|
Autodesk MapGuide R5 dasturiy mahsuloti
|
bet | 11/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATAutodesk MapGuide R5 dasturiy mahsuloti
Autodesk MapGuide dasturiy ta’minoti - foydalanuvchida mavjud vektorli modelga asoslangan batafsil kartalarni Intranet/Internet bo’yicha tarqatish uchun mo’ljallangan ilk tijorat mahsulotidir. Dasturning ish darchasi 4.7-rasmda keltirilgan.
Autodesk MapGuide mahsulotlari to’plami kartografik ma’lumotlarni HTML-hujjat standartiga integrastiyalaydi, shu bilan ulardan foydalanish va tarqatish darajasini ko’taradi.
Autodesk MapGuide batafsil tayyor kartalar eng kerak joylarda - dalada, ish joyida, mijozlar stollari ustida va h.k. larda ularni juda qisqa vaqt ichida joylashtirish ikoniyatini beradi. Autodesk MapGuide rentabelli tarmoq echimini taqdim etadi, bu biznesda quyidagicha tez va sezilarli foyda olishni ta’minlaydi:
Yaratilgan kartalar va ma’lumotlar bazalaridan qo’shimcha foyda olish;
Axborotni tarqatish va nomarkazlashtirilgan jarayonlarni boshqarish uchun arzon, global infratuzilmadan foydalanish yo’li bilan raqobatbardoshlikni oshirish;
Serverda ochiladigan va lokal ish joyidan turib boshqariladigan ilovalar uchun yaratish va olib borish xarajatlarining kamayishi;
Vaqt borasida tig iz bo’lgan geoaxborot mahsulotlari va ma’lumotlarini sotish muddatlarining qisqarishi.
AutoCAD Land Devekopment
AutoCAD Land Development Desktop Yer tuzish ishlarini loyihalash uchun mo’ljallangan, AutoCAD platformasidagi dasturiy ta’minotdir. Dastur interfeysi 4.8-rasida ko’rsatilgan
Shaharsozlik, bosh rejalar, geodeziya va kartografiya axborotning keng spektrini qamraydi. Bu sohada va yondosh sohalarda turli profil mutaxassislari, masalan, shaharsoz muhandislar, kartograflar, bosh rejalar bo’yicha muhandislar, geodezistlar, O’rmonlar muhofazasi va ekologik monitoring mutaxassislari, yo’llar muhandislari, transport, suv ta’minoti muhandislari, arxitektorlar GAT tahlilchilari va ko’pgina boshqalar ishlashadi. Shu mutaxassislardan har biriga o’zining dasturiy instrumentlar va vositalar to’plami zarur. Bunday instrumentlar Land Development Solutions II texnologik liniyasi tarkibiga kiradi, u AutoCAD Land Development Desktop dan hamda Autodesk Survey va Autodesk Civil Design “satellit” dasturlaridan tashkil topgan Yagona yadro - AutoCAD Land Development Desktop bilan birlashtirilgan dasturiy echimlar fuqarolik qurilishi mutaxassislari, bosh rejalar bo’yicha muhandislar, geodezist va kartograflar loyihalashning yagona muhitida ishlashlarini ummkin qiladi.
AutoCAD Land Development Desktop topografik tahlil, koordinatalar geometriyasi, joyni raqamli modellash, Yer ishlari rejalarini ishlab chiqish va Yer massalari hajmini hisoblashning baquvvat vositalarini, shuningdek boshqa yuqori samarali instrumentlar va funksiyalarni havola qiladi.
|
| |