1- LABORATORIYA ISHI
MUHARRIR DASTURLAR
Maqsad:
Talabalarga Microsoft Word
dasturida hujjatlar kiritish, sahifani tartiblash,
kolontitul
kiritish, jadval yaratish va jadval bilan ishlashni o‘rgatish
.
Kerakli jihozlar
: kompyuter, MS Word dasturi.
Masalaning qo`yilishi
1.
Microsoft Word
dasturi bilan tanishish
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Microsoft Wordni ekrani. Microsoft Wordni ekrani menyu,
lentalar, piktogrammalar
to‘plami,
status bar, xujjat yozish uchun kerakli oynadan iborat. Microsoft Wordni quyidagi
ko‘rinishga ega:
Вид lentasi ekranni va xujjatni ko`rinishi qanday bo`lishini sozlaydigan paneldir.
Yangi fayl yaratish uchun Файл menyusining Создать bandini tanlaymiz yoki Быстрый
доступь panelidan
Создать piktogrammasini bosish kifoya.
Bor faylni ochish uchun Файл menyusining Открыть bandini
yoki Быстрый доступь
panelidan
piktogrammasi tanlanadi. Bunda Открыть oynasi ekranga chiqadi. Undan kerakli
faylni tanlab olib uning Wordni oynasiga chaqirish mumkin.
Xujjatni saqlash uchun Файл menyusidagi Сохранить bandini tanlab yoki Быстрый
доступь panelidan
piktogrammasini bosish kifoya.
Ishni bajarish tartibi:
1.
Microsoft Word dasturini yuklang.
Word dasturini ishga tushirishning turlicha usullari mavjud:
a)
1-usul
: Windows bosh menyusi orqali (все программы, Microsoft Office):
b)
2-usul:
Klassik menyuga biriktirilgan yorliq orqali (agar mavjud bo‘lsa);
c)
3-usul:
Windows bosh menyusidagi “qidiruv maydoni “orqali;
d)
4-usul:
Ish stolidagi yorliq orqali (agar mavjud bo‘lsa);