Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa




Download 373,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana13.05.2024
Hajmi373,41 Kb.
#228447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7 BOB NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI

 
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa. 
1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) 
mobaynida foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy xususiyatga ega bo’lmagan 
mol-mulk ob’yektlari nomoddiy aktivlar deyiladi. 
2. 7-son BHMSga ko’ra nomodiy aktiv quyidagi hollarda aktiv sifatida tan 
olinadi: 
1. Agar nomodiy aktiv aktiv ta’rifini qondirsa; 
2. Agar nomodiy aktivni o’lchash mumkin bo’lsa; 
3. Agar nomodiy aktiv ahamiyatga molik bo’lsa; 
4. Agar nomodiy aktiv ishonchli bo’lsa; 
5. Agar nomodiy aktiv kelgusida naf keltiradigan bo’lsa; 
6. Agar nomodiy aktivni ishlab chiqarishdan alohida foydalanish 
imkoniyati bo’lsa. 


383 
3. Nomoddiy aktivlar o’zining xarakteri va foydalanishi bo’yicha 
quyidagicha tasniflanadi: 
1. Nou-xau; 
2. Patent; 
3. Sanoat dizaynini ro’yxatdan o’tkazish; 
4. Mualliflik huquqi; 
5. Savdo markalari yoki savdo namunalari; 
6. Franchayz; 
7. Gudvill (firma bahosi). 
4. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi yer, bino, jixozlar kabi 
moddiy aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan aynan bir xil tamoyillarni o’z ichiga 
oladi. Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy 
qoidalari bo’lib hisoblanadi: 
1. Xarid qilish, vaqtidagi tannarx qoidasi; 
2. Ko’rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida 
olinadigan daromadning bir vaqtning o’zida aks ettirilishini talab 
qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi; 
3. Hisobdan chiqarish vaqtida, yag’ni chiqib ketishlardan ko’rilgan 
foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to’lov 
va balans qiymati o’rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi 
daromadni tan olish qoidasi. 
5. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish va hisobdan chiqarish quyidagi 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi: 
1. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi; 
2. Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi; 
3. Nomoddiy ob’yektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi; 
4. Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida qo’llanganishi 
bo’yicha korxona rahbarining buyrug’i; 
5. Nomoddiy aktivlar ob’yektlaridan foydalanish muddatlari 
to’g’risidagi bayonnoma; 


384 
6. Nomoddiy aktivning maxfiyligi to’g’risidagi korxona rahbarining 
buyrug’i. 
6. Nomoddiy aktivlarning joriy hisobi xarid qilish bahosi bo’yicha olib 
boriladi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga 
oluvchi schyotlar» nomli balansga nisbatan aktiv bo’lgan schyotda ularning 
alohida guruhlari bo’yicha ochiladigan ikkinchi darajali sintetik schyotlarda olib 
boriladi. 
7. O’zbekiston Respublikasining «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son 
buxgalteriya hisobining milliy standartida nomoddiy aktivlarga amortizatsiya 
(eskirish) hisoblashning quyidagi tartibi va usullaridan foydalanish avsiya etilgan: 
1. To’g’ri chiziqli usul (Straight-line method); 
2. Bajarilgan ishlar xajmiga mutanosib taqsimlash usuli (Production 
method) yoki ishlab chiqarish usuli; 
3. Jadallashtirilgan hisobdan chiqarish usuli (Accelerated methods); 
8. Nomoddiy aktivlarni xarid qilish asosiy vositalarni sotib olishdan farq 
qilmaydi. Ular alohida, guruxda boshqa mablag’lar bilan birgalikda sotib olinishi, 
korxonani o’zida ishlab chiqarilishi mumkin. Ayrim nomoddiy aktivlar firmaning 
boshqa aktivlarga qaraganda alohida identifikatsiyalanadi. 
9. Quyidagi hollarda nomoddiy aktivlar korxonadan chiqib ketadi: 
1. Realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma 
asosida iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi 
to’xta’tilganida; 
2. Bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga 
ko’ra hisobdan chiqarilganida; 
3. Nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan 
chiqarilganida; 
4. 
Boshqa 
korxonalarning 
ustav 
kapitaliga 
ulush 
sifatida 
qo’shilganida; 
5. Huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma asosida boshqa 
shaxslarga tekin topshirilganida. 


385 

Download 373,41 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 373,41 Kb.
Pdf ko'rish