• 4.1. Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, ring va 3-D torus 3.1. Tarmoq arxitekturalari. Tarmoq va arxitektura tushunchasi
  • Tarmoqning tashkil etilishi va talablar.
  • 5 semestr 3- ma'ruza




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.89 Mb.
    #47542
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurs ishi doni
    1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA


    KOMPYUTER TARMOQLARI 
    5 semestr
    3- Ma'ruza 
    3.1. Tarmoq 
    arxitekturalari. 
    Tarmoq 
    va 
    arxitektura tushunchasi.
    3.2. Tarmoqlarning 
    elementlari, 
    pog’onali 
    arxitekturalari. 
    4- Ma’ruza 
    4.1. Tarmoq topologiyalari: mesh, star, tree, bus, 
    ring va 3-D torus 
     
    3.1. Tarmoq arxitekturalari. Tarmoq va arxitektura tushunchasi 
    Tarmoq arxitekturasi - bu kompyuter tarmog'ining tuzilish uslubi, dizayni. Bu 
    tarmoqning fizikaviy tarkibiy qismlari va ularning funktsional tashkil etilishi hamda 
    konfiguratsiyasi, uning ishlash tamoyillari va protseduralari, shuningdek 
    foydalaniladigan aloqa protokollari uchun asosdir. 
    Kompyuter tarmog'ining arxitekturasi - dasturiy ta'minotni, apparat ta’minoti, 
    protokollarni va ma'lumotlarni uzatish vositalarini fizikaviy va mantiqiy bog’lanishi 
    sifatida tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, arxitektura kompyuterlarni qanday 
    tashkil etilganligi va kompyuterga vazifalar qanday taqsimlanganligini belgilab 
    beradi. 
    Tarmoqning tashkil etilishi va talablar. 
    Axborot tarmog‘ini murakkab tizim sifatida uni ko‘plab tizimlarga ajratish 
    yo‘li bilan tasniflash mumkin. Bu tizimlar tarmoqni ko‘rib chiqilayotgan muvofiq 
    qatlamlarida ajratilgan elementlarni o‘z tarkibiga oladi. Axborot tarmog‘i 
    arxitekturasi deb, tarmoqning funksiyaviy, mantiqiy va strukturaviy unsurlar 
    yig‘indisi, ular o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta'sir qoidalariga aytiladi. 
    Axborot tarmog‘ini tizimli yondashish orqali tasvirlashda turli uslubiy 
    tamoyillar mavjud. Ularning ba'zilarini aytib o‘tamiz: 
    Iyerarxiya-yaxlit narsaning qism va elementlari yuqoridan quyiga qarab 
    joylashtirilganligi. Mazkur qonuniyatga asoslanib tarmoqni quyi tarmoqdagi alohida 
    tarmoq osti segmentlarga bo‘lish mumkin. 
    Kommunikativlik-tizimda aloqalarning ko‘pligi, tashqi aloqalar–muhit bilan va 
    ichki aloqalar-tizim osti qism va elementlar bilan. Bunga aloqador ravishda tarmoqni 
    tarmoq osti, ya'ni yuqori qatlamidagi tarmoqning tizimosti qismi, yoki elementi, 
    yoki past qatlamdagi segmentlarni o‘ziga kirituvchi mustaqil tizim sifatida ko‘rish 
    mumkin. 
    Emerjentlik-tizimning alohida elementlariga xos bo‘lmagan integrativ sifatning 
    tizimda namoyon bo‘lishi. Masalan, axborot tarmog‘ida transport, axborot 


    taqsimlash, tarmoqni boshqarish kabi funksional muhim va nisbatan mustaqil 
    tizimosti qismlarni ajratsa bo‘ladi. Ularning birontasini alohida axborot tarmog‘i 
    bilan solishtirib bo‘lmaydi, faqat ularning o‘zaro bog‘liqligi ushbu tushunchani aks 
    ettiradi. Boshqa tomondan, faqatgina alohida tizimosti qismlarni o‘rganish tizim 
    haqida to‘la tasavvurni chuqurlashtiradi. 
    Mazkur xususiyatlar tufayli murakkab tizimning har bir tizimosti qismini 
    mustaqil tizim sifatida ajratib, uning arxitekturasini taxlil qilish mumkin. Taxlil 
    qilinayotgan qatlamga bog‘liq ravishda tarmoqni yaxlitlikdagi, tarmoq dasturiy 
    ta'minot, terminal majmua, kommutasion tizim, xatto alohida integral sxemaning 
    arxitekturasi haqida gapirish mumkin. Shuni ham ta'kidlash lozimki, tarmoq 
    arxitekturasini ko‘rib chiqish tadqiqotchining kasbiy yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, 
    loyihalashtiruvchi tarmoq arxitekturasini tahlil qilganda, uning topologiyasi, 
    tashkiliiy strukturasi, protokol modelini ko‘rib chiqadi. Tarmoq operatorlari
    avvalambor, uning fizikaviy tuzilmasi bilan qiziqadilar. Tarmoqning dasturiy 
    ta'minotini ishlab chiqaruvchilar tarmoqning funksional strukturasiga e'tibor 
    beradilar.
    Umumiy tasavvur darajasida har qanday tarmoq punktlar va ularni 
    birlashtiruvchi liniyalardan tashkil topgan. Ularning (punkt va liniyalarning) o‘zaro 
    joylashishi tarmoq bog‘liqligi va punktlar o‘rtasidagi axborot almashuvini ta'minlab 
    berish qobiliyatini tavsiflaydi. Tarmoq topologiyasi uning bog‘liqligini aks ettiradi. 
    Fizikaviy va mantiqiy jihatdan topologiya bir-biridan farqlanadi. Fizikaviy 
    topologiya tarmoq punktlarini va ularni bog‘lovchi liniyalarning joylashishini aks 
    ettiradi. Mantiqiy topologiya axborotning manba va iste'molchilarining o‘rtasidagi 
    o‘zaro bog‘lanish yo‘llari tashkil qilinadigan imkoniyatlar haqida tasavvur beradi. 
    Tarmoqning topologik xususiyatlarini tadqiqot qilish uchun uning punktlarini nuqta 
    sifatida, ularni birlashtiruvchi liniyalarni esa yoy sifatida aks ettirish qulay. Bunday 
    geometrik shakl graf deb ataladi, grafdagi nuqtalar cho‘qqi, yoylar esa ularning 
    yo‘naltirilganligi hisobga olinmaganligida qirra deb nomlanadi. Graf axborot 
    tarmog‘ining topologik modelidir. 
    Tarmoq topologiyasini tanlash uning qurilishida hal qilinadigan birinchi 
    vazifadir va u texnologik hamda aloqaning ishonchliligiga bo‘ladigan talablar bilan 
    shartlanadi. Agar u tashkil topadigan standart(baza) topologiyalari majmuasi aniq 
    bo‘lsa, tarmoq topologiyasi nisbatan sodda tanlanadi. Ba'zi topologiyalar va ularning 
    xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 

    Download 0.89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish