|
Qishloq xo’jalik texnikasini tashxislash
|
bet | 15/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmi3.2.Qishloq xo’jalik texnikasini tashxislash
Ma’lumki qishloq xo’jalik mashina va agregatlarini ishchi holatda saqlash uchun ketadigan har ajatlar ularning boshlang’ich qiymatlariga nisbatan 2.. 3 marta ortiqdir.
Yuqori malakali kadrlar va texnikaning holatini aniqlovchi asboblarga ega bo’lmagan holda xo’jaliklar 30.. 40% mashinalarini muddatidan oldin ta ‘mirlashga jo’natadilar. Ta’mirlash uchun har ajatlarni kamaytirishning asosiy yo’llaridan biri tashxislash vositalirdan keng foydalanish xisoblanadi. Tashxis ob’ektning holatini uning kamchiliklarining ko’rinishi, sabablari, joyi, ishdan chiqishiga qarab aniqlovchi jarayon xisoblanadi. Texnika soxasida texnik tashxislash tushunchasi ishlatiladi. Bunda mashinaning tarkibiy qismlarining ishdan chiqish sabablari o’rganilib chiqiladi. Texnik tashxislash jarayonini ishlab chiqarishga tatbiq etish katta texnik- iqtisodiy samara beradi ham da texnik xizmat ko’rsatish tizimining asosiy bo’g’ini xisoblanadi. Bu jarayon qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlash samaradorligini 10..15%ga ko’paytirishni, mashinaning alohida qismlarini sababsiz ravishda tekshirish uchun ketadigan vaqtni qisqartirishga, ish unumini oshirishga yordam beradi.
Texnik tashxislash uch bosqichni o’z ichiga oladi: ob’ektning texnik holati xaqida ma’lumot olish; olingan ma’lumotni analiz qilish va qayta qabul qilish, tashxislash va qaror qabul qilish. O’tkazilgan tashxis asosida ta’mirlash ishlarining turi va xajmi, chiqish sabablari aniqlanadi va tuzatiladi.
Texnik tashxislash jarayonida tekshirilayotgan uskunalarning buzilgan joyini aniqlash uchun turli vazifalarni bajaruvchi birlamchi o’zgartkichlar zarur bo’ladi. Kichik inersionlikka ega bo’lgan elektrik birlamchi o’zgartkichlar ham da mikroprotsessor texnikasini nazariyasi axborotlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida tashxislash aniqligini oshirishi mumkin.
Tashxislashning sub’ektiv usulida xizmat qiluvchi xodimlarning ish tajribasida sezgirlik qobiliyatiga asoslanib detallarni tashqi ko’rinishi, ularni qo’l bilan tekshirib ko’rish, eshitish taqillatib ko’rish va x.k.lar natijasida tashxis qo’yiladi. Bundan ko’rinadiki, ushbu usul asosida tashxislash jarayoni ko’pgina noaniqliklarga olib keladi va texnik talablarga javob bermaydi. Asboblar yordamida texnik tashxislashning to’g’ri va bevosita boshqarish usullari mavjud.
To’g’ri tashxislash usulida detallarning kattaliklarini belgilangan talablarga nisbatan farqi aniqlanadi va ularning texnik holati xaqida xulosa beriladi. O’lchashlarni maxsus asboblar: mikro va millimetrlar, nutrometrlar, masshtabli chizg’ichlar, shtangel-sirkullar, burchak o’lchov asboblari, kalibratolar, taxometrlar va boshqalar yordamida bajarish mumkin. SHu bilan birga harorat,
mexanik kuchlanish, bosim, aylanish momenti, suyuqlik va gazlar sarfi, tezlanish va tebranishlar, ishlangan gazlar tarkibi suyuqliklar va boshqa kattaliklarni o’lchovi asboblar keng qo’llanilmoqda.
Bevosita tashxislash usulida detallarning texnik holati bevosita ularning kattaliklari asosida masalan motorning porsheni va silindri kirayotgan gazlar miqdori bilan aniqlanadi.
Texnik tashxislashning to’g’ri usulida oddiy o’lchov asboblari qo’llaniladi, lekin shu bilan birga ancha murakkab bo’lib va biriktirilgan detallarni ajratib tekshirishni talab qiladi. Bevosita usullarda detallar o’rnidan qo’zg’atilmaydi, lekin bunda maxsus, qimmat turuvchi asboblarni qo ‘llanadi. Qishloq xo’jalik mashinalarida mavjud bo’lgan o’lchov asboblarni ish vaqtida agregatlarning asosiy qismlarini doimiy ravishda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Texnik tashxislash uchun mashina traktor parklar statsionar stendlar (20%), qo’zg’aluvchi uskunalar (30%) va ko’tarib yurish mumkin bo’lgan asbob- uskunalar komplektlari (50%) bilan ta’minlanishi zarur. O’lchov komplektlarida elektrik, gidravlik uskunalarning holati, g’ildiraklarning mosligi, boshqaruv qurilmalarning holati va boshqa asosiy qismlarning holatini o’lchovchi asboblar mavjud bo’ladi.
|
| |