OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
RENESSANS TAʼLIM UNIVERSITETI
AXBOROT XATI
“SHARQ RENESSANSI: TARIX, TAʼLIM VA TARBIYANING NAZARIY
VA AMALIY AHAMIYATI”
mavzusida respublika ilmiy konferensiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil
22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining
kengaytirilgan yigʻilishida ilgari surilgan maqsadlarning mazmun mohiyatini targʻib
qilish, yosh avlodni milliy-madaniy merosimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash,
maʼnaviy yuksalish, taraqqiyot odimlari yoʻlida ziyoli-olimlar ilmiy salohiyatini
safarbar etish, shuningdek, Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vazirligining “2024-yilda
qoʻshimcha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik
tadbirlar toʻgʻrsida” 2024-yil 20-martdagi 76-sonli buyrugʻi asosida 2024-yil 15-may
kuni Renessans taʼlim universitetida
“Sharq Renessansi: tarix, taʼlim va
tarbiyaning nazariy va amaliy ahamiyati”
mavzusida respublika ilmiy
konferensiyasi oʻtkazilishi belgilangan.
Konferensiya doirasida Sharq Renessansining jahon sivilizatsiyaga qoʻshgan
hissasi, sharq uygʻonish davri buyuk allomalari ilmiy, maʼnaviy merosini, milliy
davlatchilikning
tarixiy,
vorisiylik anʼanalarini, elimizning bagʻrikenglik,
adolatpeshalik, mehr-oqibatlilik, vatanparvarlik, yurtsevarlik madaniy qadriyatlari
mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirishda zamonaviy renessans asoslarini
shakllantirish va uning pedogogik asoslarini
ishlab chiqish, jamiyat hayotining
tarkibiga aylantirish vositalarini va innavatsion texnologik uslublarini tadbiq etishga
qaratilgan tadqiqotlarni eʼlon qilish maqsad qilingan.
Ilmiy anjuman doirasida quyidagi yoʻnalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
1.
Sharq Renessansi: siyosiy-falsafiy qarashlar va yondashuvlar.
2.
Oʻzbek davlatchiligi taraqqiyotida Sharq Renessansining ahamiyati.
3.
Uchinchi Renessansni barpo etishda yoshlar tashabbusi.
4.
Zamonaviy pedagogika va milliy taʼlim-tarbiya uygʻunligi
5.
Inklyuziv taʼlim va tarbiya metodikasining dolzarb masalalari
Anjumanga materiallar
2024 yil 10 maygacha
qabul qilinadi.
Konferensiyaning ishchi tillari:
oʻzbek, rus, ingliz.
Qatnashish shartlari:
Konferensiyada yetakchi olimlar, ilmiy tadqiqot va oliy
taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari, doktorantlar,
magistrantlar, talabalar hamda mavzu doirasida tadqiqot olib boruvchilar ishtirok
etishi mumkin. Maqolaning hajmi 3-5 bet atrofida boʻlishi talab etiladi. Tanlovdan
oʻtgan ilmiy maqola va tezislarni bepul chop etish rejalashtirilgan. Mualliflarga
toʻplamning elektron (pdf) shakli bepul tarqatiladi.
Ilmiy maqolaning matni boʻyicha talablar va tavsiyalar.
Matn A4
formatdagi qogʻozga, barcha tomonlardan 2 sm dan qoldirib yoziladi. Maʼruza
materiallari Microsoft Word 97-2007 redaktorida Times New Roman shriftida 14
oʻlchamda (interval 1,5) rtf, doc formatlarda rasmiylashtiriladi. Maqola nomi bosh
(katta) harflarda, boʻgʻin koʻchirmasdan, markazga yoziladi. Yangi qatordan kichik
harflarda muallif haqidagi maʼlumotlar (F.I.Sh. ish joyi va lavozimi, telefon).
Iqtiboslar matn ichida raqamda yozilib [1, 1-2] maqola soʻngida foydalanilgan
adabiyotlarning roʻyxati keltirilishi kerak. Ilmiy maqolalar elektron shaklda elektron
pochta va telegram orqali ham taqdim etilishi mumkin. Maqolalar ilmiy asoslangan,
manba va adabiyotlarga, xulosa, muhim taklif va tavsiyalarga ega boʻlishi lozim.
Hammualliflar ikkitadan koʻp boʻlmasligi kerak. Maqoladagi maʼlumotlarning ilmiy
nazariy asosga egaligi va metodologik jihatlari boʻyicha muallifning oʻzi maʼsuldir.
Tahrir hayʼati talablariga javob bermagan va belgilangan muddatdan kech
qolgan maqolalar chop etilmaydi. Manzil: Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani,
Samarqand Darvoza koʻchasi, Charxnovza, 7-uy. Tashkiliy qoʻmita:
№
Yoʻnalishlar nomi
Yoʻnalishlar boʻyicha
maqolalarni qabul qilishga
masʼullar
1.
Sharq
Renessansi:
siyosiy-falsafiy
qarashlar va yondashuvlar
Mamatov Gʻanisher
Sapiyevich, 97 442-79-01
2.
Oʻzbek
davlatchiligi
taraqqiyotida
Sharq Renessansining ahamiyati
Mamatqulov Sanjar
Toshpoʻlatovich, 93 507-84-55
3.
Uchinchi Renessansni barpo etishda
yoshlar tashabbusi
Xudoyqulova Dilrabo
Shodmonovna, 93 504-46-08
4.
Zamonaviy
pedagogika
va
milliy
taʼlim-tarbiya uygʻunligi
Orziqulova Charos
Rahmatovna, 91 115-24-08
5.
Inklyuziv
taʼlim
va
tarbiya
metodikasining dolzarb masalalari
Poʻlatova Nigora
Gʻuzorqulovna,
91 798-86-11
|