• Daraxtsimon topologiya
  • «Halqa» topologiyasi
  • 5 semestr 3- ma'ruza




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.89 Mb.
    #47542
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurs ishi doni
    1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
    «Nuqta-nuqta» turdagi ikki punktli topologiya-eng sodda va ikki punktni 
    bevosita fizikaviy va mantiqiy bog‘lovchi tarmoq segmentini o‘z ichiga kiritgan. 
    Bunday segmentning ishonchliligini 1+1 turdagi himoya deb nomlanuvchi 100% 
    zahirani ta'minlab beruvchi zahira aloqani kiritish yo‘li bilan oshirish mumkin. 
    Asosiy aloqa ishdan chiqishi bilan tarmoq zahira aloqaga avtomatik ravishda o‘tadi. 
    Soddaligiga qaramasdan, aynan shu bazaviy topologiya yuqori tezlikli magistral 
    kanallardan axborotning katta oqimlarini uzatishda keng qo‘llaniladi. U radial-halqa 
    topologiyaning tarkibiy qismi(radius) sifatida ham qo‘llaniladi. 1+1 turdagi 
    zahiralashli ikki punktli topologiya halqa topologiyasining turdosh varianti sifatida 
    ko‘rib chiqilishi mumkin. 


    Daraxtsimon topologiya turli variantlarga ega (3.1.-rasm). Daraxtsimon 
    topologiya tarmoq segmentining xususiyati n punktlar bog‘liqligi fizikaviy darajada 
    qirralar minimal soni Rqn-1 da erishiladi, bu esa tarmoqning yuqori tejamkorligini 
    ta'minlab beradi. Mantiqiy qatlamda bunday segmentlarda har bir juft punktlar 
    o‘rtasida axborot uzatish yo‘llari soni har doim hq1 teng. Ishonchlilik nuqtai 
    nazaridan, bu juda past ko‘rsatkich. Bunday tarmoqlarda ishonchlilikni oshirish 
    zahira aloqalarni kiritish (masalan, 1+1 turdagi himoya) yo‘li bilan amalga oshiriladi 
    а) б) в) 
    3.1.-rasm. Daraxtsimon topologiya: a-daraxt, b-yulduz, v-zanjir.
    Daraxtsimon topologiya lokal komp'yuter tarmoqlari, qishloq xududlari telefon 
    tarmoqlari, abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladi. 
    «Halqa» topologiyasi har bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan 
    tarmoqni tavsiflaydi (3.2-rasm). Halqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal 
    komp'yuter tarmoqlar, transport tarmoqlar va abonent kirish tarmoqlarida keng 
    qo‘llaniladi. 
    3.2-rasm.«Halqa»
    3.3-rasm.«Ikki qavat halqa»
    3.4-rasm.To‘liq
    topologiyasi. topologiyasi. aloqali topologiya 
    Fizikaviy topologiyani aks ettiruvchi graf qirralari soni: R=n ga teng. Bu esa 
    tarmoq chiqimlarini kamaytiradi. Mantiqiy darajada har bir juft punktlar o‘rtasida 
    h=2 mustaqil yo‘llar (to‘g‘ri va al'ternativ) tashkil qilinishi mumkin, bu ayniqsa, ikki 
    qavat halqa deb nomlanuvchi 1+1 turdagi zahiralashni qo‘llaganda (3.3-rasm) aloqa 
    ishonchliligining oshishini ta'minlab beradi.
    Ikki qavat halqa oraliq punktlar o‘rtasida fizikaviy ulanishning juftliklari bilan 
    tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri 
    asosiy, boshqasi esa zahira bo‘ladi. 

    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish