|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 2/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATSpestifikastiyalarni belgilash bosqichida tizim funksiyalarini aniq ta’riflash amalga oshiriladi, kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarning strukturasi beriladi, fayllarning strukturasiga, ma’lumotlarga kirishni tashkil qilishga, ma’lumotlarni yangilash va chiqarib tashlashga tegishli bo’lgan masalalar kompleksi hal etiladi. Spestifikastiyalar faqat tizim bajarishi lozim bo’lgan funksiyalarni, qanday tarzda bunga Yerishilishini ko’rsatmasdan bajaradi. Tizim funksiyalarini realizastiya qilishning batafsil algoritmlarini tuzish ushbu bosqichda amalga oshirilmaydi.
Loyihalash bosqichida spestifikastiyalar tomonidan beriladigan algoritmlar ishlab chiqiladi, va axborot tizimining umumiy strukturasi shakllantirladi. Ishlab chiqiladigan tizim katta bo’lmagan qismlarga shunday bo ’lib chiqiladiki, har bir shunday qismni realizastiya qilish uchun javobgarlik yoki bitta ishlab chiquvchiga, yoki ijrochilar guruhiga yuklatilishi mumkin bo’lishi kerak. Bunda tizimning shu tarzda belgilangan har bir moduli uchun unga qo’yiladigan talablar: realizastiya qilinadigan funksiyalar, modullarning o’lchamlari, bajarish vaqti va boshq. shakllantirilgan bo’lishi kerak.
Keyingi bosqich - kodlashdir. Bu bosqich eng oddiysi. Uni realizastiya qilishda yuqori daraja algoritmik tillaridan, strukturaviy va ob’yektli-orientirlangan dasturlash uslublaridan foydalaniladi. Kodlash dasturiy ta’minot ishlab chiqishning boshqa har qanday bosqichiga qaraganda yaxshiroq o’zlashtirilgan.
Testlash bosqichi - eng qimmat turadigan bosqichlardan biridir. Testlashga sarflanadigan xarajatlar tizimni yaratishga oid barcha xarajalarning yarmini tashkil qiladi. Yomon rejalashtirilgan testlash ko’pincha muddatlarning cho’zilishiga va ishlar grafigining barbod bo’lishiga olib keladi. Testlash jarayonida tizim uchun ish holatida xarakterli bo’lgan ma’lumotlar qo’llaniladi. Sinovlarni o’tkazish rejasi oldindan tuzilgan bo’lishi lozim, test ma’lumotlarining katta qismini esa titzimni loyihalash bosqichida belgilash kerak.
Testlash uchta stadiyaga bo’linadi:
avtonom;
kompleks;
tizimli.
Avtonom testlashda har bir modul dasturchilar tomonidan tayyorlanadigan ma’lumotlar yordamida tekshiriladi. Bunda modulning dasturiy muhiti testlashni boshqarish dasturi yordamida imitastiyalanadi, u haqiqiy podprogrammalar o’rniga mazkur moduldan murojaatlar bo’ladigan soxta dasturlarni (go’yo “zaglushkalar”ni) o’z ichiga oladi.
|
| |