• Ilm – fansiz, marifatsiz, davlatning kelajagi yo`q. “
  • “Kimyo fanlari o`qitishda o`quvchilarning mustaqil, ijodiy




    Download 0.52 Mb.
    bet1/2
    Sana06.06.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #70118
      1   2
    Bog'liq
    1674922943 Metodik tavsiya
    5-6-7-8-9-10-11-sinf tarix fanidan ish reja 2022-yil, “Jismoniy tarbiya va sport mеnеjmеnti” faniga kirish. Jismoniy tarbiya va sportniboshqarishning nazariy asoslari, Korxonalarda tovar siyosati va uning marketing tizimdagi o\'rni, Jur\'atbek, 11-sinflar uchun, Emitterlari bog‘langan mantiq elementlar, 33 Шерзад, 1-лаборатория (Дауамы), 1-лаборатория Kuanishbaev Azamat (2), 30610102 Kompyuter grafikasi va dizayn O\'quv dasturi 10 09, Kurs Ishi (2), Olimpiya oʻyinlari 1, Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ongning taraqqiyoti va ong, 8574155ка5252



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA'LIMI VAZIRIGI
    NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
    KOSONSOY TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMI
    24-umumiy o`rta ta`lim maktabi
    Kimyo fani o`qituvchisi
    Sultonova Muxayyo Yoqubbekovnaning
    Kimyo fanini o`qitishda o`quvchilarning mustaqil, ijodiy
    va izlanuvchanlik qobilyatlarini rivojlantiruvchi texnologiyalar”
    mavzusida
    METODIK TAVSIYASI

    “Kimyo fanini o`qitishda o`quvchilarning mustaqil, ijodiy


    va izlanuvchanlik qobilyatlarini rivojlantiruvchi texnologiyalar”

    Ilm – fansiz, marifatsiz, davlatning kelajagi yo`q. “


    Shavkat Mirziyoyev

    Respublikamiz hayotidagi tub o`zgarishlar shuni ko`rsatmoqdaki, har bir darsning g`oyaviyligi, sifati va samaradorligini oshirish, uning hayot bilan bog`lanishini ta’minlash o`qituvchining asosiy vazifasi bo`lib qolmoqda. Buni muvaffaqiyatli hal etish, o`quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga o`rgatish o`qituvchining usuliga bog`liq.
    Hozirgi zamon darslarining mohiyati o`quvchilarning mustaqil ishlash va fikrlash qobiliyatlari bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda o`qituvchilarning butun diqqat e’tibori o`quvchilarni bilim darajalari qobilyatlarini oshirishga, ularni fanga qiziqishini orttirishga, mustaqil ishlash ko`nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
    O`quvchilarni mustaqil ishlashi bevosita o`qituvchining ishtirokisiz, “lekin” ko`rsatmasi asosida maxsus ajratilgan vaqtda olib boriladi. Shuning uchun o`quvchilar qo`yilgan vazifani to`la-to`kis bajarish maqsadida o`zlarining ko`nikma va malakalarini u yoki bu shaklda namoyon etadilar. O`quvchilar bilimini mustahkamlash va chuqur bilishi ularning dars paytida va sinfdan tashqari mashg`ulotlardagi his- hayajonli aktivligiga ham bog`liq.
    Ayniqsa, o`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatishda o`quvchi his-hayajoniga ijobiy ta’sir katta ro`l o`ynaydi. Keyingi vaqtlarda o`quvchi bilish qobilyatini o`stirishga hissiyot bilan bog`liq bo`lgan turli kimyoviy didaktik o`yinlar kun tartibida keng o`rin olmoqda.
    Haqiqatdan ham darsda faqat o`qituvchining aktiv faoliyatda bo`lishi o`quvchini charchatadi va zeriktiradi. Shunday ish qilish kerakki, o`quvchi passiv tinglovchi emas balki, darsning aktiv ishtirokchisi bo`lsin. O`quvchi aktiv faoliyatda bo`ladigan, o`zining mustaqil fikriga asoslanadigan his-hayajonli o`yinlarga qiziqadi. Ularning ana shu qiziqishlaridan to`g`ri foydalana olish kerak. Bunda didaktik o`yinlar juda qo`l keladi.
    Didaktik o`yinlar vaqtida o`quvchilar ayrim bilimlarni egallabgina qolmasdan, ularni taqqoslash, turli holatlarda to`g`ri qaror qabul qilishni o`rganadilar. Musobaqa o`yin o`quvchida o`rganilayotgan materiallarga qiziqishni uyg`otadi. Natijada esa ichki bir hissiyotni yuzaga chiqaradi.
    Quyida “elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi” mavzusini o`rganishda shashkadan foydalanishni tavsiya qilmoqchiman.
    O`quvchilarni “elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi” mavzusida olgan bilimlarini boyitish va mustahkamlash uchun maktablarda tajribalar o`tkazib, qanday ionlar orasida reaksiya borishini, qaysi holatlarda gaz, cho`kma yoki kam dissotsiatsiyalanuvchi modda hosil bo`lishini bilib oladilar. O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini ortirish bilan birga shu mavzu materiallari to`g`risida keng ko`nikma va malaka egallashlariga eng asosiy mustaqil fikrlashlariga, aktiv faoliyatda bo`lishlariga turli holatlarda to`g`ri fikr yuritishga va yo`l topishga ya’ni, to`g`ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
    Quyida kimyoviy shashka o`yini to`g`risida fikr yuritamiz.
    Kerakli jihozlar: O`quvchilar uchun shashka doskasi, donachalari bilan o`qituvchi uchun magnit doskasi, magnitchalar, qaychi qog`oz, yelim.
    Magnit doskasiga shashka katakchalarini chizamiz. Qora katakchalarga anionlar formulasini yozamiz. Agar formulalar bo`rda yozilsa uni o`chirish imkoniyati bo`ladi.Bunda bir necha variant yozish mumkin. Kichik magnitcha donalari doira shaklda qirqilgan qog`ozga yopishtiriladi. Qog`ozda kationlar formulasini yozamiz. Magnit doskaga kationlarni o`rnatib o`yin qoidasini o`quvchiga tushuntiramiz. O`quvchilar o`zlariga qarashli shashka doskasini qora kataklariga qalam bilan anionlar formulasini yozadilar. Kation formulasini yozib qog`ozni shashka doskasini ichiga sig`adigan qilib qirqamiz va joylashtiramiz. Har bir tomondagi taxtaga yozilgan anionlar formulasi vertikal, diagonal va gorizantaliga bittadan bo`ladi.Har ikki o’quvchiga teng sharoit bo’lishi uchun doskaning birinchi qismi bilan ikkinchi qismidagi anionlar joylanishi har xil bo’ladi. Shashka o`yinini chigallashtirib yubormaslik uchun eng ko`p o`rganiladigan to`rtta anionni birinchi rasmdagidek joylashtirishni topdim.
    1-rasm

    O`yin qoidasi : shashka o`yini qanday tartibda o`ynalsa bu ham shunday bo`ladi. Donacha kation katakdagi anion bilan birga cho`kma hosil qiladigan bo`lsa, shu katakka yurish huquqiga ega emas. Barcha kationni boy bergan yoki yurish uchun yo`l topolmay qolgan o`quvchi yutqazadi. Donacha kationlari sakkizta bo`ladi.



    Download 0.52 Mb.
      1   2




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Kimyo fanlari o`qitishda o`quvchilarning mustaqil, ijodiy

    Download 0.52 Mb.