• Tayanch tushunchalar
  • I-bob. Ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri аsoslаri




    Download 183.37 Kb.
    bet1/4
    Sana29.03.2024
    Hajmi183.37 Kb.
    #181193
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1 mavzu
    ИЛМИЙ УНВОН НИЗОМИ, 656565656, 8, 4 fizika, Намуна 311 буйича Цитология, english-through-reading-pdf 2, fgjyjjyjjjjty, AIDA64, miller indeks, Na\'muna BMI, Kalendar reja ma`ruza Oziq-ovqat, Biologiya o\'qitish metodikasi (J.Tolipova, A.G\'ofurov) 12, Hindiston sivilizatsiyasi, 8. AMALIY. O’pkaning tiriklik sig’mini aniqlash, Sport Javob

    I-BOB. АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRI АSOSLАRI




    §1–“Axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari.
    Reja:

    1. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati.

    2. Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari.

    3. Taʼlimda axborot texnologiyalari va axborot tushunchasi.

    Tayanch tushunchalar: Informatika, Axborotlashgan jamiyat, Axborot madaniyati, axborot, ma’lumotlar, iqtisodiy axborot, axborotni olish usullari, axborotni qayta ishlash usullari, axborot - tadqiqot ob’yekti, ma’lumotnoma axborot, tavsiyanoma axborot, Axborotlarni kodlash, axborotni taqdim etish usullari.
    Bugungi zamonda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim afzallik - korrupsiyaga chek qo‘yadi.
    Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
    Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
    Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.
    Hozirgi davrda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy drayverlarga aylanib kelishi. Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluchi aholi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Va shu tarzda raqamli texnologiyalar katta ko‘mak beradi.
    Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda - o‘ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi bo‘lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo‘lsak, mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega.
    Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir jabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib borayotir. Shu bois yurtimizda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
    Axborot texnologiyalari islohotlar jarayonining ochiqligini ta’minlash, davlat va jamiyat o‘rtasida samarali axborot almashish mexanizmini o‘rnatishda muhim vosita sanaladi.
    Bu borada, eng avvalo, sohaning huquqiy asoslarini shakllantirishga e’tibor qaratilayapti. Xususan, o‘tgan davrda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi bir qator qonunlar qabul qilingani buning tasdig‘idir.
    Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat siyosatini olib borish masalasi strategik ahamiyatga ega vazifadir.
    Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va kishilik jamiyatining barcha sohalarida Internetdan keng foydalanish kundalik faoliyatning bir qismini tashkil etib, xizmat ko‘rsatish, ilm-fan, ta’lim, elektron tijorat, shuningdek zamonaviy insonning fikrlash tarziga o‘zining ijobiy ta’siri bilan kirib keldi.

    Download 183.37 Kb.
      1   2   3   4




    Download 183.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Ахbоrоt tехnоlоgiyаlаri аsoslаri

    Download 183.37 Kb.