365
Mualliflik huquqi qiymati tannarx qoidasiga binoan o’lchanadi, deb faraz
qilinadi. U butun amal qilish muddati mobaynida iqtisodiy qiymatga ega
bo’lmaydi va uning qiymati mualliflik huquqiga
oid ishning daromad keltira
boshlashi kutilayotgan davr davomida amortizatsiya qilinishi lozim bo’ladi. Ammo
u har qanday holatda ham butun amal qilish muddatidan ortiq vaqt davomida
(muallifning hayot ekanligi davrining yana 50 yil) amortizatsiya qilinmasligi
kerak.
Savdo markalari yoki savdo namunalari.-
mahsulot yoki xizmatlarga oid
berilgan nomlar va ramzlar: «Mantana», «Adidas», «Coca-cola», «Nestle»,
«Mersedes bens», «Ford» «Daewoo» va boshqa kompaniyalar. Ular egalik qilishni
asoslash uchun ro’yxatga
olinishi, ro’yxatga olinganlari esa-ularning faoliyat
muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin.
Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi
identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi. Savdo markasining sotib olinishi
vaqtida to’langan pul mablag’lari qiymati kapitallashtirib boriladi.
Uning
foydalanilishi, himoya qilinishi, kengaytirilishi, ro’yxatdan o’tkazilishi yoki sudda
himoya qilinishi natijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilish
muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nisbatan qisqa bo’lib
chiqishidan kelib chiqqan holda-40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Franchayz-
ma’lum bir formula, texnologiya yoki tashqi ko’rinishni qo’llash
bo’yicha o’ziga xos huquq. Franchayzlar (masalan, kabel televideniyasi
kompaniyasi) odatda hukumat organlari tomonidan davlat mulkidan foydalanish
huquqiga egalik qilish yoki kommunal xizmat ko’rsatish (elektr toki)
uchun va
xo’jalik sub’yektlari tomonidan aniq bir ishlar va aniq xizmatlardan foydalanish
huquqi bilan egalik qilish uchun taqdim qilinadi («O’zbekiston havo yo’llari»).
Ko’pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo’ladi va odatda franchayzi
franchayzorga uning boshlang’ich qiymatini to’lashi talab etiladi. Franshizaning
boshlang’ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina
xarajatlar yuzasidan
hisobdan chiqarilishi lozim. Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi
366
davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga
asoslanadi. Biroq to’liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.