• Dasturiy ta’minot
  • GATni ishlab chiqishning dasturiy vositalari




    Download 0,98 Mb.
    bet4/16
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #261422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    GAT

    GATni ishlab chiqishning dasturiy vositalari


    Dasturiy ta’minotni kodlash bosqichining ba’zi masalalarini ko’rib chiqamiz. Oldin ikki muhim ta’rifni beramiz.
    Dastur (program, routine) - muayyan algoritmni realizastiya qilish maqsadida ma’lumotlarga ishlov berish tizimining muayyan komponentlarini boshqarish uchun mo’ljallangan komandalar va ularga tegishli ma’lumotlar ketma-ketligi.
    Dasturiy ta’minot (DT, software) - tizim dasturlari va shu dasturlarni ekspluatastiya qilishda zarur bo’ladigan dasturiy hujjatlar majmui. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlar farqlanadilar.
    Tizimli DT (system software) - turli masalalarni yechishda, shuningdek yangi dasturlarni ishlab chiqishda butun hisoblash kompleksining ishini muvofiqlashtirish uchun zarur bo’lgan dasturlarni o’z ichiga oladi.
    Amaliy DT (application software) EHM foydalanuvchilarining muayyan masalalarini yechish uchun ishlab chiqiladi va foydalaniladi.
    GAT DT (GIS software) GATning u yoki bu funksional imkoniyatlari to’plamini qo’llab-quvvatlaydi hamda quyidagilar kabi ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarni o’z ichiga oladi:

    • universal to’lafunksional GATlar (full GIS);

    • instrumental GATlar (GIS software tools);

    • kartografik vizualizatorlar (map viewer);

    • kartografik brauzerlar (map browser);

    • stolusti kartografiyalashi vositalari (desktop mapping);

    • axborot-ma’lumotnoma tizimlari (help-desk system). Bundan tashqari, alohida funksional guruhlarga xizmat ko’rsatuvchi maxsus

    dasturiy vositalar ham mavjud:

    • formatlarni konvertastiyalash;

    • raqamlash;

    • vektorlash;

    • relefning raqamli modellarini yaratish va ishlov berish;

    • yo’ldoshli pozitsionirlash tizimlari bilan birga ishlash.

    GAT dasturiy ta’minotining etkazib beriladigan komplekti xarid qilinadigan va masalalarning echilishini ta’minlaydigan to’plamda ishlatiladigan alohida funksional modullarni o’z ichiga olishi mumkin.
    GAT DT bilan bir kompleksda quyidagilar kabi dasturiy mahsulotlar qo’llaniladi:

    • stolusti noshirlik paketlari (Adobe Page Maker, Quark Xpress, Adobe InDesign);

    • statistik tahlil paketlari (Statistica);

    • ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MS Access, Oracle, DBase);

    • avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (AutoCAD);

    • elektron jadvallar (MS Excel);

    • tasvirlarga raqamli ishlov berish vositalari (Adobe Photoshop).

    GAT ishlab chiqish uchun mo’ljallangan DTlarni uchta guruhga bo’lish mumkin:
    1. Ma’lumotlarni kiritish, saqlash, murakkab so’rovlar, fazoviy tahlil, ma’lumotlarni chiqarish ishlarini o’z ichiga oladigan keng imkoniyatli tizimlar. Bunday tizimlar mazkur tizimni foydalanuvchilarning funksiyalari (ArcInf) bilan kengaytirish imkoniyatini beradigan o’z dasturlash tillariga ega bo’ladilar. Bunday tizim ishlab chiqilishini muayyan operastion tizimda odatiy dasturlarni ishlab chiqish bilan tenglashtirish mumkin. Faqat bu holda operastion tizim rolini instrumental GAT, dastur rolini esa - ishlab chiquvchilarning ushbu GAT to’ldiriladigan yangi funksiyalari o’ynaydi.

    1. Bir qator foydali funksiyalarni (MapObjects, GeoConstructor) o’z ichiga oladigan dasturiy komponentlar yoki bibliotekalar. Ushbu uchinchi guruh funksiyalari va DTlaridan foydalanib, ishlab chiquvchilar yangi tizim yaratishlari mumkin, u o’zi ishlab chiqilgan operastion tizimda ishlaydi.

    2. Turli dasturlash tillarida DT yaratish muhitlari (Visual C++, Visual Basic, Delphi). Ulardan foydalanib, ishlab chiquvchi yangi tizimdagi ishlarning bir qismini ikkinchi guruh dasturiy komponentlari va bibliotekalariga yuklashi mumkin, qo’shimcha yordamchi vositalarni jalb qilmagan holda mutlaqo yangi tizimni ham yaratishi mumkin.




    Download 0,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    GATni ishlab chiqishning dasturiy vositalari

    Download 0,98 Mb.