|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 15/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATBoshqa GAT-dasturlar
CAD Raster Transformer 2000 - kartografik rastr bilan ishlash uchun mo’ljallangan dastur. Raster ransformer - rastrlarni transformastiyalash - Windows muhitida ishlaydigan va skanirlab olingan rastrlardagi har qanday tabiatli buzilishlarni kompensastiyalash uchun mo’ljallangan avtonom paket.
TOPOKAD 2000 - joyning raqamli modellari va topografik planlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan dastur. TOPOKAD dasturi GAT mufassal texnologik diniyasining boshlangich zvenosi hisoblanadi. Rastrni koordinatalarga o’tqazgandan so’ng (masalan, Raster Transformer yordamida) TOPOKAD rastrli tagqo’yilama, yoki AutoCAD muhitida ishlaydigan vektorlash dasturlari bilan ishlash imkoniyatiga ega AutoCADda qo’llanilishi mumkin. TOPOKAD paketi ixtisoslashtirilgan topografik redaktor sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:
shartli belgilarli kartani bevosita digitalizastiya jarayonida olish vositalari;
topografik planlarni grafik tahrirlashning kuchli ixtisoslashtirilgan vositalari;
geometrik parametrlarni (koordinatalar, masofalar, uzunliklar, maydonlar, burchaklarni) olish uchun mo’ljallangan funksiyalar;
CAD RELIEF 2000 - joyning uch o’lchamli modelini yaratish uchun mo’ljallangan dastur. CAD RELIEF paketi AutoCAD dasturining ilovasi sifatida ishlaydi hamda mutaxassisga yuza relefining uch o’lchamli modelini uch o’lchamli qirralar va izoliniyalardagi karta ko’rinishida qurish imkoniyatini beradi.
Paketning noyob xususiyatlari shundan iboratki, u notekis yuzalar modellash imkoniyatini beradi. Paket joyning raqamli modellarini (JRM) ularning ikkinchi komponenti - relefning raqamli modellari (RRM) bilan to’ldirish, bu modellarni memoriy modellash uchun qo’llash hamda ular asosida vertikal planirovkalash masalalarini yechish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u AutoCAD Map GATni nuqtalarning nomuntazam to’ri bo’yicha olingan yuzalarni tahlil qilish vositalari, maydonlarni (statistik yuzalarni) tuzish va TIN-tahririni o’tkazish hamda turli statistik axborotni izoliniyalardagi, masalan ekologiya masalalari uchun, tematik kartalar ko’rinishida vizuallashtirish vositalari bilan kengaytiradi.
PLANIKAD 2000 - bosh rejalar ustida ishlash uchun noyob instrument. PLANIKAD dasturlar paketi bosh rejalarni loyihalash hamda sanoat ahamiyatidagi ob’yektlarni, shahar imoratlarini va boshqa ob’yektlarni vertikal planirovkalash uchun mo’ljallangan.
RGS - dala o’lchovlari ma’lumotlariga ishlov berish uchun mo’ljallangan dastur. RGS dasturi chiziqli-burchakli va balandlik tarmoqlarini hisoblash va tenglash asalalarini yechish, s’yomka ishlari ma’lumotlariga ishlov berish, loyihani joyga ko’chirish bo’yicha hisob-kitoblar qilish, uchastkalar maydonlarini hisoblab chiqish, geodezik tarmoqning tayanch punktlari ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatlarini beradi. Dasturda bajariladigan barcha ishlar gisob-kitob natijalarining grafik tasvirini chiqarish bilan olib boriladi, uni AutoCADga eksport qilish mumkin.
|
| |