Kirsh : C# haqida




Download 109.32 Kb.
bet1/7
Sana28.02.2024
Hajmi109.32 Kb.
#163634
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishm 1
632685, AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI VA ISHSIZLIK mundarijalik, Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy modellari, Ижтимоий, 3.2. Биоинформатика самый последн вариант2, 1 amaliy ish, Asadbek Muxtorov taqriz, 1, bayonnoma 4-maktab 2022, betlik 2022, big data MT, 2-mavzu 11, big-data-shpar-конвертирован, Termopara , Akbarova STILISTIKA.

Kurs ishm
Kirsh :C# haqida
KIRISH XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchun katta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va x.k.) o’qish tezligi, prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz mikrosekund bo’lgan) bilan bog’liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho’jaligining hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan masalalarini yechish uchun mo’ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo’q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o’rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur formulasini yodga olish yetarli. 80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Kompyuter tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham sabab bo’ldi. 4 Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu qo’llanmada C# dasturlash tili va uning operatorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bilamizki ma’lumotlarni oqish va yozish turli xil oqimlar orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni fayl oqimlari orqali o’qish va yozish juda katta ahamiyatga ega. Sababi agar bir ma’lumotlarni ekran orqali o’qisak va yozsak unda har safar dasturni ishga tushurganda ma’lumotlarni qaytadan kiritishga to’g’ri keladi bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan tashqali natijalarni tahlil qilishda, ularni solishtirishda ham fayl oqimi bilan ishlash juda ko’p qulayliklarni olib keladi. Birinchi bobda konsol rejimda ma’lumotlarni ekran orqali kiritish va chiqarish amallari ko’rib chiqilgan. C# tilining sintaksisi, ma’lumotlar tiplari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan. C# tilida ifoda, intruksiya va operatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tarmoqlash, takrorlash operatorlari va ularni har xil variantlari misollar orqali tushuntirib berilgan. Bundan tashqari har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.obyektga mo’ljallangan dasturlash tillarining asosini sinf tashkil qiladi. Qo’llanmaning ikkinchi bobi Microsoft Visual Studio 2010 muhitida C# dasturlash tili yordamida fayllar bilan ishlash, ular ustida bajariladigan amallarga bag’ishlangan. Bunda fayl va kataloglar ro’yxati ustida bajariladigan barcha metodlar o’rganib chiqilgan. Bunda fayl va kataloglar ustida bajariladigan metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Ma’lumotlarni faylda yozish va o’qish oqimlari bo’yicha mavjud metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.
Vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv
Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo’lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan: int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i) ; 7 Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi. ReadLine metodi. ReadLine metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o’tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki null (agar kiritish amalga oshmagan bo’lsa) qiymatini qaytaradi. Masalan: string s = Console.ReadLine(); Console.WriteLine("Kiritilgan satr : " + s) ; Write va WriteLine metodlari. Write metodi unga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin. Console.Write (I); Console.Write (0.75


C# (Si Sharp — deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funksional, umumiy, obyektga yoʻnaltirilgan (sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʻnaltirilgan dasturlash fanlarini oʻz ichiga olgan umumiy maqsadli, koʻp paradigmali dasturlash tili. U 2000-yilda Microsoft tomonidan .NET tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan va keyinchalik Ecma (ECMA-334) va ISO (ISO / IEC 23270: 2018) tomonidan xalqaro standart sifatida tasdiqlangan.
C# tili tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga meros qilib oladi, yaʼni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi). Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda roʻy beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi. C# tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining koʻplab foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan ikkita kompyuter tillari — Ci, C++, shuningdek Java tili bilan uzviy bogʻliqdir. C# tili 1972-yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan yaratilgan. Bu til oʻzini shunchalik yaxshi koʻrsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90 % yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, (Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi), yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi. 1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga olib kelgan inqilobiy oʻzgarishlar C# tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin boʻlgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning oʻtish joylari chalkash massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal oʻzgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qoʻshib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. Aynan C# tili kuch, elegantlik va maʼnodorlikni oʻzida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til boʻldi. Uning boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar masʼuliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda koʻplab tarafdorlarini topdi. Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni oʻz oʻzidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, lekin S da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur boʻlgan ajoyib yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S strukturaviy dasturlash tillari orasida eng koʻp foydalaniladiganlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga koʻra bundanda kattaroq dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi maʼlum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bogʻliq boʻladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) S-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
OYDning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1970 yillar oxirida koʻplab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta ishlash uchun oson boʻlgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, oʻsha vaqtda S eng ommabop til boʻlishiga qaramasdan OYD ni qoʻllab-quvvatlamadi, uning obyektga yoʻnaltirilgan (keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tugʻildi. Bu versiya oʻsha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Brian Straustrup tomonidan 1979-yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til „C sinflar bilan“ degan nom oldi, lekin 1983-yilda C++ deb qayta nomlangan. U oʻzida C tilini toʻla qamrab oladi (yaʼni, C C++ uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi) va obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C++ C tilining obyektga yoʻnaltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga oʻtishda yangi tilni emas, balki faqatgina OYD ning yangi konsepsiyasini oʻrganish kifoya qiladi. C++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qoʻllanila boshlandi va katta yutuqlarga erishdi, oʻn yillikning oxirida esa dasturiy taʼminotni qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga aylandi. Shuni anglash muhimki, C++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli tilni takomillashtirayapti va toʻldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarida qoʻllanilayapti.
C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo’lib, 2000-yilda A.Haylsberg va P.Goldelar tomonidan yaratilgan. C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obyekt hisoblanadi” postulatasiga asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P. Goldelar C++ tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va ko’rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o’zgarmas turg’un komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. C # dasturlash tilining C++ va Java dasturlash tillari bilan xarakterli o'xshashlik tomonlarini quyida sanab o’tamiz:

Download 109.32 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 109.32 Kb.