|
-rasm. Shaxtada havo taqsimlash sxemasi
|
bet | 8/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatish8-rasm. Shaxtada havo taqsimlash sxemasi.
Shaxtada havo sarfini boshqarish
Kon ishlari tarmoqlarining rivojlanishi shaxtaga kiradigan havoning umumiy miqdorini o‘zgartirish va uni alohida uchastkalarga qayta taqsimlash zaruratini tug‘diradi.
Havo sarfini o‘q yo‘nalishli ventilator ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasini uning kuraklarini burish orqali o‘zgartirish, ayrim hollardagina ventilator kanali qarshiligini o‘zgartirish yo‘li bilan boshqariladi.
Parallel va diagonal bog‘langanlar bo‘yicha havoning tabiiy taqsimlanishida hamma vaqt ham lahimlar va joylarni ishonchli shamollatishga erishib bo‘lmaydi. BSHning uchun havoni uchastkalar bo‘yicha sun’iy taqsimlashga zarurat tug‘iladi va u quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
- shamollatish struyasi harakatlanish yo‘liga darchali shamollatish eshiklarini o‘rnatish;
- lahimlarga havo yuborishni ko‘paytirib, uning qarshiligini kamaytirish;
- shamollatish struyasi kuchaytiriladigan lahimga yordamchi ventilator o‘rnatish;
- havo pardasi bilan.
Lahimga darchali shamollatish eshiklar o‘rnatish uning qarshiligini ko‘paytiradi va undan o‘tadigan havo miqdorini kamaytiradi.
Misol sifatida parallel ulangan ikkita lahimdagi havo taqsimlanishini ko‘rib chiqamiz (9-rasm). Bunda ABD lahimdan o‘tadigan havo miqdorini Qx ga teng, AED lahimidan o‘tadigan havo miqdori - Q2, biroq Qx >Q2. Bunday sharoitda parallel ulashdagi depressiya h quyidagicha bo‘ladi.
Shamollatish sharti bo‘yicha ABD lahimdan o‘tadigan havo miqdorini Qx gacha kamaytirish kerak. Buning uchun ABD lahimiga R qarshilikka ega bo‘lgan darcha o‘rnatiladi.
Darcha yordamida havo sarfini boshqarish sodda bo‘lsada, biroq, parallel ulangan lahimlardagi va butunlay shaxta bo‘yicha umumiy qarshilik ko‘payadi.
Lahimlarni diagonal va murakkab parallel ulanganda havoni qayta taqsimlash uchun bir necha lahimlarda darchali shamollatish eshiklari o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.
Lahim qarshiligini kamaytirish hisobiga havo sarfini boshqarishda parallel ulangan tarmoqlardan biridan o‘tadigan havoni ko‘paytirish uchun lahimning aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti qiymatini kamaytirishga lahim uzunligini qisqartirish va ko‘ndalang kesim yuzasini kengaytirish asosida erishiladi.
|
| |