|
ARCVIEW GISning muhim xususiyatlari
|
bet | 9/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATARCVIEW GISning muhim xususiyatlari:
Qulay va tushunarli interfeys
Ma’lumotlar tiplari to’plamiga kirish
Dagrammalar, kartalar, jadvallar va grafikani birlashtirish
Kartalarni vizuallashtirishning baquvvat vositalari
Hisobotlar yaratishning kuchaytirilgan funksionalligi
Ma’lumotlarni “bir zumda” yangilash
Tahlil qilishning tanho imkoniyatlari
Adresli geokodlash
Tahrirlashning rivojlangan muhiti
Suratlar, kartografik ma’lumotlar, SAPR ma’lumotlari, jadvallar va SQL bazalarini integrastiyalash
Ma’lumotlar saqlanadigan joyga mijoz/server kirish imkoniyati
O’rnatilgan tez o’rgatish dasturi
Matn yaratish va yozuvlarni joylashtirishning foydalanishda sodda instrumentlari
To’liq sozlash imkoniyati
Avenue ishlab chiqishning o’rnatilgan o’z muhiti
O’rnatilgan interaktiv ma’lumotnoma tizimi
AutoCAD Map 2000
Raqamli kartalar yaratish va AutoCAD bazaviy mahsulotining barcha funksional imkoniyatlarini o’z ichiga oladigan geoaxborot tahlilini amalga oshirish uchun yuqori aniqlikdagi dasturiy ta’minot. Kartografik asosni tayyorlash va geografik axborotga ishlov berish uchun barcha zaruriy vositalar va samarali funksiyalarni o’z ichiga oladi, 4.5-rasm.
Har qanday grafik formatlar bilan ishlay oladi, geografik axborotga ishlov berishga oid barcha ma’lu dasturlarga ma’lumotlarni eksport qiladi. Geoaxborot loyihasi uchun qo’shimcha ma’lumotlarni tarmoq orqali bir zumda olishni ta’minlaydi.
AutoCAD Map 2000 ishlab chiquvchilarga 2 mingdan ortiq global koordinatalar tizimlarini (ulardan 100 dan ortig` i yangilari) havola qiladi. AutoCAD Map 2000 kartalarni qog oz tashuvchilardan tez va aniq ko’chirish uchun eng yaxshi instrumentlarni beradi. Kartalarni ko’chirish qog oz kartalarni raqamli shaklga o’tkazishni tezlashtiradi. Dasturiy ta’minot so’rovlarni shakllantirish, xususiyatlarni o’zgartirish, fazoviy tahlil va bosishga chiqarishning a’lo boshqaruvi uchun mo’ljallangan kuchli vositalarni o’z ichiga oladi. Internetning o’rnatilgan funksiyalari sharofati bilan AutoCAD Map 2000 mutlaqo yangi imkoniyatlarga ega bo’ldi.
AutoCAD Map - kartografiya va geoaxborot tizimlari sohasidagi mutaxassislar uchun ma’lumotlarga Internet orqali cheklanmagan kirish imkoniyati bilan qo’shganda yuqori aniqlikka ega dasturiy ta’minotdir. Geoaxborot va kartografiya masalalarini yechishda AutoCAD Map AutoCAD bazaqiy mahsulotining kuchli imkoniyatlariga tayanadi.
|
| |