksional GATni o’zida ifodalaydi. U GATni yaratish va foydalanish ishlarining ma’lumotlarni kiritishdan va ularni tahrirlashdan tortib, fazoviy axborotni tahlil qilishning axboriy so’rovlarini tashkil qilish va oqqa ko’chirilgan kartografik mahsulotni qattiq nusxalar ko’rinishida tayyorlashgacha bo’lgan butun stiklini qo’llab-quvvatlaydi. 4.2-rasmda ARC/INFO GATining interfeysi keltirilgan.
Windows operastion muhitiga mo’ljallangan ARC/INFO 7.2-versiyasi quyidagi modullarni o’z ichiga oladi: COGO, GRID, TIN, NETWORK, ARCSCAN, ARCEXPRESS, ARCPRESS, ARCSTORM, ARCFM, ARCSDE.
ARC/INFO dasturiy ta’minoti kartalar yaratish va ularni tahrirlash, ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish, kartografik ma’lumotlar bazalarini boshqarish (4.3-rasm), kartalarni ustma-ust qo’yish va fazoviy tahlil, dialogli aks ettirish va adresli geokodlash, yuzalarni modellash va ularni aks ettirish, geodezik s’yomka materiallari bo’yicha kartalar tuzish, Yer kadastri masalalarini yechish, Yer uchastkalarini taqsimlashni boshqarish va boshqalar uchun mo’ljallangan vositalarni o’z ichiga oladi.
ARC/INFO uchun ochiqlikning ko’p miqdordaligi xosdir. Uning funksiyalari UNIX va Windows operastion tizimlarida (OT) ishlashda bir xil. Tizimga ODE (Open Development Environment) modulining – ishlab chiqishning ochiq muhitining qo’shilishi ochiqlik sari sezilarli qadamdir u GAT bilan ishlash uchun shaxsiy interfeyslar va funksiyalar to’plamlarni Windows platformasida Visual Basic, Visual C++, Delphi, Power Builder va UNIX platformasida C, Motif, Tcl/Tk kabi dasturlashning standart muhitlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
ARC/INFO bilan ishlash uchun PKga qo’yiladigan talablar: OT Windows 2000/XP, 32 Mb RAM (minimum), diskdagi joyi: NTFS - 365Mb, RAM/FAT – 440 Mb, page files – 100Mb (minimum). Pentium 133 dan boshlangan prostessorlar, 32 Mb videoxotira, HDD 10-20 Gb, yaxshi katta monitor tavsiya etiladi.
ARC/INFO dasturiy ta’minoti “suzuvchan ish joylari”ni qo’llashga qodir. Bu hisoblash resurslarini GATdan tarmoqda foydalanuvchilar o’rtasida optimal taqsimlash imkoniyatini beradi. ARC/INFO DT yordamida ish stanstiyalari uchun geografik axborotning tarmoq bo’yicha taqsimlanishini boshqarish va shu bilan birga ma’lumotlar bazasining butunligini ta’minlash mumkin. ARC/INFO tarkibiga, uning 7.0-versiyasidan boshlab, ARCSTORM fazoviy ma’lumotlar bazalari menejeri kiradi. ARCSTORMdan foydalanish tarmoqda katta sonli foydalanuvchilarning kartografik bazalarga nafaqt axborot olish rejimida, balki bir vaqtda tahrirlash rejimida bir vaqtda kirishini ta’minlash imkoniyatini beradi. ARCSTORM blokirovkalashni karta listlari darajasida emas, balki kartografik ob’yektlar darajasida ta’minlaydi, buninng ustiga atributlar jadvalidagi tahrirlanadigan ob’yekt bilan tipologik bog`liq yozuvlar, shu jumladan ARC/INFOga nisbatan tashqaridagi ma’lumotlar bazasidagilar ham bir vaqtda blokirovkalanadi. ARCSTORM shuningdek kartografik ma’lumotlar bazasida ham geografik ob’yektlarda, ham ularning atributlarida bo’lgan o’zgarishlarning butun tarixini kuzatib borish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlar bazasining o’tgan holatlaridan biriga qaytish imkoniyati mavjud. Bu Yer kadastri, Yer uchastkalarini taqsimlashni boshqarish kabi masalalar uchun ayniqsa foydalidir.
ARC/INFO tizimining ishchi stanstiyalar uchun DATABASE INTEGRATOR moduli kartografik ma’lumotlarni jadvalli ma’lumotlar bilan eng kuchli relyastion MBBTlarda bog` lashni ta’minlaydi. Shunday qilib, ARC/INFO geoaxborot tizimining foydalanuvchisi atributiv axborotni saqlash uchun nafaqat ARC/INFOning etkazib beriladigan komplektiga kiruvchi o’rnatilgan MBBTdan, balki Oracle, Ingres, Informix, Sybase kabi MBBTlardan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bu tizimlarda ma’lumotlar bazalariga ulanish foydalanuvchining komandalari darajasida dasturlash zaruratisiz sodir bo’ladi. Ko’rsatilgan tizimlardan tashqari, ishlab chiquvchining maxsus vositalari yordamida boshqa tashqi SQL MBBTlarni ham ulash mumkin.
