• 1. Telekommunikatsiya Telekommunikatsiya (yunon tele - uzoq, va lat. communicatio - muloqot) - ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish. Telekommunikatsiya vositalari
  • Telekommunikatsiya tarmogʻi
  • Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar




    Download 137.2 Kb.
    bet1/5
    Sana21.09.2023
    Hajmi137.2 Kb.
    #83299
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar-fayllar.org
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja



    5-Ma’ruza. ALOQA TEXNIKASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOGʻI, ALOQA TIZIMLARINI TURLARI, TAVSIFLARI. MODULYATSIYA, MULTIPLEKSLASH USULLARI.


    Reja:
    1. Telekommunikatsiya
    2. Aloqa liniyasi
    3. Aloqa kanali
    4. Signallar
    5. Spektr, oʻtkazish polosasi
    6. Modulyatsiya

    1. Telekommunikatsiya
    Telekommunikatsiya (yunon tele - uzoq, va lat. communicatio - muloqot) - ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish.
    Telekommunikatsiya vositalari – ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatishning texnik, dasturiy va tashkiliy vositalari majmui.
    Telekommunikatsiya tarmogʻi – oʻzaro bogʻlangan va ma’lum bir topologiya (konfiguratsiya) tarmogʻini tashkil etuvchi telekommunikatsiya vositalari majmui quyidagilar telekommunikatsiya tarmoqlari hisoblanadi (1-rasm).
    telefonli ma’lumotlarini uzatish uchun telefon tarmoqlari (ovozli);
    audio ma’lumotlarni uzatish uchun radio tarmoqlari;
    video ma’lumotlarni uzatish uchun televizion tarmoq;
    raqamli (kompyuter) ma’lumotlarni uzatish uchun raqamli (kompyuterli) tarmoqlar yoki ma’lumotlar uzatish tarmoqlari (MUT).

    1-rasm. Telekommunikatsiya tarmogʻi


    Raqamli telekommunikatsiya tarmoqlaridagi ma’lumotlar ma’lum strukturaga ega boʻlgan va bir butun boʻlib hisoblanadigan xabarlar koʻrinishida shakllanadi.
    Ma’lumotlar (xabarlar) boʻlishi mumkin:
    uzluksiz;
    diskret.
    Uzluksiz ma’lumotlar nutq, tovush yoki video kabi vaqtning uzluksiz funksiyasi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Diskret ma’lumotlar belgilar (simvollar) dan iborat.
    Telekommunikatsiya tarmogʻida ma’lumotlarni uzatish ularning fizik tavsiflari – signallar yordamida amalga oshiriladi.
    Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun quyidagi turdagi signallardan foydalaniladi (2-rasm):
    elektr (elektr toki);
    optik (yorugʻlik);
    elektromagnit (elektromagnit nurlanish maydoni – radiotoʻlqinlar).
    Kabel aloqa liniyalari mos ravishda elektr va optik signallarni uzatish uchun ishlatiladi (2-rasm):
    elektr (ELS);
    optik-tolali (OTS).
    Elektromagnit signallar radiotoʻlqinlar (RNA) va yoʻldosh aloqa liniyalari (YAL) orqali uzatiladi.
    2-rasm. Signal va aloqa liniyalarini turlari

    Download 137.2 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 137.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aloqa liniyasi Aloqa kanali Signallar

    Download 137.2 Kb.