• 3.2. Tarmoqlarning elementlari, pog’onali arxitekturalari. Tarmoqning tashkil etilishi.
  • To‘liq aloqali topologiyada




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/11
    Sana29.03.2023
    Hajmi0.89 Mb.
    #47542
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurs ishi doni
    1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
    To‘liq aloqali topologiyada «har biri har biri bilan» tamoyiliga asoslanib, 
    punktlar o‘rtasida fizikaviy va mantiqiy ulanish ta'minlanadi (3.4-rasm). n 
    cho‘qqilarga ega to‘liq aloqali graf R=n(n-1)/2 qirralardan tashkil topgan, bu esa 


    tarmoqning narxini oshiradi. Har bir juft punktlar o‘rtasidagi mustaqil yo‘llar soni
    h=n-1 ga teng, shuning uchun mantiqiy qatlamda aylanma yo‘llarning ko‘proq soni 
    mavjud, bu esa aloqani, ayniqsa, aylanma yo‘nalishlarda signallar tarqalishining 
    al'ternativ muhitlarini ishlatishda (masalan, optik tola, radiorele liniyalarda) 
    aloqaning maksimal ishonchliligini beradi. Bu topologiya xududli tarmoqlar 
    segmentlari uchun xosdir. 
    Uyali topologiya (3.5-rasm.). Unda har bir punkt eng yaqin punktlarning kichik 
    soni bilan bevosita aloqaga ega. Cho‘qqilarning soni ko‘p bo‘lganda qirralar soni
    R≈ r n/2 ga teng, bu yerda r har bir cho‘qqiga mos qirralar soni. Uyali segmentlar 
    to‘liq aloqali segmentga nisbatan qirralarning soni kam bo‘lganda ham yuqori 
    ishonchlilikka ega. 
    3.5-rasm. Uyali topologiya. 
    3.2. Tarmoqlarning elementlari, pog’onali arxitekturalari. 
     
    Tarmoqning tashkil etilishi.
    Tashkiliy tuzilma tarmoqning yaxlit tashkil qilinishini, ya'ni uning vazifalari, 
    elementlarning asosiy xususiyatlari va alohida tizim osti axborot tarmoq segmentlari 
    sifatida qo‘llaniladigan unsurlarning tuzilma komponentlariga birlashtirishning 
    kompozision tamoyillarini aks ettiradi. 
    Tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Umumiy holda har 
    qanday tarmoqning elementlari punktlar va ularni bog‘lovchi liniyalar 
    hisoblanadilar. Tarmoq punktlari oxirgi va tugun punktlarga bo‘linadi. 
    Oxirgi punktlarda (OP) (endpoints) tarmoqning terminal uskunalari hamda OP 
    funksional vazifalarini belgilovchi axborot resurslari va ishchi tizimlar joylashadi. 
    Masalan, OP tarmoqqa,telekommunikasion xizmatlarga kirishni ta'minlash yoki 
    tarmoqning turli segmentlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi ikkita 
    holatda OP kirish tuguni (access node) deb ataladi. 
    Foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishida, muvofiq OP terminal qurilmasi 
    foydalanuvchi vazifasiga ko‘ra, axborot kiritish-chiqarish hamda axborotni qayta 
    ishlash funksiyasini bajaradi. 
    Telekommunikasiya xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchining 
    tarmoqqa kirish imkonini beruvchi punkt-xizmat tuguni (service node) deb 
    yuritiladi. Ularda foydalanuvchilar kirishi uchun abonent-tarmoq interfeyslari (User 


    Network Interface, UNI) va tarmoq bilan o‘zaro bog‘lanish uchun xizmat tuguni 
    interfeysi (Service Node Interface) amalga oshirilgan. 
    Turli segmentlarni birlashtiruvchi OP da chegara kommutator, kiritish-
    chiqarish mul'tipleksori yoki turli telekommunikasion texnologiyalar tarmoqlarini 
    birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus 
    uskunalar o‘rnatilishi mumkin. 
    Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq 
    aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt ma'lumotlar oqimi yo‘lida oraliq 
    punktdir. Tarmoq tugunida bir paytda yoki har xil paytda turli vazifalar amalga 
    oshiriladi, ulardan asosiysi kommutasiya, konsentratsiya, mul'tipleksorlash va 
    marshrutizasiyadir. 
    Kommutasiya (switching)-marshrutizasiya sxemasiga muvofiq tarmoqda 
    axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa 
    o‘rnatish jarayoni. Kommutasiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq 
    muddatli (krossli), ya'ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan 
    amalga oshiriladigan bo‘ladi. 
    Konsentratsiya (concentration)-liniyaning samarali yuklanishini ta'minlash 
    maqsadida quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot 
    oqimlarini birlashtirishdir. 

    Download 0.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.89 Mb.
    Pdf ko'rish