378
Quyidagi
xo’jalik
operatsiyalari
natijasida
nomoddiy
aktivlar
ob’yektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
1. Realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to’g’risidagi
shartnoma asosida
iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to’xta’tilganida;
2. Bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko’ra
hisobdan chiqarilganida;
3. Nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan
chiqarilganida;
4. Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilganida;
5. Huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin
topshirilganida.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
1. Baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi xulosasi,
chiqib ketish
dalolatnomasi;
2. Amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida-
hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma;
3. Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’yganida-ta’sis hujjatlari,
foydalanish huquqini boshqa birovga berish to’g’risidagi shartnoma,
foydalanish
huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi
xulosasi, foydalanish huquqini berish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha qabul qilib
olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi;
4. Tekinga berilgan taqdirda-foydalanish huquqini boshqa birovga berish
to’g’risidagi shartnoma, foydalanish huquqini berish to’g’risidagi shartnoma
bo’yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlarni korxonadan chiqib ketishi
quyidagi buxgalteriya
o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma asosida
sotganda:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi
va boshqacha chiqib
ketishi»,
379
Kredit 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining
tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti;
2. Nomoddiy aktivlarni chetga sotishdan tushgan tushum summasiga:
Debet 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»,
Debet 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari»,
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»
3. Nomoddiy aktivlarning eskirish summasiga:
Debet 0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini
hisobga oluvchi
schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqa chiqib ketishi»
1-misol
. «Al-Hokim» korxonasida sotilgan dasturiy ta’minot hisobdan
chiqarildi: balans qiymati 200000 so’m, eskirish qiymati 150000 so’m. Nomoddiy
aktivning sotish qiymati 80000 so’m.
Talab qilinadi: dasturiy ta’minotni sotishdan moliyaviy natijani aniqlab, uni
sotish bilan bog’liq buxgalteriya o’tkazmalarni tuzing. Sotilgan dasturiy ta’minotni
sotish natijasini aniqlaymiz: 200000 so’m-150000 so’m-80000 so’m = 30000
so’m. Ushbu dasturiy ta’minotni sotishdan «Al-Hokim» korxonasi 30000 so’m
foyda olgan.
1. Dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:
Debet 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»-80000 so’m
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishi»-80000 so’m.
2. Dasturiy ta’minotning balans qiymatiga:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishi»-200000 so’m
Kredit 0430-«Dasturiy ta’minot»-200000 so’m
3. Dasturiy ta’minotning eskirish qiymatiga:
Debet 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi»-150000 so’m
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
380
ketishi»-150000 so’m.
4. Dasturiy ta’minotni sotishdan olingan foyda summasiga:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishi»-30000 so’m
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishidan olingan foyda»-30000 so’m.
Agarda korxona dasturiy ta’minotni 40000 so’mga sotganida,
moliyaviy
natija quyidagiga teng bo’lar edi: 40000 + 150000-200000 =-10000 so’m:
5. Dasturiy ta’minotni sotishdan ko’rilgan zararga:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»-10000 so’m
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»-10000 so’m.