363
7-BOB. NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Mavzu bo’yicha atamalar:
Nomoddiy aktiv, nou-xau, patent,
sanoat
dizayni, mualliflik huquqi, savdo markalari, savdo namunalari, franchayz, tashkiliy
xarajatlar, gudvill (firma bahosi).
Tavsiya etilayotgan o’qitishning pedagogik texnologiyalari:
ma’ruza
o’qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to’rtinchi bosqichlarida ilg’or pedagogik texnologiyani blits-
so’rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o’quv materialini bayon etishda esa slaydlar asosida «TUShUNTIRISh»
usulidan foydalanish yaxshi natija beradi. Har bir o’qituvchi (ma’ruzachi) o’zining
tajribasi va mahoratidan kelib chiqib ma’ruza o’qishning boshqa usullaridan ham
foydalanishi mumkin.
§1. Nomoddiy aktivlar haqida tushuncha, ularni turkumlash va
baholash
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 7-son «Nomoddiy
aktivlar» nomli milliy standartsi nomoddiy aktivlarga-xo’jalik
yurituvchi
sub’yektlarga xo’jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish, uzoq vaqt (bir
yildan ortiq) mobaynida foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy xususiyatga ega
bo’lmagan mol-mulk ob’yektlaridir deb ta’rif berilgan.
Mazkur BHMAda
nomoddiy aktivlar, aktivni tan olinish payti va nomoddiy
aktivlarning hisobga
olinish tartibi tushunchasining aniq ta’rifi ham bayon qilingan. Unga ko’ra
nomodiy aktiv quyidagi hollarda aktiv sifatida tan olinadi:
1. Agar nomodiy aktiv aktiv ta’rifini qondirsa;
2. Agar nomodiy aktivni o’lchash mumkin bo’lsa;
3. Agar nomodiy aktiv ahamiyatga molik bo’lsa;
4. Agar nomodiy aktiv ishonchli bo’lsa;
5. Agar nomodiy aktiv kelgusida naf keltiradigan bo’lsa;
364
6. Agar nomodiy aktivni ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati
bo’lsa.
Nomoddiy aktivlar o’zining xarakteri va foydalanishi bo’yicha quyidagicha
tasniflanadi:
Nou-xau
-ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi
yangi texnologiyadir. Nou-xau xo’jalik yurituvchi sub’yekt ta’sischilari kelishuvida
aniqlangan qiymat bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yekt
ustav kapitaliga ulush
hisobida ta’sischilar kiritishi ham mumkin.
Patent
-huquqiy tan olingan va ro’yxatdan o’tkazilgan mutloq huquq.
Patentga tegishli huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi
sharti bilan buyumdan yoki g’oyadan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va
nazorat qilish imkonini beradi. Bunda chetdan boshqa
shaxslar bevosita aralasha
olmaydi. Patentning tegishli organlar tomonidan ro’yxatdan o’tkazilishi uning
himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar
sudda muvofaqqiyat bilan
himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo’la olmaydi. Shuningdek,
sudda
huquq himoya qilinishi bilan bog’liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir
qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to’g’risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo
sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog’liq xarajatlar ham amortizatsiya
qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi