|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 10/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATAutodesk MAP R5
Autodesk MAP R5 geografik yoki geologik kartalar, Yer tuzish kartalari graqik ma’lumotlar bazalarini yaratish, ko’rib chiqish, tahrirlash va boshqarish, atrof muhitni, kommunikastion sxemalarni va fondlarni va infratuzilmani boshqarish sxemalarini tahlil qilish, shuningdek ob’yektlar topologiyasini yaratish, tahrirlash va tahlil qilish uchun mo’ljallangan. Dasturning ish darchasi 4.6-rasmda keltirilgan.
Autodesk MAP R5 AutoCADning vektorli-rastrli grafikasi bazasida ishlaydi, lekin AutoCAD 2000ga xos bo’lgan barcha funksional imkoniyatlar va ustunliklarga qo’shimcha ravishda, professional kartograflarga ularning spestifik ehtiyojlariga qaratilgan baquvvat va samarali vositalar beradi. Bu vositalar Autodesk MAP uchun xosdir va odatdagi AutoCADda ular yo’q.
Autodesk MAP R5 vektorli grafikani kartografik materialning rastrli tasvirlari
bilan kombinastiyasida yaratish, tahrirlash, va, fazoviy ma’lumotlar bazalarini
boshqarishning kuchli tizimiga ega bo’lgan holda, geografik ob’yektlarni matnli
axborot bilan bir butun qilib bog`lash imkoniyatini beradi. Autodesk MAPdan
foydalanib, shuningdek boshqa Windows-ilovalardan har qanday axborotni muayyan geografik ob’yektga ma’lumotnomaviy material sifatida kiritish yoki bog`lash ham mumkin. Autodesk MAP R5da foydalanuvchi kerakli koordinatalar tizimini tanlashi yoki o’zinikini yaratishi mumkin, keyinchalik bu koordinatalar tizimi Autodesk ning Autodesk MAP Guide va Autodesk World kabi boshqa GAT-dasturlarida ishlatilishi mumkin.
Autodesk MAP R5ning imkoniyatlari:
Ish seansida kartalar (fayllar) ko’pligini jalb qilish va ish seansi konfigurastiyasini keyinchalik ishlatish uchun saqlab qo’yish, bundan keyin kartalar va yo’riqlar avtomatik tarzda yuklanadi;
grafik redaktorga bir vaqtda bir nechta rasmlardan nafaqat rasmlardagi, balki matnli ma’lumotlar bazalaridagi axborotni ham uzatishni ta’minlovchi so’rovlar tuzish vositalarining, shu jumladan SQLning majudligi. Bu AutoCAD primitivlarining o’zaro joylashuv to’g risidagi axborot (shu jumladan umumiy koordinatalar tizimi qo’llaniladigan bir nechta rasmlarda) va boshqa grafik xususiyatlari barobarida, ob’yektlarning kengaytirilgan ma’lumotlari ko’rinishida yoki tashqi ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan axborot ham bo’lishi mumkin;
So’rovlar bibliotekasini yuritish, tuzilgan so’rovlarni kartalar ko’pligi bo’yicha bir vaqtda ishlash, katta massivlarda kerakli axborotni tez izlash;
Ko’p foydalanuvchilarli tahrirlash. Bir nechta foydalanuvchilar bitta chizma ustida bir vaqtda ishlashlari ummkin, lekin alohida olingan ob’yektni ulardan faqat bittasigina tahrirlashi mumkin;
Ma’lumotlarni yoki kartalarni foydalanuvchilar o’rtasida vakolatlarni cheklagan holda samarali va ishonchli bo’lish. Aksariyat hollarda karta versiyasini tekshirib chiqish talab etimaydi, ma’lumotlar ochilgunga qadar kutish uchun kam vaqt sarflanadi;
Kartalar yaratish vositalari: “oqimli” uslubdagi matnli jadval shakllarini bir vaqtda to’ldirish bilan raqamlash instrumentlari. Turli koordinatalarli kartalarni yagona koordinatalar tizimiga (yoki 700 ta ishlatiladigan koordinatalardan biriga, yoki foydalanuvchi tomonidan beriladigan tizimga) o’zgartirish;
Kartalarni tahrirlash vositalari: kartalarni chiziqlar va uzellarni tozalash, to’g rilash va o’zgartirishni avtomatik yoki qo’lda boshqarib, kartalarning turli regionlarini olib tashlab yoki yopishtirib, prestizion tamomlash; ortiqcha axborotni (qisqa kesimlar, yoylar va poliliniyalarni) bartaraf qilish; oxirlari bir-biriga yaqin joylashgan chiziqlarni ulash, xato birlashtirilgan primitivlarni bo’lish, uchastkalarni ajratish (berilgan primitivlarni chegaralovchi ko’pburchaklar tuzish), to’silib qoladigan uchastkalarning chegaralarini belgilash, kartografik proyektsiyalarni o’zgartirish, rasm fragmentlarini nochiziq buzilishlarni bartaraf qilish uchun “cho’zish” komandalari;
ESRI ARC/INFO Coverages,
Kartografik axborotni ESRI ARCVIEW SHP, MapInfo MIF/MID, Microstation DGN, Autodesk MapGuide SDF, AutoCAD DXF formatlarida import va eksport qilish, shuningdek axborotni Autodesk MAP Guide paketlarida birgalikda qo’llash yoki axborot almashuvi uchun fayllarning AutoCAD DWG asosiy formati; AutoCAD MAP R3/R2, AutoCAD R14/LT 97/2000 bilan to’liq moslik;
dBase III, Oracle va ODBC-sig imdosh (xls, mdb) tipidagi ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
BMP, DIB, FLC/FLI, GIF, GP4, JPG, MIL, PCT, PCX, PNG, RLE, RST, TGA, TIF rastrli formatlari bilan ishlash;
GATning fazoviy tahlil qilish vositalari: tugunli, tarmoqli va poligonal topologiyalarni yaratish, tahrirlash, saqlash va tahlil qilish. Poligonal topologiyalarni tahlil qilishning asosiy funksiyalari: bufer zonalarini birlashtirish, kesishtirish, yaratish; tarmoqlilarini: eng qisqa yo’lni qidirish, Yerishsa bo’ladiganlik oblasti;
Tematik (geografik, sanoatga oid) taqsimlashni qo’llab-quvvatlash va “legendalar” yaratish.
|
| |