Anaerob va aerob nafas olish jarayonlari




Download 344,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.09.2024
Hajmi344,74 Kb.
#272365
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nafas olish mexanizmi

3. Anaerob va aerob nafas olish jarayonlari
O‘simliklar hayot faoliyati nafas olish bilan amalga oshadi, kislorod 
yetishmay qolsa, anaerob (kislorodsiz) nafas olishi mumkin. Bunday 
holatda o‘simliklar kerakli kislorodni organik birikmalardan, asosan 
qandlardan oladi. Anaerob sharoitda qandlar quyidagi sxemada 
parchalanadi.
Sb N12 Ob ----------- ► 2S2N5 ON + 2SO2 + 48 kkal
Sxemadan ko‘rinib turibdiki qandning bir qismi SO
2
gacha 
oksidlanib, qolgan qismi spirtgacha qaytariladi. Bunda tashqaridan O
2
kirib kelmasa, qandning parchalanishi o‘z molekulasidagi kislorodning 
qayta taqsimlanishi hisobiga amalga oshadi. Qandlar to‘liq oksidlanishi 
natijasida 686 kkal energiya ajralsa, anaerob nafas olishda 48 kkal 
energiya ajraladi. Bunday farqning sababi shundaki, spirt molekulasida 


katta miqdorda potensial energiya qolib ketadi, chunki oksidlanish 
jarayoni oxirigacha bormaydi.
Ammo o‘simliklar uzoq vaqt anaerob nafas olib yashay olmaydi. 
Bunday sharoitda ular nobud bo‘lishiga sabab hosil bo‘lgan spirtdan 
zaharlanadi va qurib qoladi. Anaerob nafas olish o‘simliklar uchun 
vaqtinchalik holat bo‘ladi. Tuproqda namlik ortib ketganda, o‘simliklar 
anaerob nafas olishi mumkin. Ko‘pgina mikroorganizmlar uchun anaerob 
nafas olish asosiy yo‘l bo‘lib, bunda hayoti uchun zarur energiyani oladi, 
bu jarayon to‘xtovsiz amalga oshadi. Bunday holatni anaerob nafas 
olishdagi bijg‘ish jarayoni deyiladi. Mikroorganizmlar bijg‘ish jarayonida 
o‘zining zahira oziq moddalarini sarflamay, balki atrofdagi oziq 
moddalardan foydalanadi.
Anaerob nafas olishda o‘simliklardagi spirtli bijg‘ishdagi kabi 
jarayon boradi, bunda qator fermentlar ta'sirida oraliq moddalar hosil 
bo‘ladi, ya'ni pirouzum kislota SO2 va spirtga parchalanadi. Aerob 
sharoitda esa pirouzum kislota SO
2
va N
2
O gacha parchalanadi.
Aerob fazada glyukoza molekulasiga ferment yordamida ATF dan 
bir molekula fosfat kislota birikadi.
Glyukoza +ATF -------------- ► glyukoza 6 fosfat + ADF
So‘ngra glyukoza fosfat ferment ta'sirida qator o‘zgarishlarga 
uchrab, anorganik fosfat kislota hisobiga difosfatglitserin kislota hosil 
qiladi:
FGA + N3RO4 ► difosfatglitserin aldegid difosfatglitserin kislota
Fosfatglitserin aldegid
Difosfoglitserin aldegid ADF bilan reaksiyaga kirishib, ATF 
molekulasi va fosfoglitserin kislota hosil qiladi.


Difosfoglitserin kislota + ADF ---------------------------- ►ATF + 
FGK
Murakkab o‘zgarishlardan so‘ng fosfoglitserin kislota ( FGK) 
pirouzum kislota hosil qiladi, fosfat kislota qoldig‘i ATF ni hosil qiladi.
FGK + ADF --------------- ► ATF + pirouzum kislota.
Pirouzum kislotaning oksidlanishi natijasida 3 molekula SO
2
, ammo 
qand molekulasidan 2 molekula pirouzum kislota hosil bo‘lsa, SO2 
gazining miqdori 6 molekulaga teng bo‘ladi. Glyukozaning oksidlanishi 
natijasida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi, hujayrada 380 kkal energiya 
to‘planib, bu energiya glyukozaning 50% kimyoviy energiyasi bo‘lib, 
qolgan qismi issiqlik tarzida tarqaladi.

Download 344,74 Kb.
1   2   3   4   5




Download 344,74 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Anaerob va aerob nafas olish jarayonlari

Download 344,74 Kb.
Pdf ko'rish