• Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
  • Mundarija kirish I bob. Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirishning nazariy asoslari




    Download 47.03 Kb.
    bet1/5
    Sana22.03.2024
    Hajmi47.03 Kb.
    #175108
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MUNDARIJA
    mus talim matni, 2000 Essential korean words, testlar mehnat muhofazasidan, A. qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogik, 116457, 1-mustaqil ish, ZDIFT 0903, Mustaqil ish mavzulari, Ттвьоьсб ккк, “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси — амалда, Promt 98 dasturi, Algoritmlar, Qattiq diskka xizmat ko, ASOSIY ADABIYOTLAR RO`YXATI 23-24 (2), Dasturlash 1 Yakuniy savollar ehtimoliy Berilgan vazifalar kanali

    MUNDARIJA
    Kirish………………………………………………………………………………
    I bob. Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirishning nazariy asoslari……
    1.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning mamlakat eksport salohiyatini oshirishdagi roli……………………………………………………………………………………
    1.2. O’zbekistonda eksportni rag’batlantirishga qaratilgan siyosat…………………..
    1.3 Milliy iqtisodiyotda eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarishning obyektiv zaruriyati……………………………………………………………………………..
    I bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………..


    Kirish
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalar milliy iqtisodiyotlar holatiga taʼsir koʻrsatuvchi muhim omilga aylanib qoldi. Mana shunday aloqalarning tarkibiy qismi boʻlgan eksport har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida alohida oʻrin egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadallashishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi, uning samaradorligini oshishi eksport amaliyotining yaxshi yoʻlga qoʻyilishi bilan bogʻliq. Eksport darajasining oʻsishi toʻlov balansining mustahkamlanishiga, xorijiy valyuta tushumlari va zahiralarining koʻpayishiga olib keladi.
    Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda eksport salohiyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksporti hajmini oshirish ustuvor masala sifatida qaralmoqda.
    2016–2019-yillar davomida Oʻzbekiston eksporti hajmi 12,6 milliard dollardan 17,9 milliard dollargacha yoki 42 foiz oshgan. Biroq oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi eksport koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Natijada eksport hajmi 15 foiz kamaydi.1
    Eksport tarkibining taxminan 50 foizi xomashyo hissasiga toʻgʻri keladi. Shu bois soʻnggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotning yuqori qoʻshilgan qiymatga ega, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish yoʻlidan bordi.
    Harvard universiteti tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston 50 dan ortiq nomdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetarli imkoniyat va nisbiy ustunlikka ega.
    Xususan, neft-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish, toʻqimachilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoatini iqtisodiyotning drayveriga aylantirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
    Unga koʻra, Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga yana-da integratsiyalashuvi mahalliy mahsulotlarning yangi eksport bozorlariga chiqishiga yordam beradi. Shu munosabat bilan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha faol muzokaralar olib borilmoqda. YEOIIda kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega boʻlindi. Yevropa Ittifoqi bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. Bu esa Yevropa komissiyasi tomonidan Oʻzbekistonning “GSP+”da benefitsiar maqomini olish uchun arizasi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinishiga yordam berdi.
    Xalqaro savdo markazi metodologiyasi asosida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi olib borgan tahlil shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston mahsulotlarning ayrim turlari uchun foydalanilmagan eksport salohiyatiga ega. Xususan, 986,7 million dollarlik meva-sabzavot, 686,6 million dollarlik toʻqimachilik, 56,6 million dollarlik elektrotexnika mahsulotlari chiqarish imkoni mavjud.
    Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi natijalarini dastlabki baholash borasida ham tadqiqot oʻtkazildi. Tahlillar “Trade Creation Effect” (Savdoni yaratish taʼsiri) va “Trade Diversion Effect” (Savdoni yoʻnaltirish taʼsiri)ni hisoblash metodologiyasi boʻyicha oʻtkazildi. Jahon savdo tashkilotiga kirish va import bojxona toʻlovlari 50 foiz pasayishi bilan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonga import hajmi odatda 5 foiz, ayrim sanoat mahsulotlari uchun esa 2 foizdan 13 foizgacha oʻsishi mumkin.
    Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishidan eksportga taʼsir odatda ijobiy boʻladi. Chunki Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar Oʻzbekistonga tashkilot doirasida kelishilgan import bojlari stavkalarini qoʻllaydi. Bu stavkalar hozirgi paytda Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllanganidan past boʻlishi mumkin.

    Download 47.03 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 47.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I bob. Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirishning nazariy asoslari

    Download 47.03 Kb.