5 semestr 3- ma'ruza




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#47542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi doni
1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
2. 
Yulduz (star) 
Yulduzsimon 
topologiyadan 
foydalanilganda 
tarmoqning 
barcha 
kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga 
ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma 
orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish 
mumkin.
Kompyuter va konsentrator o’rtasidagi aloqa uzilishi tarmoqning qolgan qismi 
ishiga ta’sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishi to’xtaydi. Yulduz 
topologiyasi orqali lokal tarmoqlarni ham bir-biriga ulash mumkin.
Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda qulay: kabel, taroq 
adapter yoki razyomlarning nosozligi oson aniqlanadi. “Yulduz” “umumiy shina” dan 
yangi qurilmalarni ulashda ancha qulaylik tug’diradi. Uzatish tezligi 100 va 1000Mbit/s 
tarmoqlar “yulduz” topologiyasi orqali qurilganini ham hisobga olish lozim. 
Agar “yulduz”ning markazida konsentrator joylashgan bo’lsa, tarmoqning mantiqiy 
topologiyasi “umumiy shina”ga ozgaradi. 
“Yulduz” topologiyasini qo’llashning avzalliklari: 
Yaratish va boshqarish soddaligi; 
Tarmoqning yuqori ishonchliligi; 
Tarmoq 
ichida 
uzatiluvchi 
ma’lumotning 
yuqori 
darajada 
himoyalangani (agar yulduzning markazida kommutator joylashgan bo’lsa). 
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoq ishini to’xtatadi. 
3. 
Halqa topologiyasi (ring) 
Halqali topologiyadann foydalanilganda tarmoqning hamma kompyuterlari 
yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar halqa bo’ylab bir yo’nalishda 
tarmoqqa ulangan kompyuterlarning tarmoq platalari orqali uzatiladi. Har bir 
kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo’yicha uzatadi.
Halqa topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko’rib chiqamiz. Marker 
ikkilik razryadlarining boshqaruv ma’lumotlaridan iborat ma’lum ketma-ketligini 
tashkil etadi. Agar tarmoq qurilmasi markerga ega bo’lsa, unda ma’lumotni 
tarmoqqa uzatish huquqi bo’ladi. Halqa ichida faqat bitta marker bo’lishi mumkin. 
Ma’lumotlarni uzatishga tayyorlanayotgan kompyuter tarmoqdan markerni olib 
ma’lumotni halqa bo’ylab uzatadi. Har bir kompyuter ma’lumotlarni keying 
kompyuterga uzatadi toki u adresatga yetib bormaguncha. Ma’lumotni qabul qilgan 
adresat uni yuborgan kompyuterga axborot yetib kelganligini tasdiqlovchi xabar jo’natadi, 
ma’lumotni jo’natgan kompyuter yangi marker xosil qiladi va uni tarmoqqa uzatadi. 
Mazkur topologiyani qo’llashning avzalliklari: 
umumiy shinadan ko’proq hajmdagi ma’lumotlarga xizmat ko’rsatadi; 
har bir kompyuter takrorlovchi hisoblanadi: u signalni keying kompyuterga 
uzatishdan avval uni kuchaytiradi va tarmoq o’lchamlarini kengaytirish imkonini 
yaratadi; 
tarmoqqa kirishda turli imtiyozlarni berish imkoniyati; yuqori imtiyozga 
ega kompyuter markerni uzoqroq vaqt ushlab turishi va ko’proq ma’lumot uzatishi 
mumkin. 
Kamchiliklari: 


tarmoq kabelining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga 
ollib keladi; 
istalgan kompyuter tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni olish imkoniga 
ega. 

Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish