|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 14/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATMa’lumotlarni ifodalash usullari:
Karta va ro’yxat. Karta darchasida kartografik ob’yektlarni tahrirlash va yaratish, masshtablash, proyektsiyalarni o’zgartirish instrumentlaridan va karta bilan ishlashning boshqa funksiyalaridan foydalanish mumkin. Kartografik ob’yektlar bilan bog langan atributiv axborot jadvallar ko’rinishida saqlanadi, ulardan ma’lumotlarni turli tipdagi grafiklar va diagrammalar ko’rinishida ifodalash mumkin.
Legenda. Legenda darchasida ob’yektlarning kartadagi va tematik qatlamlardagi shartli belgilari aks ettiriladi.
Hisobot Hisobot darchasida masshtablash, maketlash, shuningdek ko’p listli kartalarning shablonlarini saqlab qo’yish vositalari beriladi. MapInfo bilan ishlay turib, kartalarning fragmentlari, ro’yxatlar, grafik va ustxatlar bor hisobotlarni shakllantirish va bosib chiqarish mumkin. Bosishga chiqarishda MapInfo operastion tizimning standart drayverlarini qo’llaydi.
Tematik kartalar. Fazoviy ma’lumotlarni tushunarli ifodalash va kartografik tahlil qilish uchun MapInfo GATida tematik kartografiyalash qo’llaniladi. MapInfo tematik kartalar tuzishning quyidagi uslublarini taklif qiladi: qiymatlar diapazoni, ustunsimon va aylanma diagrammalar, darajalangan simvollar, nuqtalar zichligi, alohida qiymatlar, uzluksiz yuza. Tematik qatlamlar hamda buferlash, rayonlashtirish, ob’yektlarni qo’shish va bo’lib chiqish, fazoviy va atributiv klaasifikastiyalash uslublarining birligi ierarxik strukturali sintetik ko’pkomponentli kartalar imkoniyatini beradi.
Boshqa ilovalar bilan integrastiyalanishi:
MapInfo GATi geoaxboriy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Windows-ilovalar o’rtasida birga ishlashning zamonaviy uslublaridan foydalanish MapInfo kartasi darchasini Delphi, Visual Basic, C++, PowerBuilder va boshqa tillarda yozilgan dasturlarga integrastiyalash imkoniyatini beradi. MapInfo va MapBasic ishlab chiqish muhitini birga qo’llash har bir foydalanuvchiga muayyan amaliy masalalarni yechish uchun spestifik ilovalar yaratish imkoniyatini beradi.
|
| |