• 2. Toqimachilik sanoatida yangi texnika va texnalogiya
  • O'zbekistonda to'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni soha bo'yicha tashkil etilgan qo'shma korxonalar Reja




    Download 45.52 Kb.
    bet1/3
    Sana31.05.2023
    Hajmi45.52 Kb.
    #68239
      1   2   3
    Bog'liq
    O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar
    1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, kurs ishi doni, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA

    O'zbekistonda to'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni soha bo'yicha tashkil etilgan qo'shma korxonalar

    Reja:
    1. O'zbekiston to'qimachilik sanoati mahsulotlari sifat ko'rsatkichlarini jahon talablariga moslash va unga o'z o'rnini mustahkamlash borasidagi vazifalar
    2. To'qimachilik sanoatida yangi texnika va texnalogiya

    O’zbekistan to’qimachilik sanoatida ilg’or horijiy texnologiyalar "O’zbekiston ning horijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoya hajmi oshib, chet ellik sheriklar bilan birgalikda barpo etilayotgan qo`shma korxonalar soni ko’paymokda. Jumladan, 29 aprel 1996 yil 116 sonli Vazirlar Mahkamasining "Yengil va Mahalliy sanoatga davlat yordami to`g’risidagi, 27 iyun 1997 yil 326 - sonli, "O’zbekengilsanoat uyushmasi bilan chet el kompaniyalarining qo`shma loyihalarini joriy etish to`g’risida"gi qarorlari, yangi quvvatlarni yaratish, yangi qo`shma korxonalarning ko’rilishini tugatish, mavjud korxonalarga yangi tehnika va texnologiya keltirishdagi asosiy dastur bo’lib krldi. Bu qarorlarni bajarishda chet el investiciyasini jalb etish asosiy omil edi. Natijada O’zbekiston ga 1996y. - 81,4 mln. AQSh dollari, 1997 y. - 90,1 mln., 1998 yilda esa 119,5 mln. AQSh dollari hajmida chet el investiciyasini keltirildi. Bulardan tashqari 1995- 97 yillarda to’qimachilik sanoatining rivojlanishiga o`z manbalarimizdan 58 mln. AQSh dollari sarflandi.


