381
balans hisobotini va aktivlarining bozor qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar so’mda
keltirilgan.
7.4-jadval
«Nestle» kompaniyasining balans hisoboti va aktivlarining bozor
qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar (so’mda)
T/r Aktivlar
Balans
qiymati
Haqqoniy
bozor qiymati
Oshishi
(pasayishi)
1
Pul mablag’lari
300 000
300 000
-
2
Olinadigan schyotlar
200 000
200 000
-
3
TMZ
1 000 000
1 400 000
+400 000
4
Asosiy vositalar
1 600 000
2 600 000
+100 000
5
Jami
3 100 000
4 500 000
+1 400 000
6
To’lanadigan schyotlar
500 000
7
Sof
aktivlar
2 600 000
4 000 000
8
Oddiy aktsiyalar
2 000 000
9
Taqsimlanmagan foyda
600 000
10
Jami xususiy kapital
2 600 000
4 000 000
Sof aktivlar balans qiymati bo’yicha 2 600 000 so’mni tashkil etadi. Lekin
xaridor oldingi mulkdorga 4 800 000 so’mni, ya’ni 2 200 000 so’m ko’proq
to’laydi. Ushbu summa aktivlarning qiymatini bozor qiymati bo’lgan 1 400 000
gacha oshishini qoplaydi, farq esa-gudvillning
baholash qiymati, ya’ni 800 000
so’mni tashkil etadi. Ushbu xaridni aks etish uchun o’tkazma quyidagicha bo’ladi:
Debet 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar»
300 000 so’m
Debet 4000-«Olinadigan schyotlar»
200 000 so’m
Debet 1000-«TMZ»
1 400 000 so’m
Debet 0100-«Asosiy vositalar»
2 600 000 so’m
382
Debet 0480-«Gudvill»
800 000 so’m
Kredit 6000-«To’lanadigan schyotlar» 500 000 so’m
Kredit 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar»
4 800 000 so’m
Salbiy gudvill (bedvill)
.
Sotib olingan sof aktivlarning haqqoniy qiymati
firmaning xarid qiymatidan yuqori bo’lsa, bu sotib olayotgan firma uchun foydali
bitimdir. Sotib olingan aktivlarning xarid narxi va haqqoniy qiymati o’rtasidagi
farqni olish bilan hisoblab chiqiladigan gudvill summasi salbiy hisoblanib, u bedvil
yoki salbiy gudvill deb ataladi. Moddiy aktivlar qiymatlarini shu darajaga
kamaytirish lozimki, bunda salbiy gudvillga o’rin qolmasin.
Gudvill amortizatsiyasini buxgalteriya hisobi ba’zi xususiyatlarga ega.
Masalan, agar nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobi xarajatlar schyotlarining
debeti va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisobi schyotlarining
kreditida aks
ettirilsa, gudvillning amortizatsiyasi quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9400-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 0480-«Gudvill» schyoti.