|
5 amaliy ish topshirig’i Fan “Ta’lim psixologiyasi”
|
bet | 2/5 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 43,39 Kb. | | #142611 |
Publitsistik uslub.
Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi. Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulologik asosi bolgan pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya va milliy mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi. Shuningdek, nutq o’stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq o’stirishni tashkil etishda ilg’or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr-muloqazalarga asoslanadi. Natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur talqin etadi, eng maqbo'lini ta'limgajoriyetadi.
Intellektni psixometrik tekshirish. (Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasi,
Ayzenktesti)
Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan m etodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o’lchash shkalasidir. Wechsler intelligence Scale for children (WISC). Bu metodikaga 1974 yilda so‘nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni tekshirish uchun o'zgartirishlar kiritildi. /WPPS1/ Rossiyada birinchi bo'lib Veksler shkalasi V.M.Bexterev nomli Leningrad psixonevrologik ilmiy tadqiqot institutida moslashtirilgan. Metodika B.G.Anan’ev (1969) maktabi psixologlari tomonidan Intellekt taraqqiyotini uzoq yillar o`rgangan.
Jumladan bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqishlar va orqada qolishlarni differentsial-diagnostika qilishda keng qo'llanilgan. WISC moslashtirilgan variantining subtestlarini keltiramiz. (A.YU.Panasyuk, 1973).
Intellekt darajasini aniqlash vazifasi ushbu fan shakllanganidan beri psixologiyada eng muhim vazifalardan biri bo'lib kelgan. Bu insonning aqliy va axloqiy fazilatlarini tavsiflash imkonini bergan intellektual ko'rsatkichdir. Ushbu ko'rsatkichlarning aqliy rivojlanish darajasiga miqdoriy va sifat jihatdan bog'liqligini aniqlash aql va unga bog'liq fazilatlar uchun turli xil tadqiqot usullarini ishlab chiqishga imkon berdi. Aql-idrokni insonning o'ziga xos faoliyati sifatida baholash Eyzenk testiga o'xshash usullarni keltirib chiqardi. Uning tuzilmasini yaratish turli jihatlar bo'yicha o'rganilgan juda ko'p sonli sinovlarni keltirib chiqardi. Mantiqiy, xayoliy, ijodiy va texnik fikrlash testlari shunday paydo bo'ldi. Qobiliyat testlari ham aql darajasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib chiqdi.
Intellektni tashxislash muammosi zamonaviy psixologiya va pedagogikaning eng muhim muammolaridan biridir. 19-asrning oxiridan boshlab, inson intellektini baholash uchun intellekt koeffitsientini (IQ) hisoblashga asoslangan standartlashtirilgan psixologik testlar qo'llanila boshlandi. Psixologlar uchun bu jozibali, chunki u testlarni ishlab chiquvchilar tomonidan ajralib turadigan umumiy va uning alohida tarkibiy qismlarida intellektual qobiliyatlar darajasini aniqlash imkonini beradi.
Ayzenk shaxs savolnomasi (Eysanck Personality inventoru ЕР1) insonning individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek, uning asosiy shaxsiy xislatlari ekstravertlik, intravertlik va turg'unlikni o ‘rganishga mo’ljallangan.
|
| |