    Chet el ilgor to’qimachilik texnologiyasi 1993-94 yillarda Buxoro ip gazlamalar ishlab chiqarish birlashmasiga (hozirgi "Buxoroteks" H,J ) birinchilar qatorida keltirildi. Shveycariyani "Riter" firmasining avtomatik yigiruv tizimi, "Beninger" firmasining tandalash mashinasi, Olmoniyaning "Zukker Myuller" firmasi ohorlash mashinasi, Shveycariyaning "Zul’cer Ryutti" firmasidan sochikbob gazlama ishlao chiqaruvchi yuqori unumli to’quv dastgohlari o’rnatildi. Bu texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini oshiribgina qolmasdan, mahsulot sifatini dunyo bozoridagi mahsulotlar bilan raqobat qila olishini ta`minlanadi.
    1995-99 yillarda O’zbekistonda faoliyat qilayotgan qo’shma korxonalar, ularning investiciya hajmi va ishlab chiqarish quvvatlari keltirilgan. Jadval tahdilidan ko`rinib turibdiki, chet el investiciya hajmi bo’yicha eng ko’pi Janubiy Koreyaning "Qabul" kompaniyasiniki — 186 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Chiqariladigan mahsulotlarini pahta tolasidan yigirilgan ip, ip gazlamalar va boshqalar tashkil etadi.
    Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi "Kosonsoy Tikmen" qo`shma korxonasining ishga tushishi bilan O’zbekistonda ilk bor jun va himiyaviy tolalar aralashmasidan kostyum hamda paltobob gazlamalar, shu tolalardan jun choyshab va qo`lda to’qiladigan gilamlar uchun yigirilgan ip ishlab chiqariladi.
    Bu korxona texnologiyasi ham noyob bo’lib, eng yuqori sifatli jun va himiyaviy tolalar aralashmasidan, yuqori sifatli ingichka yigirilgan ip ishlab chiqariladi. Ulardan esa qimmatbaho kostyumbob gazlamalar tuqiladi.
    Ingichka yigirilgan ip ishlab chiqarishda hosil bo’lgan chiqindi kalta tolalarni dag`al jun tolalari va ikkilamchi qayta ishlangan xom ashyoning aralashmalaridan apparat tizimida yigirilgan yugon ip ishlab chiqariladi. Bu iplardan esa paltobob va jun choyshablar to`qiladi.
    "Kosonsoy Tikmen" qo`shma korxonasining ip yigiruv, ip pishituv, to’quvchilik va pardozlash jarayonlarida eng zamonaviy jun tolalarini qayta ishlashga mo`ljallangan dunyodagi mashhur firmalarning jihozlari o’rnatilgan. Shveycariyaning "Riter" firmasi yigiruv tizimi, "Avtokoner" qayta o`rash avtomatlari, "Beninger" firmasining tandalash, Belgiyaning "Pikanol" firmasi to’quv dastgohlari o’rnatilgan. Dastgohlarning aksariyati shahsiy komp’yuter bilan jihozlangan bo’lib, ular orqali texnologik jarayon markazdan boshqariladi. To’quv dastgohiga o’rnatilgan Jakkard mashinasining elektron qurilmasi dastgohda ishlab chiqarilayotgan to’qima naqshining o’rniga yaigisini ishlab chiqarish imkonini bergan. Eski dastgohdarni yangi naqsh ishlab chiqarishga qayta tayyorlash uchun bir ishchi bir oyga yaqin vaqt sarf etardi.
    1999 yil 1 dekabr kuni "Qabul-O’zbek Ko" O’zbekistan -Janubiy Koreya qo’shma korxonasiga qarashli mazkur ulkan ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi. Unda mamlakatimiz Prezidenti qatnashdi va MA’RUZA qildi.
    Davlatimiz rahbari bu yil yurtimizda ko’plab inshootlar bunyod etilganligini mamnuniyat bilan qayd etar ekan, ular orasida Janubiy Koreyaning "Qabul tekstaylz" kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo qilingan mazkur ishlab chiqarish korxonasi alohida o`rin tutishini ta`kidladi. Toʻqimachilik sanoati — turli xildagi oʻsimlik tolalari, jun va sunʼiy sintetik tolalardan turli gazlamalar, ip va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmogʻi. Toʻqimachilik sanoati tarkibiga toʻqimachilik xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, zigʻir, kanop, jut tolasidan gazlama, shoyi, jun gazlama, notoʻqima materiallar, toʻr toʻqish, toʻqimachilikattorlik, trikotaj, kigiznamat bosish sohalari kiradi. Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari kiyimbosh va poyabzal ishlab chiqarishda, shuningdek, mebel, mashinasozlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati yengil sanoatning yetakchi tarmogʻini tashkil etadi.
    Toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish qadim zamonlarda paydo boʻlgan. Gʻoʻza ekish, qoʻlda ip tayyorlash va gazlama toʻqish Hindiston, Xitoy, Misr va Oʻrta Osiyoda mil.dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. Toʻqimachilik sanoati mashinalashgan ishlab chiqarishga birinchi boʻlib oʻtgan sanoat tarmogidir. Yevropada 18-asrning 2yarmidagi sanoat toʻntarishi shu tarmoqdan boshlangan.
    Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati uzoqtarixga ega. Oʻrta ayerlarda mahalliy hunarmandlar tayyorlagan atlas, beqasam, baxmal, banoras, zandanachi, olacha kabi mahsulotlar uzoq mamlakatlarda mashhur boʻlgan, Buyuk ipak yoʻli orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. Lekin mayda tarqoq hunarmandchilikni birlashtirib sanoat asosini yaratish va gazlamalar ishlab chiqarish esa faqat 20-asrning 20-yillaridan boshlandi.
    1926-yilda Fargʻona toʻqimachilik fabrikasining 1navbati ishga tushirildi (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi), 1932-yilga kelib uning 2 va 3navbatlari ham qurildi (19900 urchuq, 906 toʻquv dastgohi). 1930-yilda Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi ishlay boshladi. 1932-yildan Toshkent toʻqimachilik ktini qurish boshlandi. 1935-yil bu kt gazlama ishlab chiqara boshladi (33630 urchuq, 1152 dastgoh).
    Toʻqimachilik sanoati mashinalari, dastgohdari bazasini yaratishda 40-yillarda qurilgan "Toshtekstilmash" zdining hissasi katta boʻldi. Urushgacha boʻlgan yillarda Qoʻqon ip yigiruvpaypoq toʻquv kti, Fargʻona, Toshkent trikotaj buyumlari fabrikalari, Margʻilon shoyi kti, Samarqand yangi trikotaj fabrikasi barpo etildi. Urush yillarida (1941— 45) Toshkentga RostovDon shahridan trikotaj, Leningraddan ip, Margʻilonga Ijevskdan shoyi toʻqish, Fargʻonaga yigiruvtoʻquv fabrikasi koʻchirib keltirildi. Natijada Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati oʻsish surʼatlari tezlashdi. 50-yillarda yangi korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish davom etdi. 60-yillar oʻrtalarida Namangan kastyumbop va shtapel gazlamalar kti qurila boshlandi. Toshkentda "Malika" trikotaj ishlab chiqarishkti, Buxoro toʻqimachilik kombinati (1973— 76), Namangan notoʻqima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi (1974), Pop notoʻqima materiallar kombinati (1977), Andijon ip gazlama ktining 1navbati (1981), Xiva gilam kombinati qurib ishga tushirildi. 80-yillarda yirik toʻqimachilik korxonalarida bir qancha filiallar ochildi. Shuningdek, Paxtaobod, Chuvama, Qoʻrgʻontepa, Marqamatda hamda Gʻijduvon va Vobkentda fabrikalar qurilib ishga tushirildi. Filiallarda ham ishlab chiqarish texnologik siklining tugal boʻlishiga erishildi.
    90-yillarda Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoati yangi sifat oʻzgarishlari bosqichiga oʻtdi. Respublikaning xorijiy mamlakatlar bn hamkorlik aloqalari tobora kengayib, chet ellik sheriklar bn barpo etilgan qoʻshma korxonalar soni koʻpayib bordi.
    Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatiini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri jahon bozoriga paxta tolasini chiqarish emas, balki jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat strategiya tanlandi. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar firmalari bn ip gazlama ishlab chiqaradigan yangi qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Korxonalarni chet el ilgʻor toʻqimachilik texnologiyasi bn jihozlash boshlandi. 1993—94 ylarda "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyatiga Shveysariya, Germaniya uskunalari oʻrnatildi. 1994-yilda Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi bn hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida toʻliq texnologik siklli toʻqimachilik majmui ishga tushirildi.
    1995 — 2003-yillarda Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatiga kiritilgan xorij sarmoyalari 519,89 mln.dan ortiqroq AQSH dollarini tashkil etdi, shoʻ jumladan, Janubiy Koreyaning "Kabul tekstaylz" kompaniyasi kiritgan investitsiya 186 mln., Turkiyaning "Timi", "Tipash" kompaniyasi 75 mln. (Namangandagi "Kosonsoy— Tikmen" kostyumbop va paltobop gazlamalar, jun choyshab va qoʻlda toʻqiladigan gilamlar uchun yigirilgan ip), "Bursel" firmasi 52,9 mln. (Chinoz toʻqimachilik kti), "Astop" firmasi 40,3 mln ("Asnamtekstil"), Yaponiyaning "Marubeni" firmasi 60 mln. ("Silk Road", Namangan) AQSH dollaridan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish qajmi tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida 2003-yilda 453,3 mln. m2 gazlama, shu jumladan, 415,2 mln.m2 ip gazlama, 167 mln. juft paypoq, 28,6 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chikarildi.
    Chet mamlakatlarda Toʻqimachilik sanoati Hindiston, Xitoy, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, GFR, Misrda ayniqsa taraqqiy etgan. Rivojlangan mamlakatlar Toʻqimachilik sanoatida birinchi oʻrinni paxta tolasidan ip gazlama ishlab chiqarish egallaydi, jun va shoyi gazlamalar ishlab chiqarish keyingi oʻrinlarda turadi. O’zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,engil sanoat jadal rivojlanmoqda. Ushbu tarmoqda yuqori texnologiyalarga asoslangan qo’shma, xorijiy va xususiy korxonalar tashkil etilib, jahon bozori talablariga javob bera oladigan mahsulotlar tayyorlanmoqda. Engil sanoat korxonalarining respublikada taqsimoti bo’yicha ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
    Jami yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 2813 tani tashkil etib, ulardan «O’zbekyengilsanoat» AJga qarashli korxonalar soni 271 tadir. Ishlab chiqarish turlariga muvofiq korxonalar to’qimachilik mahsulotlari bo’yicha – 984 ta, tabiiy ipak mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha -142 ta, trikotaj mahsulotlari bo’yicha – 492 ta, tikuvchilik mahsulotlari bo’yicha – 1195 tadan iborat.
    1-jadval
    O’zbekiston yengil sanoat korxonalari va mahsulotarining taqsimoti



