atomlari kabul kilinib, nafas olish pigmentiga (K) o‘tkaziladi va nafas
olish xromogeni (KN2) hosil bo‘ladi. Hamma SO2 ham shu anaerob
jarayonida ajralib chikadi. Ikkinchi reaksiyada molekulyar kislorod
ishtirok etib, xromogenlarni (KN
2
) nafas olish pigmentlarigacha
oksidlaydi va ular yana vodorodning akseptori vazifasini bajaradi. Bu
reaksiyalarda kislorod KN
2
dan elektronlar va protonlarni tortib oladi va
natijada suv hosil bo‘ladi.
Keyingi izlanishlarda V.Palladin nazariyasi to‘liq isbotlandi.
1912 yilda nemis bioximigi G.Viland ham biologik oksidlanish
vodorodning ajratib olinishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi.
Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi
akseptori ekanligini 1955 yilda B.B.Vartapetyan va L.A.Kursanov tajriba
asosida isbotladilar.