• Nafas olish mexanizmi Reja
  • Guruh talabasi maxmudova Shahnoza Allomjonovna




    Download 344,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana25.09.2024
    Hajmi344,74 Kb.
    #272365
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Nafas olish mexanizmi



     
     
     
     
     
    21.01 GURUH TALABASI
    Maxmudova Shahnoza Allomjonovna 
     


    Nafas olish mexanizmi
     
    Reja: 
     
    1.
    Nafas olish jarayoni va biologik ahamiyati.
    2.
    Fotosintezda hosil bo‘lgan assimlyatlarni xujayrada 
    oksidlanish yo‘llari.
    3.
    Anaerob va aerob nafas olish jarayonlari.
    4.
    Nafas olish koeffitsenti.
    5.
    Mitoxondriyalar tuzilishi va funksiyalari. Elektron- transport 
    zanjiri.
     
     
     


    1.Nafas olish jarayoni va biologik ahamiyati. 
    Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan shakarlar va boshqa organik 
    moddalar o‘simlik hujayralarining asosiy oziqa moddalari hisoblanadi. 
    Bu organik moddalar tarkibida ko‘p miqdorda energiya to‘plangan bo‘lib, 
    nafas olish jarayonida ma'lum qismi bioenergiyalarga (ATF) larga 
    aylanadi.
    O‘simliklarning hujayralarida boradigan oksidativ reaksiyalar 
    organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga, ya'ni 
    SO
    2
    va suvga parchalanishi va bioenergiya ajralib chiqishi jarayoniga 
    nafas olish deyiladi.
    Nafas olish muxim fiziologik jarayon bo‘lib, hamma tirik 
    organizmlar uchun xosdir. Bunda uglevodlar muxim ahamiyatga ega, 
    chunki ular nafas olishning asosiy substrati vazifasini o‘taydilar. Ularning 
    pachalanishida bir qator oraliq birikmalar hosil bo‘ladi. Bu birikmalar 
    o‘simliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning (yoglar, 
    aminokislotalar va boshka) asosini tashkil etadi.
    O‘simliklarda maxsus nafas olish a'zolari bo‘lmaydi, shu sababli 
    kislorodni yutish va karbonat angidridni chiqarish jarayonlari odam va 
    xayvon organizmidan farqli barcha hujayra va to‘qimalarida mustaqil 
    amalga oshiriladi. Barcha tirik hujayralarning organoidi sanalgan 
    mitoxondriyalar nafas olish a'zosi hisoblanadi. Ana shu mitoxondriyada 
    murakkab organik birikmalar fermentlar tizimi ishtirokida kislorod 
    yordamida oksidlanib suv va SO
    2
    ga parchalanadi. Bu reaksiyalar tizimiga 
    biologik oksidlanish deyiladi.
    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari uchun xos bo‘lgan asosiy 
    xususiyat elektronlarning ko‘chishidir. Moddalar oksidlanganda 


    tarkibidagi elektron ajraladi, qaytarilganida elektronni biriktirib oladi. 
    Elektron ajratuvchi moddalarga donor, qabul qiluvchi modda akseptor 
    deyiladi. Donor bilan akseptor birgalikda oksidlanish qaytarilish tizimini 
    tashkil etadi. Bu reaksiyalarni bos Anaerob degidrogenazalar; Aerob 
    degidrogenazalar; Oksigenazalar.
    Anaerob degidrogenazalar - elektronlarni kisloroddan tashqari 
    oraliq akseptorlarga yetkazib beradilar. Bular ikki komponentli 
    fermentlar, kofermenti NAD+ (nikotinamidadenindinukleotid) bo‘lishi 
    mumkin. Oksidlanish natijasida NAD+ qaytarilgan NAD N xolatga 
    o‘tadi. Bu fermentlarga alkogoldegidrogenaza, laktadegidrogenaza, 
    malatdegidrogenaza va boshqalar kiradi.
    Aerob degidrogenazalar - elektronlarni har xil oraliq akseptorlariga 
    va kislorodga yetkazib beradi. Bular ham ikki komponentli fermentlar 
    bo‘lib, flavoproteinlar deyiladi. Bularning tarkibiga oksildan tashqari 
    riboflavin (vitamin V
    2
    ) ham kiradi. Ikki xil koferment mavjud:

    Flavinmononukleotid (FMN),

    Flaminadenindinukleotid (FAD)
    FMN tarkibiga kiruvchi ferment - dimetilizoalloksazin, FAD- 
    suksinat degidrogenaza. Bularning akseptorlari xinonlar, sitoxromlar va 
    kislorod.
    Oksidazalar - elektronlarni fakat kislorodga yetkazib beradi. Aerob 
    harakterga ega. Bu fermentlar ishtirokida uch xil birikma hosil bo‘ladi: 1) 
    suv, 2) vodorod peroksid, 3) kislorodning superoksid anioni.
    Vodorod va superoksid anioni (O
    2
    -) zararli bo‘lgani uchun 
    hujayrada fermentlar yordamida neytrallanadi:


    Suvning hosil bo‘lishida fermentlardan sitoxromksidazalar, 
    polifenoloksidazalar va boshqalar, vodorod peroksidining hosil 
    bo‘lishida-flavoproteinoksidlar, kislorodning superoksid anioni hosil 
    bo‘lishida-ksantinoksidazalar ishtirok etadi.
    Oksigenazalar ham, oksidazalar kabi muxim ahamiyatga ega. Bu 
    fermentlar yordamida kislorod aktiv xolatga keladi va organik moddalar 
    bilan birikadi.
    Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik 
    moddalarga pachalanishi mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari
    borligini ko‘rsatadi, chunki organizmdan tashqarida bu organik 
    moddalar molekulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Nafas olish 
    jarayonining ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, nafas olish 
    ximizmining xozirgi zamon tushunchasiga asos solgan olimlar: A.N.Bax, 
    V.I.Palladin va S.P.Kostichevlar hisoblanadi.
    A.N. Baxning peroksid nazariyasi
    A.
    N.Bax biologik oksidlanishning peroksid nazariyasini 1897 
    yilda ishlab chikdi. Unga ko‘ra atmosferadagi molekulyar kislorod inert 
    xolatda bo‘lib, organik moddalarni oksidlay olmaydi. Buning uchun 
    uning tarkibidagi qo‘sh bog‘ning bittasi uzilishi va faol xolatga o‘tishi 
    zarur:
    Kislorod oson oksidlanuvchi modda (A) bilan birikib qo‘sh bog‘dan 
    bittasi uziladi va peroksid (AO
    2
    ) hosil qiladi. Hosil bo‘lgan peroksid 
    (AO
    2
    ) boshqa V moddani oson oksidlantirib o‘zi yana kislorodni 
    akseptori vazifasini bajaradi.
    A.N. Bax kislorodni faollovchi moddalarni oksigenazalar deb atadi. 
    Oksigenezalarga o‘simliklar to‘qimasida ko‘p tarqalgan har xil kimyoviy 


    birikmalar 
    kiradi. 
    Oksigenazalardagi 
    faollashgan 
    kislorod 
    oksidlanayotgan substratga ko‘chiriladi. Ma'lum vaqt fanda, bu jarayonda 
    peroksidaza fermenti muhim ahamiyatga ega, degan fikr hukm surdi.
    Lekin 1955 yilda Yaponiyada (O.Xayaishi va boshqalar) va AQSh 
    da (G.S.Mezon va boshqalar) molekulyar kislorodning organik moddalar 
    bilan birikishi mumkinligini isbotlashdi.
    Hozirgi vaqtga kelib, ma'lum bo‘lishicha A.N.Bax nazariyasining 
    nafas olishga aloqasi yo‘q. Ammo u nafas olish jarayonining ximizmini 
    o‘rganishga yo‘l ochib berdi. Chunki bu nazariyada kislorodni 
    faollashtirishning zamonaviy mexanizmini ishlab chiqish uchun asos 
    solingan edi. 

    Download 344,74 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 344,74 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh talabasi maxmudova Shahnoza Allomjonovna

    Download 344,74 Kb.
    Pdf ko'rish