Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana25.06.2024
Hajmi2,15 Mb.
#265651
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
211 
Yuqoridagi ET lardan tashqari, konsultativ ET lar sinfi ham mavjud. Bu 
tizimlar qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash, geoinformatsion bilimlarni 
qonun-qoidalar asosida shakllantirish va ma’lumotlardagi mavhumliklarni 
bartaraf qilish boʻyicha koʻrsatmalar beradi. 
Ekspert tizimdan samarali foydalanish uchun bu tizimni barcha holat va 
jarayonlar uchun ishlatib boʻlmaydi. Buning sabablariga toʻxtaladigan boʻlsak, 
ular uch turga boʻlinadi, ya’ni ET ni yaratayotgan paytda quyidagi uch 
muammoga duch kelish mumkin: 

dastur xotirasiga toʻliq axborot kiritishni ta’minlash;

tizimning toʻla va sifatli ishlashi uchun yetarli boʻlgan baholash ishlarining 
kamligi; 

hal qilinayotgan va tahlil qilinayotgan natijalarning ehtimollik xarakteridan 
kelib chiqib notoʻgʻri boʻlib qolishi. 
7.6.
 
Uch oʻlchamli geoaxborot tizimi modellari 
Bizning hayotimiz uch oʻlchamli koʻrinishda kechsa-da, ba’zi GAT dastur 
ishlab chiqaruvchilari mahsuloti ikki oʻlchamli karta yaratish bilan 
cheklanmoqda, biroq uch oʻlchamli modellar dasturlari ham yaratilmoqda. Dastur 
yaratuvchilar hozirda uch oʻlchamli GAT turkumida uch oʻlchamli model 
yaratuvchi maxsus dasturni taklif qilishmoqda, lekin ular yaratayotgan modellar 
asosan geometrik tasvirlashga qaratilgan. Topologiya va mavzuning atribut 
ma’lumotlarda aks ettirilishi geoma’lumot modellashtirishda muhim sanaladi, 
ammo bu juda koʻp mehnat talab qiladi. Bundan tashqari, uch oʻlchamli GAT 
toʻliq ishlatilishi uchun taxminiy operatsiyalar ham kiritilishi lozim.
Ikki oʻlchamli GATda joyning muhim xususiyatlari grid kataloglar yoki 
chegaralari ichiga tasvirlansa, uch oʻlchamli GATda hajmiy birliklar bilan 
ishlaydi. Masalan, agar bizga berilgan kubni ikki oʻlchamli koʻrinishda 
koʻrmoqchi boʻlsak, unda uning faqatgina bir tarafini koʻrish yetarli boʻladi, agar 
uch oʻlchamli GAT orqali koʻrmoqchi boʻlsak, unda kubning barcha ma’lumotlari 
uni toʻliq tasvirlash uchun zarur boʻladi. Ikki oʻlchamni tasvirlashdan hozirda 
amaliyot va nazariy usullarni qoʻllashda keng foydalaniladi. Uch oʻlchamli GAT 



Download 2,15 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish