|
Kompleks testlash jarayonida dasturiy komponentlar guruhini birgalikda tekshirish amalga oshiriladi.
Tizimli
|
bet | 3/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATKompleks testlash jarayonida dasturiy komponentlar guruhini birgalikda tekshirish amalga oshiriladi.
Tizimli yoki baholiy testlash - bu tizimni tekshirishning yakunlovchi stadiyasi, ya’ni tizimni mustaqil testlar yordamida butunlay sinovdan o’tkazishdir.
GATni loyihalashning xususiyatlari
Aslini olganda, geoaxborot tizimlari ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini (MBBT) o’zida ifodalaydi. Lekin bitta muhim farq bor - GATlarda atributiv ma’lumotlar bilan birga fazoviy (geografik) axborot bilan ham ishlanadi.
Shuning uchun GATni loyihalashda mutaxassislar odatdagi MBBTlarni ishlab chiqishdagi o’sha uslubiyotlar va texnikalarni qo’llaydilar.
Har qanday MB muayyan predmet sohasi to’g risidagi axborotni o’z ichiga oladi. Predmet sohasi deb real dunyoning o’rganish uchun qiziqish tug`diradigan muayyan sohasiga aytiladi.
Har qanday axborot tizimini loyihalashning birinchi bosqichi - bu masalani ta’riflashdir, ya’ni bu bosqichda predmet sohasining infologik modeli quriladi. Optimal infologik modelni yaratish ushbu predmet sohasi uchun xarakterli bo’lgan axborot oqimlarini tadqiq qilishni, predmet sohasi ob’yektlarini aniqlashni va ular o’rtasidagi mavjud bog lanishlarni ta’riflashni o’z ichiga oladi. Infologik model axborot tizimi unda quriladigan dasturiy-apparat bazasidan qat’iy nazar, har qanday holda yaratiladi.
Infologik model MBning ma’lumot elementlari o’rtasidagi matiqiy bog lanishlarni saqlash mazmuni va muhitidan qat’iy nazar aks ettiruvchi datalogik modelini qurish uchun asos tariqasida qo’llaniladi. Ushbu bosqichda DT tomonidan strukturaga va funksional xususiyatlarga qo’yiladigan turli cheklovlarni inobatga olish zarur.
Keyingi bosqichda ma’lumotlar bazasining fizik modeli yaratiladi, u datalogik modelni saqlashning muayyan muhiti bilan bog laydi. Bu juda muhim bosqich, zero unda foydalanuvchi interfeysi elementlarini ishlab chiqish olib boriladi, ma’lumotlarning butligi va tizimning ishonchliligi masalalari hal etiladi, kirish huquqlari taqsimlanadi hamda yashirin kirishdan himoyalanish vositalari va uslublari tanlab olinadi.
Geografik axborot ttizimlari loyihalanayotganda, yuqorida zikr etilganlardan tashqari, quyidagi amallarni bajarish zarur:
boshlang ich kartografik materialga tegishli talablarni (kerakli masshtab, proyektsiya, koordinalar tizimi) ishlab chiqish;
ular bilan ishlanadigan geografik ma’lumotlarning o’lchamliligini aniqlash (ikki o’lchamli 2D va/yoki uch o’lchamli 3D), shuningdek fazoviy ma’lumotlarni ifodalash modelini (vektorli va/yoki rastrli) belgilash;
GAT yaratish ustida ishlay turib, loyihani mablag` bilan ta’minlash masasalalari haqida unutmaslik kerak. GAT-loyihalar odatda juda uzoq davom etadi, shuning uchun moliyalashdagi muammolar ishlarning yopilishiga olib kelishi mumkin. Bir nechta moliyalash manbalariga ega bo’lish tavsiya etiladi, bularning ustiga, loyihani o’z-o’zini moliyalashi variantini nazarda tutish kerak.
|
| |