• 5. Promt 98 dasturining qolgan sozlovlari
  • Birinchi toifa kompyuter lug’atlaridan iborat
  • Ikkinchi toifaga to’liq matnni avtomatik tarzda tarjima qilishga imkon beruvchi dasturlar kiradi
  • Mavzu: Promt 98 dasturi Reja: 1




    Download 105.14 Kb.
    bet1/7
    Sana10.09.2023
    Hajmi105.14 Kb.
    #81018
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Promt 98 dasturi
    mus talim matni, 2000 Essential korean words, testlar mehnat muhofazasidan, A. qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogik, 116457, 1-mustaqil ish, ZDIFT 0903, Mustaqil ish mavzulari, Ттвьоьсб ккк, “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси — амалда, Algoritmlar, Qattiq diskka xizmat ko, ASOSIY ADABIYOTLAR RO`YXATI 23-24 (2), Dasturlash 1 Yakuniy savollar ehtimoliy Berilgan vazifalar kanali

    Mavzu: Promt 98 dasturi
    Reja:
    1. Promt 98 dasturi haqida tushuncha
    2. Promt 98 dasturining ishchi darchalari
    3. Promt 98 dasturida avtomatik tarjima
    4. Promt 98 dasturida lug’atlar bilan ishlash
    5. Promt 98 dasturining qolgan sozlovlari


    Kirish
    Internetdan olinadigan ma’lumotlari xorijiy davlatlardan olinsa, u asosan ingliz tilida bo’ladi. Shuning uchun ingliz tilini bilmaydiganlar uni rus tiliga (hozircha o’zbek tiliga o’giradigan tarjimon dasturlar kam bo’lgani uchun) tarjima qilib o’qishlari mumkin. Buning uchun maxsus avtomatik tarjima dasturlaridan foydalaniladi. Avtomatik tarjima dastur vositalarini shartli ravishda ikkita asosiy toifaga bo’lish mumkin.
    Birinchi toifa kompyuter lug’atlaridan iborat. Kompyuter lug’atlarining vazifasi oddiy lug’atlar vazifasi bilan bir xil: noma’lum so’z mazmunini anglatadi. Kompyuter lug’atlarining afzalligi kerakli so’z mazmunini avtomatik izlash va topishning qulayligi va tezligida ko’rinadi. Avtomatik lug’at, odatda, berilgan klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali so’zlarni tarjima qilish imkonini beradi. Lug’at nafaqat so’zlar, balki tipik so’z birikmalarini ham o’zida jamlashi mumkin.
    Ikkinchi toifaga to’liq matnni avtomatik tarzda tarjima qilishga imkon beruvchi dasturlar kiradi. Ular bir tildagi (xatosiz tuzilgan) matnni qabul qilib, boshqa tildagi matnni beradi. Ish jarayonida dastur qamrovli lug’atlar, grammatik qoidalar majmui va dastur nuqtayi nazaridagi eng sifatli tarjimani ta’minlovchi boshqa omillardan foydalanadi.
    Ushbu vositalardan foydalangan holda dastur bosh-lang’ich matndagi gaplarning grammatik tarkibini tahlil qiladi, so’zlar orasidagi aloqani topadi va jumlaning boshqa tildagi to’g’ri tarjimasini qurishga intiladi. Gap qancha qisqa bo’lsa, tarjima shuncha to’g’ri chiqishiga imkon yaratiladi. Uzun gaplar va murakkab grammatik gap qurilishlarida tarjima tizimi yaxshi natijaga olib kelmasligi mumkin.
    Hozirda dunyoda ingliz tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan ingliz tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar keng qo’llanilyapti. Bu ingliz tilining xalqaro muloqot borasida yetakchi rol o’ynayotganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili o’rganish uchun ancha qulay va sodda, lekin uning soddaligi avtomatik tarjima tizimlari uchun kutilmaganda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Hamma gap shundaki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan so’zlar ko’pincha nutqning turli qismlariga tegishli bo’ladi. Bu gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik tarjimadagi qo’pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
    Biz kundalik faoliyatda tarjima dasturlarining ko’p turlarini uchratishimiz mumkin. Lekin biz quyidagi eng ko’p tarqalgan va tanilgan Stylus dasturlariga to’xtaymiz.



    Download 105.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 105.14 Kb.