|
Kerakli jihozlar: kompyuter, ms word dasturi. Masalaning qo`yilishi
|
bet | 2/3 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 121,53 Kb. | | #269967 |
Bog'liq 2- LABORATORIYA ISHIWordning yordam dasturi
Ish mobaynida kompyuterdan foydalanuvchi shunday vaziyatlarga duch keladiki, u qaysi funktsiyani ishlatishni biladi, lekin shu funktsiya menyuning qaysi bo`limda joylashganini bilmaydi. Bu vaziyatlarda ekranda holat satri o`rnatilgan bo`lsa, menyuning bir bo`limi faol qilinsa va bo`limning bir punkti tanlansa, holat satrida menyuning shu punkti to`g`risida qisqacha axborot chiqadi.
Ammo ish davomida to`liq axborot olish mumkin. Buning bir necha usullari bor.
F1 tugmachasi
Agar ish jarayonida F1 tugmachasi bosilsa, ekranga joriy tartib to`g`risida Справка Word oynasi chiqadi.
Menyular panelidagi tugmachasini bossangiz ham bo‘ladi.
Dialog (muloqot) oynasi bilan ish olib borish mobaynida F1 tugmachasi bosilsa ham bo`ladi. Yana bir imkoniyat, bu hamma dialog oynalar tugmachasiga ega.
Matnni ko‘rib chiqish
Matnni klaviatura va sichqoncha yordamida ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Matnni klaviatura yordamida ko‘rib chiqishda, asosan klaviaturaning kursorni boshqaruvchi tugmachalari ishlatiladi:
Home - qatorni boshiga;
End - qatorni oxiriga;
- bir qator yuqoriga;
- bir qator pastga;
, - kursorni chapga, o‘ngga surish;
Page Up, Page Down - bir oyna yuqoriga, bir oyna pastga.
Bu tugmachalarni klaviaturaning Ctrl tugmachasi bilan ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun Ctrl va yuqorida qayd etilgan tugmachalarni birini baravar bosish kerak:
Ctrl + Home - matnni boshiga;
Ctrl + End - matnni oxiriga;
Ctrl + - bir abzats pastga;
Ctrl + - bir abzats yuqori;
Ctrl + - bir so‘z chapga;
Ctrl + - bir so‘z o‘ngga;
Ctrl + PageUp - oynani boshiga;
Ctrl + PageDown- oynani oxiriga.
Oynaning tagida va o‘ng tomonida vertikal va gorizontal surgichlar joylashgan. Vertikal surgich yordamida kursorni matn bo‘ylab yuqoriga va pastga yurgizish mumkin, gorizontal surgich bilan esa - o‘ng va chap tomonga yurgizish mumkin.
|
| |