Navoiy innovatsiyalar instituti




Download 3,11 Mb.
Sana24.06.2024
Hajmi3,11 Mb.
#265369
Bog'liq
Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar


NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
1-bosqich kechki guruh talabasi
Saitova Nafosat Sobirjon qizining
Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
mavzusida tayyorlagan
TAQDIMOTI
Reja:
  • ONA TILI FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA VAZIFALARI
  • Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi
  • FSMU texnologiyasi

O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda.
Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi - o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi
Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim. Pedagog - ya'ni bola yetaklovchi, bolaga faqat tayyor fikr bermasligi kerak balki uning fikrini kengaytirishi, olamni o‘rganishga imkon beruvchi vositalarni topa bilishga o‘rgatishi zarur.
Biz bir necha zamonlar an'anabiy uslubda ish olib bordik. To‘g‘ri, bu tizimda ham bolalarga billim berildi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari shakllantirildi. O‘qituvchi ham o‘quvchi ham bir qobiqda harakat qildi, buni qoliplangan tizim desak ham bo‘ladi, har ikkalasida ham ma'suliyat yo‘qoldi. Hozirgi kunda asosiy pedagogik texnalogiyalar imperik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, adattiv, inkulyuziv va boshqa texnologiyalardir. Dars jarayonida bu texnologiyalarni tanlay bilish - bu o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq
FSMU texnologiyasi munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanishi mumkin, chunki bu texnologiya o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, mustaqil va erkin fikrlash, o‘z fikrini boshqalarga asosli ravishda ifoda etishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda o‘quvchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqichda: -o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi; -o‘qituvchi darsda avval har bir o‘quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi, va nihoyat, dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi; -dars davomida har bir o‘quvchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkinligi eslatib o‘tiladi. 2-bosqichda: -har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi: F (fikringizni bayon eting);
S (fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating); M (ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring); U (fikringizni umumlashtiring). -Har bir o‘quvchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMU ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.
3 -bosqichda: -har bir o‘quvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi; -o‘qituvchi har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi; -o‘qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozilishini taklif etadi.
4 -bosqichda: -kichik guruhlarda avval har bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi; -guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar; -fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5 -bosqichda: -kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarni himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin. 6-bosqichda: -o‘qituvchi darsga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi; -quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qiladi: a) Ushbu dars yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni o‘rgandingiz? b) Ushbu dars qanday samara berdi? s) Ushbu mavzu o‘quvchilarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi? IZOH: Yuqorida keltirilgan savollar o‘qituvchi tomonidan har bir darsning mazmuni, maqsadidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga berilishi mumkin.
Masalan: Mavzu: Kesim gapning mazmuniy markazi. F (fikringizni bayon eting);
Gapning mazmuniy markazini tashkil etib, boshqa bo‘laklarni o‘z atrofiga birlashtiruvchi, tasdiq-inkor, shaxs-son, zamon va mayl ma’nolarini ifodalovchi bosh bo‘lak kesim deb ataladi. S (Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating): Kesim gapning mazmuniy markazini tashkil etganligi uchun boshqa bo‘laklar qatnashmasdan ham kesim orqali gap hosil qilish mumkin. M (Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring): Kelayapti. Boramiz
U (Fikringizni umumlashtiring): Yuqorida keltirilgan so‘z bir gapni hosil qilmoqda. Agar gapda kesim qatnashmasa, gapning mazmuni bo‘lmaydi. Kelyapti, boramiz degan so‘zlar gapning mazmuniy markazi bo‘lmokda. Kelayapti gapi hozirgi zamonni ifodalayapti. Boramiz gapi kelasi zamonda ifodalangan. Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashishga yo‘naltiradi, eng asosiysi, ularning o‘qishga, fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Hozirgi zamonaviy metodlar yoki o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik darslar o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijobiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 3,11 Mb.




Download 3,11 Mb.