Yacheykali topologiya (mesh)




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#47542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi doni
1-Laboratoriya 5-semestr, 1-Ma\'ruza, DOC230314-20230314153853, Abdulla Qahhor- Anor, O\'zbekistonda to\'qimachilik sanoatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o\'rni soha bo\'yicha tashkil etilgan qo\'shma korxonalar, KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK O\'QITUVCHI MAHORATINING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA
4. 
Yacheykali topologiya (mesh) 
Bu topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan 
alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi. Bu usul ma’lumotlarni uzatishda 
qo’shimcha yo’llardan foydanalish imkonini beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda 
ma’lumot boshqa yo’l orqali uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom 
etadi. Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic 
tolali, ajratilgan yoki yo’ldosh aloqa liniyalari orqali birlashtirishda qo’llaniladi. 
Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko’p 
hajmdagi kabellar talab etilgani uchun qo’llanilmaydi.
Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
katta ma’lumot oqimlari bilan samarali ishlash; 
qo’shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori 
darajada barqarorligi; 
yuqori darajadagi xavfsizlik; ma’umotlar oqimi uzatuvchidan to’g’ri qabul 
qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma’lumotni o’g’irlashning imkoni yo’q. 
Kamchiliklar: 
kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga 
bo’lgan talab; 
tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi. 
5. 
Aralash topologiya (hybrid) 
Aralash topologiya o’zida ikki yoki undan ortiq topologiyani birlashtiradi ba 
shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini hosil qiladi. Hozirda bu topologiya eng 
keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha yulduzsimon va shina topologiyasi birga 
qo’llanadi. 
Bunda yulduz topologiyasiga ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi. 
Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta’sir 
ko’rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa
tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi. 
“Yulduz-halqa” topologiyasida kompyuterlar markaziy komponentga yulduzsimon 
tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan birga barcha komponentlar tarmoq bilan halqa 
topologiyasi bo’yicha birlashgan. 
Avvalgi holatga o’xshash bu holatda ham tarmoqdagi biror kompyuterning 
ishdan shiqishi tarmoq ishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bo’sh markerni uzatish usuliga 
ko’ra tarmoqning barcha kompyuterlari ma’lumot uzatishda teng imkoniyatga ega, 
bu esa tarmoq ichidagi axborot oqimlarining soni ortishiga olib keladi. 

Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish