Tarmoqning funksional modeli




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#47542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi doni
1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
 
Tarmoqning funksional modeli. 
Funksional model tarmoqning fizikaviy amalga oshirilishi tamoyillariga 
bog‘liq bo‘lmagan holda tarmoqni mantiqiy darajada mavhum ravishda tasvirlaydi. 
Model' elementlar sifatida ko‘rib chiqilayotgan tarmoq funksiyalarining o‘zaro 
ta'sirini aks ettiradi. 
Funksiya-mantiqiy element bo‘lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy 
ravishda funksiya apparat bilan yoki dasturiy mahsulot (funksional ob'ekt) 
ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Oxirgi holatda funksiyalarni ob'ekt deb 
nomlash qabul qilingan. Funksiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy 
modul deb ataluvchi alohida funksional tizim osti birliklar guruhiga birlashtirish 
mumkin. 
Tarmoqda bajariladigan funksiyalarning quyidagi turlari farqlanadi: 
-amaliy (qo‘llanish) funksiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma'muriyati ilova 
ob'ektlari; 
-xizmatlarni boshqarish funksiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va 
foydalanuvchini mazkur xizmatlar o‘zaro ta'siri bilan boshqarish imkoniyatini 
beradigan ob'ektlar; 
-tarmoqni ma'muriy boshqaruv funksiyalari-hamma boshqa funksiyalar 
boshqaruvini amalga oshiradigan ob'ektlar; 
-ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash funksiyalari-ilova obyektlarini 
chaqirish va boshqarish, ularning o‘zaro ta'sirini hamda ma'lumotlarni ma'lumotlar 
bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta'minlab beradigan ob'ektlar; 
-kommutasion funksiyalar-axborot oqimlarini boshqarish va transport 
funksiyalari (ular kommunikasion tugunlarda qayta taqsimlanganda). 


 Tarmoq funksiyalari o‘zaro ta'sir tartibi funksional model' elementlar aloqasini 
belgilab beradi. Bunday o‘zaro ta'sirni alohida funksiyalar (ob'ektlar) yoki mantiqiy 
modullar o‘rtasida to‘liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U elementlar 
o‘zaro ta'sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim etish 
formatini belgilab beradi. Bir turdagi funksiyalar (ob'ektlar) o‘rtasidagi mantiqiy 
interfeys protokol deb ataladi. Kommunikasion funksiyalar o‘rtasidagi mantiqiy 
interfeys telekommunikasion tarmoqning funksional etalon nuqtasi deb ataladi. 
Funksiyalar (obyektlar) quyidagi tamoyillarga asoslanib mantiqiy modullarga 
birlashtiriladi: 
Tarmoq segmentlari modullarini funksional darajada tashkil qilish. Misol 
tariqasida telekommunikasion tarmoq segmentlarida transport funksiyasi va oqimlar 
boshqaruv funksiyasining birgalikda amalga oshirilganligini keltirsak bo‘ladi (3.9-
rasm). Transport va oqimlar boshqaruvi funksiyali segment mantiqiy modullari 
yig‘indisi sifatida qabul qilinadigan har qanday telekommunikasion tarmoqni 
funksional modelda ko‘p hollarda transport tarmog‘i (transport tarmog‘i 
tushunchasining yana bir tavsifi) deb ataladi. 
 
3.9-rasm. Funksional pog‘onada segment modullarini tashkil qilish: 
I-interfeys (funksional etalon nuqta), NTU-terminator. 
Domen tashkil qilinishi. Bu holatda funksiyalar mansublik tamoyiliga asosan 
birlashtiriladi. Bunda ularning apparat vosita yoki dasturiy mahsulotlarda amalga 
oshirilganda birgalikdagi harakatni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Misol tariqasida 
foydalanuvchi domeni va tarmoq operatorini domenini (3.10.-rasm) keltirsa bo‘ladi. 
Domen funksiyalarini (obyektlarini) aniq tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. 
Foydalanuvchi va tarmoq operatorlarning domen konfiguratsiyalari turli bo‘lishi 
mumkin va turli omillarga bog‘liq. Omillardan asosiysi tarmoqning turli xizmatlar 
va ilovalar ko‘rsatishga layoqatliligidir. 
Xizmatlar taqdim qilish platformalarini tashkil qilish aniq xizmat yoki 
xizmatlar majmuasini ko‘rsatish uchun ishtiroki talab qilingan aloqaning turli 
operatorlarini domeni va segment modullarini birikishiga asoslanadi. 
NTU 
NTU 



Kirish tarmog’i 
(access) 
segmenti moduli 
Boshqaruv 
funksiyalari 
Transport 
funksiyasi
Bazaviy tarmoq 
(Core) segmenti 
moduli 
Boshqaruv 
funksiyalari 
Transport 
funksiyasi
Kirish tarmog’I 
(access) 
segmenti moduli 
Boshqaruv 
funksiyalari 
Transport 
funksiyasi



3.10.-rasm. Foydalanuvchi domeni va tarmoq operatori domeni 

Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish