|
Gatni ishlab chiqish bosqichlari gatni loyihalashning xususiyatlari
|
bet | 8/16 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #261422 |
Bog'liq GATARC/INFO ARCSDE moduli
ARCSDE - katta hajmdagi fazoviy ma’lumotlar bilan ko’p foydalanuvchilarli ishlashni ta’minlaydi. ARCSDE tarkibiga relyastion ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) uchun Spatial Database Engine (SDE) dasturi va shapefile, ARC/INFO LIBRARIAN fazoviy ma’lumotlarni boshqarish tizimchasida va ARCSTORM modulida qo’llab-quvvatlanadigan qoplamalar va ma’lumotlar bilan ishlash uchun SDE for Coverages serveri kiradi.
ARCSDE ARC/INFOda to’plangan ma’lumotlar massivlari bilan boshqa mijozlarning ma’lumotlar bazalariga kirish funksiyalari qo’shilgan SDE ochiq texnologiyasidan foydalanib, samaraliroq ishlash imkoniyatini beradi. ARCSDE orqali ARCVIEW GIS, MapObjects va AutoCAD larning barcha foydalanuvchilari ESRI mahsulotlari bilan ishlaydigan barcha tipdagi ma’lumotlarga murojaat qilishlari mumkin. SDE bir xil bo’lmagan tarmoqlarda TCP/IP protokoli orqali mijoz/server rejimida ishlay oladi.
ARCVIEW GIS 3.1 dasturiy paketi
ARCVIEW GIS - geofazoviy ma’lumotlarni aks ettirish, tahrirlash, fazoviy tahlil qilish, qidirish va boshqarish uchun mo’ljallangan tizimdir. Bu dasturiy vosita ARCINFO singari, ESRI firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. 4.4-rasmda ARCVIEW GIS dasturining interfeysi ko’rsatilgan.
ESRI dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilarining ko’pchiligi o’zlarining geofizik ma’lumotlar bazalarini tuzish va boshqarish uchun ARC/INFOdan foydalanadilar, ma’lumotlarni keng vizuallashtirish va ularni tahlil qilish uchun esa ARCVIEWni qo’llaydilar. Bu ikki mahsulotning birgalikda ishlashini yanada soddalashtirish uchun ARCVIEW GIS 3.1 da yangi chiziqli simvollar qo’shilgan, ular ARC/INFO va ARCVIEW kartografik tasvirlarining yaxshiroq mos kelishi uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari, ARC/INFOdagi ko’p qatlamli vamurakkab chiziqli simvollarni endi ARCVIEWga import qilish mumkin.
ARCVIEW GISning o’ziga tortadigan xususiyatlaridan biri – paketga aytib turuvchi dasturlarning (Ustalarning) kiritilganidair. Bu aytib turuvchilar ko’pgina yangi instrumentlardan foydalanishni osonlashtiradi va o’rganuvchilar qatorida, tajribali foydalanuvchilar uchun ham foydalidir. Kooordinata to’rlarini va karta ramkalarini yaratish (intervallarni, chiziq tiplarini, ramkalar tiplarini boshqarish) uchun mo’ljallangan instrumentlar qo’shildi.
ARCVIEWning geoishlov va tahlil qilish vositalari geografik ma’lumotlar bilan kartografik ob’yektlar atrofida bufer zonalarini yaratish, kesib olish, bir-biriga qo’shish, kesishish, temalarni birlashtirish va ma’lumotlarni o’rnashgan joyi bo’yicha berish kabi murakkab fazoviy operatsiyalarni o’tkazish imkoniyatini beradi. Boshqa takomillashtiruvlarga ishlanadigan sanalar diapazonining kengaytirilishi (eramizgacha bo’lgan 5 mln. 800 ming yildan Yeramizning 5 mln.
800 ming yiligacha, bu ba’zan gaologik, arxeologik va h.k. ilovalar uchun talab qilinadi), kartalarni digitayzerda oqim rejimida raqamlash imkoniyati kiradi.
|
| |