|
Mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish
|
bet | 1/4 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 10,88 Kb. | | #117556 |
Bog'liq Mavzu Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish-fayllar.org (1)
Mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish
Mavzu: Zararkunanda dasturlar va ulardan himoyalanish (masalan, Malwarebytes misolida).
Reja:
1. Kirish
2. Antivirusdan foydalanish
3. Administrator huquqiga ega bo’lmagan akkauntdan foydalaning
4. Malwarebytes
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Administrator akkaunti ostida yuklab olingan zararli dastur qurilmangiz va undagi maʼlumotlar uchun yanada zararlidir. Kompyuteringizda cheklangan imtiyozlarga ega foydalanuvchi akkauntini yaratib va kundalik vazifalar uchun undan foydalanganingiz ma’qul. Cheklangan imtiyozga ega akkauntga kirganingizda, zararli dastur qurilmangizga kirish yo’lini topishi va tizim bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi ancha qiyin bo’ladi.
Barcha foydalanadigan qurilmalaringizda doimo ishonchli antivirus dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Bu sizning viruslar va boshqa zararli dasturlardan asosiy himoyangizdir. Yangi tahdidlardan xabardor bo’lish uchun antivirus dasturini muntazam yangilab turing.
Antivirus dasturi butun qurilmangizni zararli dasturlar mavjudligini tekshirish imkonini beradi. Zararli dasturlarni erta aniqlash va uning tarqalishining oldini olish uchun qurilmalaringizni muntazam ravishda skanerlashni odat qiling. Agar siz Internetdan biror fayl yuklab olsangiz, ochishdan oldin uni antivirus bilan tekshiring.
Windows tizimi Microsoft Defender deb nomlangan o’z ichki bepul va ishonchli antivirus dasturiga ega. Microsoft Defender dasturini sozlamalarini to’g’ri sozlash orqali qurilmangizni yanada yaxshiroq himoyalashingiz mumkin.
Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali qurilmalaringizga zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday zaifliklar ortidan izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu zaifliklarni yangilanishlar bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan bartaraf etadi. Shu boisdan, yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim.
Qanday turdagi qurilmadan foydalanishingizdan qat’iy nazar, uning operatsion tizimi eng so’nggi versiyasiga yangilanganligiga amin bo’ling. Yaxshisi, operatsion tizim va antivirus dasturini avtomatik ravishda yangilanadigan qilib sozlaganingiz ma’qul. Qurilmalaringizdagi qolgan dasturlarni tez-tez va muntazam ravishda yangilab turing.
Agar so’nggi olti oy ichida mobil telefoningizning operatsion tizimi uchun hech qanday yangilanishlar olmagan bo’lsangiz, smartfoningiz eski model bo’lishi va ishlab chiqaruvchi uni qo’llab-quvvatlashni to’xtatgan bo’lishi ehtimoli mavjud. Bunday holda, telefonni muhim xavfsizlik yangilanishlarini oluvchi yangiroq modelga almashtirganingiz ma’qul.
|
| |