    Regionlar





    Shu jumladan, ishlab chiqarish turlari bo’yicha









    1

    Qoraqalpog’iston

    77

    5

    10

    4

    3

    60

    2

    Andijon

    394

    34

    204

    13

    70

    107

    3

    Buxoro

    195

    21

    115

    6

    2

    72

    4

    Jizzax

    91

    2

    48

    1

    3

    39

    5

    Qashqadaryo

    177

    7

    40

    4

    6

    127

    6

    Navoiy

    60

    1

    11

    3

    2

    44

    7

    Namangan

    288

    20

    169

    23

    9

    87

    8

    Samarqand

    151

    6

    57

    12

    11

    71

    9

    Surxondaryo

    94

    3

    33

    2

    11

    48

    10

    Sirdaryo

    78

    7

    31

    2

    5

    40

    11

    Toshkent

    210

    28

    50

    2

    60

    98

    12

    Fag’ona

    376

    38

    114

    55

    84

    123

    13

    Xorazm

    192

    10

    20

    3

    38

    131

    14

    Toshkent shahar

    430

    89

    82

    12

    188

    148




    Jami

    2813

    271

    984

    142

    492

    1195

    Yengil sanoat mahsulotlarining eksport hajmi kun sayin oshib bormoqda. “O’zbekyengilsanoat” AJ korxonalarining tarmoqlararo va mahsulot ishlab chiqarish turlari bo’yicha taqsimlanishi: to’qimachilik korxonalari -70%, to’quvtrikotaj korxonalari -20% va ipakchilik korxonalari -10%. Ishlab chiqargan mahsulotlar bo’yicha yigirilgan ip 54-60% ni, to’quv-trikotaj mahsulotlari – 9,8% ni, ip gazlama - 13,30% ni, trikotaj -16,20%, ipak mahsulotlari – 5,30% ni
    Yengil sanoat korxonalarining mahsulot turlari bo’yicha yillik quvvati quyidagilarni tashkil etadi: yigirilgan ip - 440 ming tonna; mato – 290mln.kv.m; trikotaj matosi – 90 ming tonna; tayyor trikotaj mahsulotlari 255mln. ta; paypoq mahsulotlari – 53,0 mln juftni tashkil etadi.
    2014 yilda mahsulot eksporti bir mld. AQSH dollarini tashkil etdi. 45 ta mmlakat bozorlari o’zlashtirildi, jumladan, Braziliya, Italiya,CHexiya, Ispaniya, Kolumbiya, Fillipin, Marokko, Janubiy Afrika Respublikasi. Hozirgi kunda kompaniya korxonalari Evroittifoq, MDH va Osiyo mamlakatlarida korxonaekspotyorlarning dilerlik bo’limlarini tashkil etgan. Kompaniya eksportida eng katta ulushni paxta ipi tashkil etib, u 61%ni, tayyor mahsulotlar 26%ni, ip gazlama 4%ni, trikotaj matolari 5%ni va boshqa mahsulotlar 4%ni tashkil etadi.
    Kompaniya Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda Koreyaning sanoat texnologiyalari instituti (KAYTEK) bilan halqaro hamkorlikda ijobiy tajribaga ega. Erishilgan shartnomaga asosan 2016 yili Toshkent shahrida o’quv va tadqiqotlar to’qimachilik Texnoparki qurilishi boshlanadi. Uning ishga tushishi bilan respublikaning to’qimachilik ishlab chiqarish korxonalari taraqqiyoti uchun ilmiy va texnologik resurslardan to’laroq foydalanish, yangi avlod buyumlarini yaratish hamda kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirishni ta‟minlash imkoniyatlari yaratiladi. Kompaniyaning istiqboldagi maqsadlari Evropa ittifoqi, MDX va yaqin sharq mamlakatlari bozorlarida eksport xajmini oshirishdan iboratdir.
    O’zbekistonda 2019 yilgacha yengil sanoatda rejaga asosan umumiy qiymati bir mlrd. AQSH dollariga teng 80 ta loyiha realizatsiyasi ko’zda tutilgan. Mazkur loyihalarning realizatsiyasi natijasida paxta tolasining 70% mahalliy korxonalarda qayta ishlanib, mamlakatning eksport salohiyati 1,8 marta ortadi. Muhim loyihalar qatorida:
    Qarshi tumanida “LT Cooperaties UA” kompaniyasi bilan quvvati yiliga 22 ming tonna aralash ip va 5 mln.m.mato ishlab chiqaruvchi to’qimachilik korxonasi;
    “Indorama Kokand tekstil” xorijiy korxonaning (IV bosqichi) quvvati yiligi
    12 ming tonna kompakt ip;
    Quvvati yiliga 9 ming tonna paxta ipi bo’lgan MCHJ “Bostanlik Plastteks”;
    Uchqo’rg’on tumanida yiliga 7 ming tanna aralash paxta ipi ishlab chiqaruvchi korxona;
    Andijon viloyatida “Bobur” OAJ asosida “Nanyang Home textile Co. Ltd”kompaniyasi bilan hamkorlikda yiligi 10 mln. kv.m. mato va 25 mln.dona mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona;
    “Samarqand Evro Aziya” OAJ bazasida 400 ming komplekt yotoq
    choyshablari va 1,2 mln. dona tayyor mahsulot korxonasi;
    Xorazmda yiliga 25 mln juft paypoq ishlab chiqaruvchi “Qatqal‟a tekstil” OAJ barpo etilishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, ishonch bilan aytish mumkinki, istiqbolli to’qimachilik sanoatining kelajagi bundan ham istiqbolliroqdir.

    Download 45.52 Kb.
      1   2   3




    Download 45.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistonda to'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni soha bo'yicha tashkil etilgan qo'shma korxonalar Reja

    Download 45.52 Kb.