|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 12/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATMuhim imkoniyatlari:
geodezik axborotga ishlov berishda koordinatalar geometriyasi masalalarini yechish - nuqtali ma’lumotlar bazasiga axborot kiritish, uni tahrirlash va boshqarish;
er yuzasi relefini raqamli modellash va shu asosda kartografik materiallar yaratish;
suv havzalari, parkovka zonalari, qurilish maydonchalari, ko’tarmalar va boshqalarni loyihalashda Yer ishlari rejalarini ishlab chiqish hamda tahlil qilish;
har qanday murakkablik darajasidagi geoaxborot tizimlarini, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’yektlari ekspluatastiyasi xizmatlarining axborot tizimlarini tuzish imkoniyati.
CREDO kompleksining dasturiy modullari
CREDO kompleksi qidiruv, sanoat, fuqarolik va transport qurilishi ob’yektlarini, neft va gaz razvedkasi, ularni qazib olish va transportirovka qilishni loyihalash, shaharlar va sanoat korxonalarining yirik masshtabli raqamli planlarini yaratish va yuritish, Yer tuzish uchun ma’lumotlar tayyorlash ishlari materiallariga ishlov berish, boshqa ko’pgina muhandislik masalalarini yechish uchun mo’ljallangan.
CREDO kompleksiga quyidagi modullar kiradi:
CREDO_DAT - muhandislik-geodezik ma’lumotlarga kameral ishlov berish;
CREDO_DAT_TOPOGRAPH - CREDODATning qisqartirilgan varianti;
CREDO_LIN - yo’llar, truboprovodlar, elektr uzatish liniyalari va boshqa chiziqli ob’yektlarni loyihalash uchun chiziqli qidiruvlarga ishlov berish;
CREDO_TER - muhandislik ahamiyatidagi joyning raqamli modelini yaratish;
CREDO_PRO - sanoat, fuqarolik va transport qurilishi ob’yektlarini rejaviy loyihalash;
CREDO_GEO - CREDOGEO dasturi mutaxassis-geologga loyihalash ob’yekti gelogik tuzilishining hajmli modelini yaratish va korrektirovkalash imkoniyatini beradigan noyob dasturiy instrument hisoblanadi;
|
| |