|
Kerakli jihozlar: kompyuter, ms word dasturi. Masalaning qo`yilishi
|
bet | 1/3 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 121,53 Kb. | | #269967 |
Bog'liq 2- LABORATORIYA ISHI
2- LABORATORIYA ISHI
MUHARRIR DASTURLAR
Maqsad: Talabalarga Microsoft Word dasturida hujjatlar kiritish, sahifani tartiblash, kolontitul kiritish, jadval yaratish va jadval bilan ishlashni o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: kompyuter, MS Word dasturi.
Masalaning qo`yilishi
Microsoft Word dasturi bilan tanishish
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Microsoft Wordni ekrani. Microsoft Wordni ekrani menyu, lentalar, piktogrammalar to‘plami, status bar, xujjat yozish uchun kerakli oynadan iborat. Microsoft Wordni quyidagi ko‘rinishga ega:
Вид lentasi ekranni va xujjatni ko`rinishi qanday bo`lishini sozlaydigan paneldir.
Yangi fayl yaratish uchun Файл menyusining Создать bandini tanlaymiz yoki Быстрый доступь panelidan Создать piktogrammasini bosish kifoya.
Bor faylni ochish uchun Файл menyusining Открыть bandini yoki Быстрый доступь panelidan piktogrammasi tanlanadi. Bunda Открыть oynasi ekranga chiqadi. Undan kerakli faylni tanlab olib uning Wordni oynasiga chaqirish mumkin.
Xujjatni saqlash uchun Файл menyusidagi Сохранить bandini tanlab yoki Быстрый доступь panelidan piktogrammasini bosish kifoya.
Ishni bajarish tartibi:
Microsoft Word dasturini yuklang.
Word dasturini ishga tushirishning turlicha usullari mavjud:
1-usul: Windows bosh menyusi orqali (все программы, Microsoft Office):
2-usul: Klassik menyuga biriktirilgan yorliq orqali (agar mavjud bo‘lsa);
3-usul: Windows bosh menyusidagi “qidiruv maydoni “orqali;
4-usul: Ish stolidagi yorliq orqali (agar mavjud bo‘lsa);
5-usul: Tez ishga tushirish panelidagi yorliq orqali (agar mavjud bo‘lsa);
6-usul: Ish stolining kontekst menyusi (создать) orqali;
7-usul: Total Commander dasturi orqali.
Menyular satridagi menyularni tushuntiring.
Лента va Быстрый доступ oynalarini tushuntiring.
Lineyka qayerda joylashgan?
Hujjat oynasi nima?
Xolat satri qayerda joylashgan?
O‘tkazish yo‘lakchasi qayerda joylashgan?
Hujjat tasviri ko‘rinishlari.
|
| |