• __“Ta’lim psixologiyasi”_ Guruh: 610-21guruh Talaba: Xashimbayev Javohir Rahbar: Delov To’lqin Erkinovich Toshkent-2023 y
  • (tovush, so’z)
  • 5 amaliy ish topshirig’i Fan “Ta’lim psixologiyasi”




    Download 43,39 Kb.
    bet1/5
    Sana21.01.2024
    Hajmi43,39 Kb.
    #142611
      1   2   3   4   5


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI
    "Axborot texnologiyalari" kafedrasi

    5 amaliy ish topshirig’i


    Fan__“Ta’lim psixologiyasi”_
    Guruh: 610-21guruh
    Talaba: Xashimbayev Javohir
    Rahbar: Delov To’lqin Erkinovich


    Toshkent-2023 y
    Nutqni o‘rganish metodlari. (Faol so‘zlashuvni aniqlash metodikasi)
    Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
    Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi. Nutq o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
    Demak, nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o’stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, londa va obrazli so’zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi va bolalarga ta'lim beradi.
    Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi.
    Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi, ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini ta'minlaydi. Bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo'ladi va bola o’z nutqini tuzatib boradi.
    Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o'rganadi. Nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi va ta'limga, fanga tavsiya etadi. Nutq o’stirish metodikasiana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi.
    Nimani o’rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi. Tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi. Qanday o'qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi.
    Buning uchun maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini qo'llash imkoniyati, o’rni, qo'llangan usullar samarasi nazarda tutiladi. Usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.
    “Ta'lim to’g’risi”dagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda noan'anaviy, o'yin usulining qo'llanishi, mujassam mashg’ulotlarni tashkil etilishi, ayniqsa, hozirgi zamon yaxshi pedagogik texnologiyani ta'limda qo'llash kabilar bunga misol bola oladi. Nima uchun aynan shunday o'qitish kerak? savoliga usulika fani nutq o’stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo'llash zarurligini ifoda etadi.
    Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.

    Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi.



    Download 43,39 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 43,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 amaliy ish topshirig’i Fan “Ta’lim psixologiyasi”

    Download 43,39 Kb.