Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana25.06.2024
Hajmi2,15 Mb.
#265651
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
217 
7.8.
 
Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari 
Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va 
muhim qism hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar 
ham oʻz navbatida, rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga 
ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari 
toʻrtta tizimga boʻlinadi. Ular jumlasiga ishchi stoli kompyuterlariga, server 
kompyuterlariga va rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib 
yuriladigan qurilmalarga oʻrnatiladigan dasturlar kiradi.
Ishchi stoli kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc 
Reader, Intergraph Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, 
ESRI Arc View-ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia 
Professional va boshqa dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning 
vazifalari oddiy kartalarni koʻrish, shuningdek, professional ishlar boʻlmish 
ma’lumot toʻplash va tahlil qilish, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik 
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish kabilarni bajarishdir.
Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham 
zarur darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH 
dollaridan 20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan 
birga undan foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, 
foydalanuvchilar uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni 
bildiradi. Shu jumladan GAT dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga 
moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab chiqishni koʻp emas, balki bir yilga 
qoʻymoqda.
Taxminlarga koʻra, server turkumidagi dasturlar ishchi stolida ishlashga 
moʻljallangan dasturlarga qaraganda ancha ilgarilab ketgan va bunday 
dasturlardan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Bu dasturlar qatoriga 
Autodesk MapGuide, ESRI ArcGIS Server, ESRI GE Spatial Application Server, 
Intergraph Geomedia WebMap, Mapinfo MapXtreme kabi dasturlarni kiritishimiz 
mumkin. Ushbu dasturlarning narxi hozirgi kunda 5000 AQSH dollaridan 25000 
AQSH dollarigacha boradi. Mazkur dasturlarning birinchi avlodi faqat internet 



Download 2,15 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish