5 semestr 3- ma'ruza




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#47542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi doni
1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
 
 
 
 


Birrangli va koprangli tarmoqlar. 
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalar bo‘linishiga qarab, lokal tarmoq 
ikki sinfga bo‘linadi: birrangli va ko‘prangli. Oxirgisi ko‘proq ajratilgan serverli 
tarmoqlar deb nomlanadi. 
Agar kompyuter o‘z resurslarini tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga 
taqdim etsa, u server hisoblanadi. Boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi 
kompyuter esa, mijoz hisoblanadi. Ilgari aytilgandek, tarmoqda ishlovchi 
kompyuter, mijoz, server vazifasini bajarishi yoki ikkala vazifalarni birlashtirishi 
mumkin. 
Agar, qandaydir server funksiyalarini bajarish kompyuterning asosiy vazifasi 
bo‘lsa (masalan, tarmoqning qolgan barcha foydalanuvchilariga umumiy 
foydalanish fayllarini taqdim etish yoki faksdan birgalikda foydalanishni 
tashkillashtirish, yoki mazkur kompyuterda o‘z ilovalarini qo‘yish imkonini barcha 
iste’molchilarga taqdim etish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb nomlanadi. 
Serverning qaysi resursi bo‘linishiga qarab, u fayl-server, faks-server, print-server, 
ilovalar serveri va b. deb nomlanadi. 
Tabiiyki 
ajratilgan 
serverlarda 

yoki 
bu 
server 
funksiyalarini 
optimallashtiruvchi maxsus operatsion tizimni o’rnatish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Shuning uchun ajratilgan server bor tarmoqlarda, tarkibida bir necha xil dasturiy 
ta’minotga ega va server uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar ishlatiladi. 
Masalan Novell NetWare operatsion tizimi bu server uchun mo’ljallangan fayl-
server dasturi, lekin shu bilan birga uning ichida (obolochka) xar xil ishchi 
stanciyalar uchun tarmoq operatsion tizmi mavjud, boshqachasiga aytganda ular 
(obolochka) mijoz funksiyasini bajaradi. Ajratilgan serverli tarmoqni qurish uchun 
ishlab chiqilgan operatsion tizmilar, misol tariqasida Windows NT operatsion 
tizimini ham ko’rish mumkin (Unix tarmoq operatsion tizimi asosida ishlab 
chiqilgan). Windows NT Server (ajratilgan server uchun) va Windows NT 
Workstation (ishchi stanciya uchun) bu ikkala tarmoq operatsion tizimlarining 
NetWare dan farqi shundaki, ularda mijoz va server funksiyalarini bir vaqtda 
ishlatish mumkin. Ammo Windows NT varianti ko’proq imkoniyatlarga ega, bular 
funksiyalar 
to’plami 
kengligi 
asosida 
o’zining 
resursidan 
boshqa 
foydalanuvchilarga uzatish, bir vaqtning o’zida bir necha mijozlar bilan ulanish hosil 
qilish, tarmoqda markazlashgan boshqaruvni ta’minlash va albatta himoya 
vositalarining rivojlangan qismlariga egaligidir.
Ajratilgan serverdan asosiy qo‘llanmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan joriy 
vazifalarni bajarish uchun kompyuter sifatida foydalanish qabul qilinmagan, chunki 
bu uning server sifatidagi ishining bajarilishini pasaytirishi mumkin. Shunday 
tushunchalardan kelib chiqib, Novell NetWare OTning server qismida oddiy ustki 
dasturlarni bajarish imkoni umuman inobatga olinmagan, ya’ni server mijoz qismiga 
ega emas, ishchi stansiyasida esa, server komponentlari mavjud emas. Biroq, boshqa 
server operatsion tizimlarda mijoz qismi ajratilgan serverida foydalanish mumkin. 
Masalan, Windows NT Server boshqaruvida tarmoqning boshqa kompyuterlari 
resurslariga talab bo‘lib qolsa, OT mijozlik vazifalari bajarilishini talab qila oluvchi 
lokal foydalanuvchining oddiy dasturlari ishga tushirilishi mumkin. Bunda, 


Windows NT Workstation OT o‘rnatilgan ishchi stansiyalari ajratilmagan server 
vazifasini bajarishi mumkin.
Shuni anglash lozimki, ajratilgan serverli barcha kompyuterlar umumiy 
hisobda bir vaqtda server va mijoz rolini bajarishlari mumkin, bu tarmoq funksional 
ravishda simmetrik emas: apparat va dasturiy ravishda unda ikkita tur kompyuterlar 
mujassam – biri, ko‘proq server vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va asosan 
maxsus servis OTlar boshqaruvida ishlaydi, mijozlar vazifasini bajaradigan va OT
variantining shu qo‘llanmasiga mos bo‘lgan server boshqaruvida ishlaydi. 
Funksional nosimmetriklik, odatda, apparaturaning nosimmetrikligini keltirib 
chiqaradi – ajratilgan serverlar uchun tezkor va tashqi xotirasi katta hajmli quvvatli 
kompyuterlar ishlatiladi. Shunday qilib, tarmoqdagi ajratilgan serverli funksional
nosimmetriklik, operatsion tizimlar (OT spetsializatsiyasi) va apparatlarning 
(kompyuterlar spetsializatsiyasi) nosimmetrikligi bilan kuzatiladi.
Birrangli tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda bir-birlarining resurslariga 
kirish huquqlari bir xil. Har bir foydalanuvchi o‘z hoxishi bilan kompyuterining 
biror resursini ajratilgan deb e’lon qilishi mumkin, shundan so‘ng boshqa 
foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin. Bunday tarmoqlardagi barcha 
kompyuterlarda hamma kompyuterlarga barobar potensial teng imkoniyatlarni 
beruvchi bitta OT o‘rnatiladi. Birrangli tarmoqlar misol uchun, LANtastic, Personal 
Ware, Windows for Workgroup, Windows NT Workstation OT yordamida qurilishi 
mumkin. 
Birrangli tarmoqlarda bundan tashqari, funksional nosimmetriklik ham 
yuzaga kelishi mumkin: ba’zi iste’molchilar o‘z resurslarini boshqalar bilan 
bo‘lishni istamaydilar, shunda ularning kompyuterlari mijoz rolida bo‘ladi, boshqa 
kompyuterlarga esa, boshqaruvchi (administrator) faqat resurslardan birgalikda 
foydalanishni tashkil etish vazifasini yuklaydi, demak ular server hisoblanadilar, 
uchinchi holda esa, lokal foydalanuvchi resurslaridan foydalanishga qarshi bo‘lmasa 
va o‘zi ham boshqa kompyuterlarga murojaat qilishni rad etmasa, uning 
kompyuterida o‘rnatiladigan OT ham server ham mijoz qismida bo‘lishi kerak. 
Ajratilgan serveri bor tarmoqlardan farqli o‘laroq, birrangli tarmoqlarda mijoz yoki 
server funksional yo‘nalishiga bog‘langan holda, OT spetsializatsiyasi mavjud 
emas. Barcha variatsiyalar birgina OT variantini shakllantirish vositalari bilan 
amalga oshiriladi.
Birrangli tarmoqlar tashkil etish va foydalanishda osonroq, lekin ular asosan, 
saqlanadigan axborot hajmiga, unga ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligi va kirish 
tezligiga katta talab qo‘ymaydigan katta bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhini 
birlashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu tavsiflarning yuqori talablariga ko‘prangli 
tarmoqlar qulayroq hisoblanadi, ularda server foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish 
vazifasini o‘z resurslari bilan echadi, chunki uning apparaturasi va tarmoq 
operatsion tizimi aynan shu maqsadda loyihalashtirilgan. 

Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish