• Kafedra mudiri I.N.Ilxamova
  • Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar




    Download 16,47 Kb.
    Sana26.05.2024
    Hajmi16,47 Kb.
    #254351
    Bog'liq
    Hisobot Avezov


    Nizomiy nomidagi TDPU
    Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar” kafedrasi
    M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga
    malaka almashinuviga borganligi haqidagi
    HISOBOTI


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-yanvardagi №16 sonli buyrug‘iga asosan, ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, universitet reytingini oshirish maqsadida dunyoning top 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda professor-o‘qituvchilar mobilligi doirasida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga amaliy mashg‘ulot o‘tishga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar” kafedrasining professor-o‘qituvchilari 2024-yil 15-25 may kunlari yuborilgan. Universitet Qozogʻiston Respublikasining eng yirik va koʻp tarmoqli universiteti, mintaqaning ilmiy, maʼrifiy, intellektual, madaniy markazi. Universitet iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, viloyat, respublika va jahon makonining fan va madaniyati uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Janubiy Qozog'iston universiteti respublika oliy ta’lim sohasidagi eng yorqin brendlardan biridir.
    Nizomiy nomidagi TDPU “Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar” kafedrasi professor o‘qituvchilari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Ilxamova Iroda Nuritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yuldasheva Dildora Maxmudjonovna, dotsent Akromova Nigora Erkinovna, o‘qituvchi Giyasova Umida Erkinovna, dotsent v.b., Sagdullayev Pulatbek Kayumjonovich, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sobirova Gulnoza Raxmatilloyevna, dotsent Yunusova Nodira Axmadjonovna, dotsent v.b. Isayeva Umida Nigmatdjanovna, dotsent v.b., Xayitmuradova Shoira Muzaffarovna, dotsent v.b. Ismailova Shaira Ferdausovnalar “ Texnologiya yo‘nalishlarida xorijiy tillar” kafedrasi mudiri hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etishdi, universitet va kafedra faoliyati o‘rganildi, o‘zaro tajriba almashinuvi jarayonida amaliy darslar o‘tilishining taqdimoti qilindi, kafedramiz professor o‘qituvchilari amaliy ingliz tili hamda xorijiy tilni intensiv o‘qitilishini zamonaviy metodlar bilan namunaviy ochiq dars tarzida ko‘rsatib berdilar.


    Kafedra mudiri I.N.Ilxamova
    Download 16,47 Kb.




    Download 16,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar

    Download 16,47 Kb.