|
Shaxtadagi havoni kompleks changsizlantirish tadbirlari
|
bet | 3/16 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #153210 |
Bog'liq shaxtani shamollatishShaxtadagi havoni kompleks changsizlantirish tadbirlari
Zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan shaxtalarda ko‘mirni qazish va tashish jarayonlarining bajarilishida foydali qazilmaning maydalanishi va chang ajralib chiqish intensivligi yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Qazish joyida chang bostirish vositasidan foydalanilmaganda qazish joyidagi (joydan ajralib chiqqan chang bo‘yicha) havoning changlanganlik darajasi 6000 mg/m3 ni tashkil etishi mumkin. Bunday sharoitda bironta changga qarshi kurash usulidan alohida foydalanish havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan konsentratsiyasini ta’minlay olmaydi. BSH sababli changga qarshi kurashning samaradorligiga mavjud changga qarshi kurash usullari va vositalaridan kompleks foydalanish orqali erishiladi. Har bir ko‘mir, slanes shaxtalari, razrezlar va fabrikalarda changga qarshi kurashishda Xavfsizlik qoidalari ko‘rsatmalari asosida tuzilgan hamda birlashma texnik direktori tomonidan tasdiqlangan loyihadagi tadbirlar amalga oshiriladi.
Ushbu loyihada quyidagi bo‘limlar to‘la ishlab chiqilishi kerak:
- chang chiqaradigan barcha jarayonlarga changga qarshi kurash tadbirlari;
- shaxtaning suv ta’minoti va barcha kon lahimlari bo‘yicha vodoprovod tarmoqlarini tarqatish;
- changga qarshi kurash uskunalari va materiallari, chang bostirish vositalari bilan kon lahimlarini jihozlash;
- changdan shaxsiy muhofazalanish vositalaridan foydala ish tartibi;
- yer yuzidan shaxtaga kirib keladigan havoni changsizlantirish;
- changga qarshi kurash xizm atini tashkil qilish.
Kompleks changsizlantirish loyihasiga har yili changga qarshi kurashning yangi vositalaridan foydalanishni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib turiladi. Qazish joyida bajariladigan changga qarshi kurashish kompleksi, skvajinalar orqali suv haydab ko‘mir massivini oldindan qo‘llash, chang olishi bo‘yicha havo harakatining optimal tezligida joyni shamollatish, suv purkash, chang tutish, qazish joyiga kiruvchi va undan chiquvchi havo oqimini tozalash kabi tadbirlardan tashkil topadi. Ko‘mir qatlamlarini oldindan ho‘llash changga qarshi kurashning samarali usullaridan biri bo‘lib, havo changlanishining 50 —90 % gacha kamaytiradi. Ushbu changga qarshi kurash usulida skvajina yordamida haydalayotgan suv darzlar orqali massivga kirib borib, ko‘mirni va darzlardagi changni ho‘llaydi.
Natijada ko‘mirni qazib olish jarayonida chang havoda muallaq turish holatiga o‘tmaydi. Suv haydash skvajinalari, odatda, kon tayyorlov lahmlaridan burg‘ilanadi. Skvajinalarning diametri 45 90 mm, uzunligi esa 100 m gacha bo‘lishi mumkin. Qatlamga suv haydash yuqori va past bosimli bo‘lishi mumkin.
Birinchi holati skvajinaga suv 30 MPa bosim ostida haydaladi, ikkinchi holatda esa - skvajinalar oldindan uchastka vodoprovod tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qatlamni kapillar suvga to‘ydirish amalga oshiriladi. Bunda suyuqlik 2 MPa dan kam bo‘lgan bosim ostida haydaladi va uning haydash tempi 25 -30 l/min ni tashkil qiladi. Haydalayotgan suyuqlikning solishtirma sarfi 10—40 l/tonna oralig‘ida o‘zgarishi mumkin. Ko‘mir massivini oldindan ho‘llash uchun maxsus uskunalardan foydalaniladi: burg‘ilash stanoklari, yuqori bosimli nasoslar, skvajinalarni germ etizatsiyalovchi gidrozatvorlar, yenglar, o‘lchash-nazorat apparatlari va boshqalar. Suv purkash - chang bostirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, ko‘mir qatlamini ochish va ko‘mirni massivdan ajratib olish, ajratib olingan ko‘mirni yuklash va tashish hamda portlatish ishlarida qo‘llanadi. Suv purkashda kon massividagi chang zarrachalari ho‘llanib, ularning katta qismi havoga ajralib chiqmaydi. Qolgan havoda muallaq turgan qismi esa suv tomchilari bilan birikib pastga cho‘kadi.
Suvni sochishda zontsimon va konusli unifikatsiyalangan forsunkalardan foydalaniladi. Bunda suv bosimi 1,2 - 3,0 MPa, kanal diametri 1,5 mm, suv sarfi – 5 l/t ni tashkil qiladi. Suv tomchilarini manfiy, uchqunsiz zaryadlangan elektrik forsunkalari bilan zaryadlash usulini qo‘llash chang zarrachalarini tutish samaradorligini 2,0 - 2,5 baravar oshiradi. Hozirgi vaqtda barcha qazish va lahim o‘tish mashinalari zavodining o‘zida zontsimon va kon usli suv purkash tizimlari bilan butlangan holatda ishlab chiqariladi. Bunda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha ishlaydigan chang tutish vositalari bilan ta’minlangan usullardan foydalaniladi. Kombayn ishlayotganida chang bostirish ishlari bevosita ko‘mir qazilayotgan joyga suv yuborish, BSHningdek, qazish frontining uzunligi bo‘yicha suvni bir tekis taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Yuqori bosimda suv purkashda forsunkaga (jo‘mrakka) keladigan suv bosimi 10 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Chang ho‘llanishini yaxshilash uchun suvga yuza-faol modda qo‘shiladi. Ko‘mir shaxtalarida suvga sintanol ho‘llovchi modda qo‘shiladi va uning konsentratsiyasi 0,05-0,1% ni tashkil qiladi.
|
| |