Ishchi stanstiyalar uchun ARC/INFO bir vaqtda GATning so’nggi foydalanuvchisi uchun qulay grafik interfeys, dialogli menyu tizimlari va kontekstli ko’rsatmalar tizimiga ega tizim barobarida, ishlab chiquvchining kuchli instrumental vositasi ham hisoblanadi. ARC/INFOning ishchi stanstiyalar uchun dasturiy ta’minoti to’rtinchi avlod GAT-til AML ni o’z ichiga oladi. Foydalanuvchi o’z makrokomandalari va qulay ko’p darchali interfeyslarihamda menyularini oson va tez yaratishi, shuningdek spestifik masalalarni yechish uchun o’zining murakkab amaliy tizimlarini ishlab chiqishi mumkin Ishlab chiquvchi, masalan, ARC/INFO muhitida tabiiy muhitda ifloslanishning yoki o’rmon yong inining tarqalishi kabi murakkab jarayonlarning o’z matematik modellarini realizastiya qilishi mumkin, shunday qilib, bu model bilan natijalarni aks ettirish va modelni boshqarish uchun kartografik ifodalashdan foydalanib, interaktiv tarzda ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Foydalanuvchilar piktogrammalar, tanlash va boshqarish knopkalari, aylantirib ko’rish, suriluvchan chizg ichlar va boshqa grafik vositalarni qo’llashlari mumkin.
Paket ARCTOOLS foydalanuvchi interfeysini o’z ichiga oladi, u menyuning ekran shakllariyordamida ishlaydi. 7.0 versiyasidan boshlab, tahrirlash, ma’lumotlarni so’rash/ ko’rish, yuzalarni tarmoqli modellash, muntazam setkada modellash maqsadlari uchun ARCTOOLSning yangi vositalari qo’shildi. Modomiki butun grafik interfeys ARC/INFO AML makrotilida realizastiya qilingan va bu makroslarning boshlang ich matnlari bibliotekasi taqdim etilar ekan, u holda zaruratga ko’ra interfeys maxsus ishlab chiqilgan ilovalar uchun moslashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.
ARC/INFO ma’lumotlar modeli umumlashtirilgan ob’yektlar klassi, aynan regionlar deb atalmish maydonli ob’yektlar bilan ishlash uchun kengaytirildi. Regionlar ARC/INFOda chiziqlarni gruppirovkalash uchun uchun ishlatiladigan “marshrut” konstepstiyasini eslatadi. Regionlar umumiy geometrik qismlarga ega bo’lgan bir-birini yopuvchi poligonlar va ko’p maydonli ob’yektlar klasslarini topologiyani qaytatuzish va overley operatsiyalarini bajarish zaruratisiz to’g ridan-to’g ri modellash imkoniyatini beradi.
7.0 versiyasidan boshlab, modulining imkoniyatlari kengaytirildi. Takomillashtirishlar quyidagilarni o’z ichiga olad: poligonlar va regionlarni (oblastlarni) to’g ridan-to’g ri tahrirlash, topologiyani interativ tarzda tuzish, trassalarni tahrirlashning yaxshilangan vositalari, kursorning dinamik siljishi bilan bevosita qaytma aloqa, ob’yektlar guruhini bitta operatsiyada tahrirlash imkoniyati. Bu kengaytirishlar ARCEDITdan foydalanishni soddalashtiradi va ishni tezlao’tiradi.
Ishchi stanstiyalar uchun ARC/INFO zamonaviy hisoblash standartlariga va dasturlar ishlab chiqishning qayidagilar kabi standartlariga amal qiladi:
Strukturali dasturlash.
UNIX va Windows NT/2000/XP operastion tizimlari.
Relyastion ma’lumotlar bazasining SQL bilan arxitekturasi.
Ethernet, TCP/IP, NFS, NCS, SNA kabi kommunikastiya standartlari.
AML makrotili - to’rtinchi avlod GAT-tili.
Ma’lumotlar almashuvi standartlari - Digital Line Graphs (DLG), Integrated Geographic Encoding and
Referencing (TIGER), Dual Independent Map Encoding (DIME), PostScript, AutoCAD Data Ex-Change File (DXF) va boshq.
Grafikaning texnologik standartini barcha zamonaviy terminallar, digitayzerlar va tegishli grafik periferiya uchun VCGL, HPGL, HPGL2 va boshqa standartlardan foydalanib qo’llab-quvvatlash.
Tijoratga oid ilg or ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan DATABASE INTEGRATOR yordamida integrastiyalash.
|
| |