|
-rasm. Aralash shamollatish sxemasi
|
bet | 7/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatish7-rasm. Aralash shamollatish sxemasi.
Shamollatish usullari.
Shaxtalarni shamollatishda so‘ruvchi, motor (puflovchi) va ham so‘ruvchi, ham motor shamollatish usullaridan foydalaniladi.
So‘ruvchi shamollatish usulida ventilator stvol bilan shamollatish kanali orqali birlashtiriladi va havo ventilator diffuzori orqali atmosferaga chiqib ketadi.
Shamollatishning motor usuli qo‘llanganda, ventilator to‘xtab qolgan sharoitda shaxtada havo bosimi ko‘payadi va havoga metan ajralib chiqishi kuchayadi. BSHning uchun shamollatishning havoni motor usuli shaxtaning yuqori gorizontlari, BSHningdek, karbonat angidrid ajralib chiqadigan shaxtalarni shamollatishda qo‘llanadi. Bu sxemada qazishdan bo‘shagan maydon orqali atmosferaning so‘rilishi sodir bo‘ladi. Natijada havoning sirqib chiqishi kamayadi va o‘z-o‘zidan yonishga moyil qatlamlarni qazib olishda yong‘in xavfsizligi yuqori bo‘ladi.
Shamollatishning motor-so‘ruvchi usuli o‘z - o‘zidan yonishga moyil, qalin ko‘mir qatlamlarini qazib oladigan va lahimlar tarm og‘ining aerodinamik qarshiligi katta bo‘lgan shaxtalarning yuqori gorizontlarini shamollatishda qo‘llanishi mumkin. Bunda bosh havo motor va yordamchi havoni so‘ruvchi ventilatorlar yordamida shamollatishning flangli sxemasi qo‘llanadi.
Havo motor-so‘ruvchi shamollatish usuli qo‘llanganda lahimning bir qismida keragidan ortiq bosim hosil bo‘ladi, boshqa qismida esa havo siyraklashadi. BSHnga ko‘ra shaxtada depressiya 0 ga teng bo‘lgan joy bo‘lishi aniq va bu qazishdan bo‘shagan makon hamda tirqishlar orqali havoning sirqib chiqishini kamaytiradi.
Havo struyasini reversivlashning qiyinligi, shamollatish uchastkalarida ikki va undan ko‘p shamollatish uskunalarining mavjudligi haydash-so‘rish usulida shaxtalarni shamollatishning kamchiliklarini tashkil qiladi. BSHning uchun chuqurligi 300 m dan ortiq bo‘lgan shaxtalarni shamollatishda seksion sxemada havoni so‘ruvchi shamollatish usuliga o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
|
| |