Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
221
Geoaxborot boʻyicha ta’lim va oʻqitish davlatlarning ehtiyoji va sharoitiga
qarab ishlab chiqiladi.
Milliy kartografiya tashkilotlari oʻz xodimlarini turli sohalarga
moslashtirib, malakasini oshira boshlaydi.
Milliy kartografiya markazlarining eng aniq va ishonarli ma’lumotlar bilan
ta’minlovchi tashkilot sifatidagi oʻrni yanada oshib boradi.
Milliy kartografiya markazlarining ishlari boshqa
xususiy tashkilotlarga
boʻlib beriladi va bunda ular faqatgina ishonchliligi va toʻgʻriligini
tekshirib turuvchi tashkilot sifatida qoladi.
Davlat tashkilotlari geoaxborot boʻyicha oʻz talablaridan kelib chiqib,
qonunlar va me’yorlar ishlab chiqadi va tartibga solib turadi.
Global geofazoviy ma’lumotlarni yetkazib
beruvchi yirik kompaniyalar
soni 10 tadan oshmaydi.
Ixtiyoriy kiritiladigan geoma’lumotlar soni koʻpayib boradi va bunda
geoportalning ahamiyati katta boʻladi.
Barcha uchun ochiq boʻlgan shaharlar kartalari
yanada rivojlanadi va
tekinligicha qoladi.