SANOAT TARMOQLARINING HOZIRGI HOLATI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI




Download 55,5 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2024
Hajmi55,5 Kb.
#148813
1   2   3
Bog'liq
24- variant Investitsion loyihalarni tahlil etish va samaradorligini aniqlash

SANOAT TARMOQLARINING HOZIRGI HOLATI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.

Toshkent viloyati yuksak iqtisodiy salohiyati, ulkan tabiiy va insoniy resurslari, rivojlangan transport kommunikatsiyalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida yetakchi o'rin tutadi. Viloyatda kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. 


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 13-apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan "Angren" maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan to'la foydalanish, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda muhim omil bo'ldi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud "Angren" erkin iqtisodiy zonasi, deb ataldi, imkoniyatlari va imtiyozlari yanada kengaytirildi. 
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 20-sentabr kuni Angren shahriga tashrif buyurib, ushbu zonada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik investitsiya loyihalari bilan tanishgan edi. 
Ulardan biri Xitoyning "Poli teknolojiz" kompaniyasi bilan hamkorlikda konveyyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasidir. Loyihaga ko'ra, yiliga 100 ming pogon metr konveyyer lentasi, 200 mingta qishloq xo'jaligi texnikasi shinasi, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 
Prezidentimiz Angren shahriga tashrif buyurib, mazkur loyiha ijrosining borishi bilan tanishdi. 
Konveyyer lentasi va shinalar sanoat, qishloq xo'jaligi, umuman, odamlar hayoti uchun eng zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Ular hozircha xorijdan olib kelinmoqda. Bu tovarlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish import o'rnini to'ldirish, valyuta mablag'larini tejash, shu bilan birga, eksportdan foyda topish imkonini beradi. 
Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Bu yerda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega bo'ladi, hayotdan rozi bo'lib yashaydi. 
Zavodda "Bars" brendi ostida 21 xil o'lchamdagi avtoshinalar ishlab chiqariladi va "JM O'zbekiston" qo'shma korxonasiga yetkazib beriladi. Qishloq xo'jaligida eng ko'p pritsep shinasi va traktorning old shinasiga ehtiyoj seziladi. Korxonada tayyorlanadigan ushbu mahsulotlar – 140 ming dona pritsep, 60 ming dona traktor shinalari dehqon va fermerlar ishiga madad bo'ladi. Konveyyer lentasining ham ikki xili – rezina matoli va rezina trosli turlari ishlab chiqariladi. Ichki bozorni ta'minlashdan tashqari yiliga qariyb 60 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz rahbari zavod xomashyosini mahalliylashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi ishga tushgach, ushbu zavodning 50 foiz xomashyosini yetkazib beradi. Shu bilan birga, xomashyoning muqobil manbalarini izlash, xususan, yurtimizda kauchuk olinadigan daraxtlarni yetishtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 
Zavod ishga tushirilgach, 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi. Yoshlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bo'lib shakllanadi. Hozirgacha 68 mutaxassis Xitoyda malaka oshirib qaytdi. Korxona uchun mutaxassislar aniq, manzilli asosda tayyorlanadi. 
Prezidentimiz "Poli teknolojiz" kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, xususan, imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni chuqurlashtirish bo'yicha "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati bilan 10-yillik strategiya ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. 
Bugungi kunda zavodda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Rejaga ko'ra, joriy yilning 1-sentabr kuni korxonada birinchi shina ishlab chiqariladi va xalqaro standart olish uchun sinovga taqdim etiladi. 
Shu yerda qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, "Angren" erkin iqtisodiy zonasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, Toshkent viloyatidagi bo'sh turgan binolardan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida ma'lumot berildi. 
Davlatimiz rahbari bu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi, xomashyosi va bozorini surishtirdi. Korxonalarni ishga tushirishda sifat va muddatga alohida e'tibor qaratish, energiya sarfini kamaytirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish muhimligini ta'kidladi. 
Toshkent viloyatidagi bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlari negizida 18 kichik sanoat zonasi tashkil etish rejasiga alohida e'tibor qaratildi. 
Toshkent viloyatining ertangi kuni bu – sanoat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ushbu maydonlarda kichik-kichik korxonalar tashkil etib, ularning oyoqqa turib olishiga ko'maklashish, qanday mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabini va importni o'rganish asosida belgilash, keyinchalik ularning faoliyatini kengaytirib borish zarur. Buning natijasida minglab ish o'rinlari yaratiladi, moliyalashtirish bazasi ham kengayadi. 
Prezidentimiz xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. 
Shu yerda "Angren" erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar namoyish etildi. 
Shavkat Mirziyoyev O'rta Chirchiq tumanidagi "O'zbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi. 
Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 15-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda. 
"O'zbegim otlari" ot zavodi 1992-yil tashkil etilgan bo'lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini parvarishlash va ko'paytirishga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda bu yerda 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda. 
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Axaltaka zotli otlar bundan besh ming yil muqaddam paydo bo'lgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arg'umoq, uchqur ayg'irlar, deya ta'riflangan. Toshbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berishicha, Axaltaka arg'umoqlari qadimda hozirgi Farg'ona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uchragan. Bu otlar Turkmanistonda keng tarqalgan. 
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sovg'a qilgan "Do'stxon" laqabli zotdor ot taqdim etildi. 

Download 55,5 Kb.
1   2   3




Download 55,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SANOAT TARMOQLARINING HOZIRGI HOLATI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Download 55,5 Kb.